9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


EFK =  = 0,74 % ga teng bo‘ladi



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə81/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

2600
EFK =  = 0,74 % ga teng bo‘ladi
3500
ЕФК qiymati turli hududlarning tabiiy va xo‘jalik sharoitlariga qarab har xil: 0,3-0,4 dan 0,6-0,85 gacha va undan ham katta bo‘ladi.
Sug‘oriladigan yerlar orasida sug‘orilmaydigan yerlar bo‘ladi. Shu sug‘orilmaydigan yerlarga sug‘oriladigan yerlardan sizot suvlari oqib boradi. Shuningdek, sho‘r yuvish jaraѐnida ham sug‘oriladigan yerlarning sho‘rini ketkizish ancha oson bo‘ladi. Bu yerlar sho‘rlanishga uncha moyil bo‘lmaydi.
Yerdan foydalanish koeffitsiyenti qancha katta bo‘lsa, sizot suv oqimi ham shuncha kam - demak, sho‘rlanishning oldini olish bo‘yicha qilinadigan tadbirlar (suv-xo‘jalik, agromeliorativ) ning zarurati ham katta bo‘ladi.
Sizot suvlari oqimi kuchsiz bo‘lgan tumanlarda zovur qazimasdan sug‘orish maydonlarini kengaytirish sizot suvlari sathini ko‘tarilishiga, bu esa o‘z navbatida yerlarning sho‘rlanishiga sabab bo‘ladi.
Tuproqni yuvishga tayyorlash. Suvni oz sarflab ko‘p tuzlarni yuvib yuborish uchun qator agrotexnik shartlarga rioya qilish zarur. SHo‘r yuvishdan oldin dalani yaxshilab tekislab chiqish eng muhim shartlardan hisoblanadi. Agar sho‘ri yuviladigan dalaning yuzi notekis bo‘lsa, u yerni tekis va yetarlicha sho‘rsizlantirib bo‘lmaydi. Sharoitga qarab sho‘r yuvish natijalari turlicha bo‘ladi. Turlicha asosiy ishlov berishlar bilan birgalikda sho‘r yuvish samaraliligi sho‘r yuvish muddatiga bog‘liqdir.
Yerning sho‘ri kechiktirib yuvilganda (fevral-mart oylarida) kuzgi shudgorlash o‘zining samaradorligini ancha yo‘qotadi. Bu holda paxta hosili ham shudgorlashgacha yuvilgandagiga qaraganda kam bo‘ladi. Ikkinchi holda sho‘r yuvish oldidan dalani g‘o‘zapoyadan tozalab olinadi, ham tuproq chizel bilan yumshatiladi.
Paxta bir-necha marta terilgandan keyin tuproqning 20 oktabr1-20 noyabrgacha bo‘lgan muddatlarda sho‘ri yuviladi. SHo‘r yuvish uchun eski egatlar orqali suv quyiladi, suv sug‘orilaѐtgan uchastkadan boshqa ѐqqa tashlab qo‘yilmaydi va mavjud sug‘orish tarmoqlari (o‘q ariqlar, muvaqqat ariqlar)dan bug‘ot sifatida foydalaniladi. Demak, ekish oldidan sho‘ri yuviladigan yerning iqlim sharoitiga va tuproq meliorativ xususiyatlariga qarab undagi tuzlar turi va miqdoriga qarab ishlov berish va sho‘rini yuvish lozim.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin