9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə84/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

16-MAVZU- Tuproq eroziyasi.
Reja:

  1. Tuproq eroziyasi, uning turlari va eroziyaning tuproq xossalari va o‘simlik hosildorligiga ta’siri.

  2. Eroziyaning tuproq xossalari va o‘simlik hosildorligiga ta’siri.

  3. Tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari.Tuproq muxofazasi.



Tuproq eroziyasi va uning turlari haqida umumiy tushuncha. Tuproq eroziyasi ─ eng keng tarqalgan degradatsiya turi hisoblanadi. U ulkan iqtisodiy va ekologik zarar yetkazadi, chunki qishloq xo‘jaligining asosiy vositasi va biosferaning o‘rnini bosib bo‘lmaydigan komponenti sifatida tuproq yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Insonning noto‘g‘ri tashkil etilgan turli xil faoliyati ta’siri ostida tuproq qatlami yemiriladi. Eroziya - tuproqqa mana shunday ta’sir o‘tkazilishining g‘oyat keng tarqalgan va halokatli oqibatidir (Dobrovolskiy, 1997).
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida tuproq eroziyasi eng dolzarb mvammolardan hisoblanib, uning tarqalishi, kelib chiqish sabablari, turlari, bartaraf etish usullari bo‘yicha bir qancha yetuk olimlar o‘zlarining ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Xususan V.B.Gussak, M.A.Pankov, Z.N.Antoshina, F.K.Kocherga, M.B.Doshanov, R.G.Murodova, K.Mirzajonov, X.M.Maxsudov, L.A.Gafurova, A.A.Xonnazarov, Sh.Nurmatov, S.P.Suchkov, N.F.Matyunin, X.Xamdamov, S.M.Yelyubayev, A.Nigmatov, B.Jo‘rayev, K.Usmonov, M.Xamidov, S.Meylibayev, O.Haqberdiyev, V.N.Li, B.Ahmedov va boshqa ko‘plab olimlar tomonidan respublikamizning barcha hududlarida eroziya jaraѐni mukammal o‘rganilgan va ushbu jarayonni bartaraf etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
Eroziya jarayonlari natijasida mayda zarrachalar bilan birgalikda tuproqning organik qismi ham yuvilib ketadi, gumusli qatlam qalinligi qisqaradi, bunga bog‘liq ravishda gumus miqdori ham kamayadi. Kuchli yuvilgan tuproqlarda karbonatli konkretsiyalar tuproq yuzasiga chiqib qoladi. Tuproq profili toshli bo‘lsa, u holda tuproq yuzasiga toshlar chiqib
qoladi. Bularning barchasi tuproqning agronomik xususiyatlarini ѐmonlashtiradi. Eroziya jarayonlari ayniqsa sezilarli nishablikdagi qiyaliklarga ega bo‘lgan tog‘ va tog‘ oldi tekisliklarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda, lalmikor va yaylov mintaqalarida asosan suv eroziyasi, sug‘oriladigan yerlarda esa irrigatsion eroziya rivojlanadi. Shamol eroziyasi asosan cho‘l mintaqalarida, ya’ni atmosfera yog‘in-sochin miqdori kam, yerdan namlikni bug‘lanishi esa ko‘p bo‘lganda yuzaga keladi.
Suv eroziyasi yuvilish xarakteriga ko‘ra ikki turga: yoppasiga yuvilish - yoki yuza eroziya va uzunasiga ro‘y beradigan - yoki jar eroziyasiga bo‘linadi. Shuningdek, oqar suvlarning ta’siriga qarab suv eroziyasi yuza oqar suvlar (qor va yomg‘ir suvlari) ta’sirida ro‘y beradigan eroziya va sug‘orish suvlari natijasida yuzasiga keladigan irrigatsion eroziyaga ajratiladi (Boboxo‘jayev, Uzoqov, 1995). Tuproqlarni ѐppasiga yuvilishi, ya’ni yuza eroziya natijasida tuproqning yuqori gorizontlari yonbag‘irlar bo‘ylab oqadigan suvlar ta’sirida yuviladi. Oqar suvlar ta’sirida tuproqning gumusli qatlam qalinligi kamayadi, uning unumdor qismidagi turli o‘lchamdagi zarrachalar bilan birga oziq moddalar ham yuvilib ketadi va nishabligi kam, tekis maydonlarga olib borib yotqiziladi. Yuvilgan joylarda ekinlar hosili keskin kamayadi, yuvilib keltirilgan ѐtqiziqli yerlarda esa o‘simlik g‘ovlab o‘sadi va hosil pishib yetilmaydi, shu sababli hosil miqdori nisbatan kam bo‘ladi. Tuproqlarni uzunasiga yuvilishi ѐki jar eroziyasi yonbag‘irlardan oqib kelayotgan kuchli suv oqimlari ta’sirida tuproqni chuqurlatib, kuchli o‘yilib yuvilishiga sabab bo‘ladi. Ushbu jaraѐn bir necha bosqichda kechadi. Dastlab uncha katta bo‘lmagan (20-25 sm) chuqurchalar hosil bo‘ladi va ular kengayib 30-50 sm 1-1,5 m ga qadar chuqurlashadi. Keyinchalik esa bu jarayon yanada rivojlanib jarliklar hosil bo‘ladi. Uzunasiga ro‘y beradigan eroziya tuproqlarni to‘liq ravishda yemirib yuboradi. Bunday katta jarliklari bo‘lgan maydonlar qishloq xo‘jaligi uchun mutlaqo yaroqsiz yerlarga aylanadi.
Jar eroziyasining rivojlanish jadalligi darajasi quyidagi gradatsiya bilan belgilanadi (1 kv km maydondagi jarliklarning uzunligi km hisobida):
 kuchsiz jarlanish – 0,25 kv km/km dan kam;
 o‘rtacha jarlanish – 0,25-0,50 kv km/km;
 kuchli jarlanish – 0,50-0,75 kv km/km;
 juda kuchli jarlanish – 0,7 kv km/km dan ko‘p.
Irrigatsion eroziya deb, qiya yerlarda yetishtirilayotgan ekinlarni katta suv oqimi bilan sug‘orish natijasida sug‘orish suvi tezligining oshishi natijasida tuproq qatlamining yemirilib yuvilib ketishiga aytiladi. Eroziyaning bunday turi asosan sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda uchraydi. Tuproqning irrigatsion eroziyasi ko‘p hollarda nishab yerlarda ekinlarni ko‘p suv oqizib sug‘orish natijasida yuzaga keladi. Maydon nishabligi 2-30 bo‘lganda tuproq yuzasini suv yuvib keta boshlaydi. Qiyalik ortib borishi bilan irrigatsion eroziya jarayoni yanada kuchayib boradi.
O‘zbekiston tuproqshunos olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra (Hamdamov, Soy, Boboxo‘jayev, 1986), qiya maydonlarda bir marta egatlab sug‘orilganda suv oqizib ketadigan tuproq gektariga 22-50 tonnaga, o‘ta qiyaliklarda esa 690 tonnaga yetadi. Bir yilda har gektardan 100 tonna tuproqning yuvilib ketishi kuzatilgan, bu esa tuproqdan 100 kg/ga azot va 115 kg/ga fosforning yuvilib ketishidir. Nishab yerlardagi tuproqlarni yuvilish tezligi tuproqning mexanik tarkibiga, donadorligiga, erozion turg‘unligiga va boshqa xossalarga bog‘liqdir. Irrigatsion eroziyaga uchragan tuproqlarda sug‘orish ishlari alohida usulda bo‘lishi zarur. Bu yerlarda kam miqdorda suv bilan tez-tez sug‘orib turish uslubini qo‘llash lozim (Tregubov, Averyanov, 1987).
Shamol eroziyasi umuman quruq iqlimli cho‘l mintaqalarida, qachonki bahor va yoz oylarining havo harorati baland, havoning nisbiy namligi esa past bo‘lgan sharoitlarda ro‘y beradi. Shamol yer yuzasidan sekundiga 12-15 m/sek tezlik bilan esganda yuza qatlam to‘zonga aylanib havoga ko‘tariladi va tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Ayni hol yer unumdorligiga juda katta, ba’zan oldingi holatiga keltirib tuzatib bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazadi. Chunki dala tuprog‘ining mayda zarrachali unumdor qismini shamol uchirib ketadi. Undagi ozuqa moddalar yo‘qoladi. Bunday yerlarda ekinlarning hosili juda kamayib ketadi. Ayrim vaqtlarda kuchli shamollar sug‘oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga qumlarni uchirib kelib, qumli tepaliklar paydo bo‘ladi, qishloq xo‘jaligi va aholi uchun noqulayliklar keltiradi. Bulardan tashqari shamol eroziyasi bahor oylarida g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari nihollarining barg, shohlarini, ayrim hollarda ildizi bilan uchirib ketadi. Buning oqibatida ekinlar bir necha marta qayta ekiladi, hosildorlik keskin kamayadi va paxta sifati ѐmonlashadi. Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarning unumdorligini tiklash uchun bir necha o‘n yillar kerak bo‘ladi (Mirzajonov, 1981).
Umuman olganda, bugungi kunga kelib O‘zbekiston hududida tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yemirilish, yuvilish va uchirib ketish jaraѐnlari natijasida yuzaga kelaѐtgan suv va shamol eroziyasi bartaraf etish bo‘yicha bir qancha tadbirlar ishlab chiqilgan va ular asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin