9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari.Tuproq muxofazasi



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə86/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

16.3. Tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari.Tuproq muxofazasi
Tayanch so‘z va iboralar: havo tarkibi, gaz, organik birikma, azot, kislorod, is gazi, adsorbirlanish, kimyoviy oksidlanish, atmosfera havosi, gaz almashinish, diffuziya, diffuziya koeffisiyenti, havo o‘tkazuvchanlik, tuproqning havo sig‘imi, nafas olish tezligi, havo rejimi.
Eroziya jaraѐnlari ro‘y berishi natijasida yerlarni degradatsiyalanish mvammolari nafaqat O‘zbekistonda, balki chet mamlakatlarda ham dolzarbdir. Ma’lum bir mintaqaning tuproq hosil bo‘lish jaraѐnining o‘ziga xos regional xususiyatlarini hisobga olmagan holda yerlardan oqilona foydalanmaslik, o‘rmonlarni yo‘q qilinishi, chorva mollarini tartibsiz boqilishi oqibatida tabiiy tuproq qoplamining o‘zgarishiga, tuproq unumdorligini pasayishiga, qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining kamayishi va ular sifatini pasayishiga olib keluvchi eroziya jarayonlarini yanada kuchaytiradi. Shunday ekan, eroziyalangan tuproqlar unumdorligini saqlash, oshirish va muhofaza qilish masalalari, shuningdek respublikamizning turli tabiiy-ekologik mintaqalaridagi yer resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi (Maxsudov, Djalilova, 2006).
Ma’lumki, eroziya jarayonlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga asosan 2 xil omil ta’sir etadi: tabiiy va antropogen. Inson tomonidan yerning o‘zlashtirilishi va g‘ayri tabiiy usullar qo‘llab noto‘g‘ri foydalanishi natijasida eroziya jarayonlari sezilarli rivoj oldi. Hozirgi zamon eroziyasi yuqorida ko‘rsatilgan ikkala omil bir-birlari bilan birlashishi natijasida namoyon bo‘layotir. Iqlim o‘zgarishi, yer yuzasining notekisligi, yerning geologik - geomorfologik kabi tabiiy omillar bilan birgalikda inson tomonidan yer, suv manbalari noto‘g‘ri foydalanilishi tuproq suv va shamol eroziyasini rivojlanishiga asosiy sababdir.
1 6.3.1-rasm.Tuproq eroziyasini keltirib chiqa ruvchi omillar
Eroziya jarayonlarining rivojlanishida iqlimning roli. O‘zbekiston iqlimining tuproq paydo bo‘lishidagi va eroziya jarayonlarini rivojlanishidagi rolini o‘rganishda birinchi navbatda hududning meridian bo‘ylab 920 km dan ko‘p cho‘zilishi iqlimning Janubdan – Shimolga qarab o‘zgarishini xilma-xilligi inobatga olinadi. Bu o‘zgarishlarga suvsiz jazirama cho‘llar, adirlar, tog‘ oldi va tog‘ mintaqalarining joylashishi sababdir. Ma’lumki, iqlimning o‘zgarishiga asosan tog‘lar, tog‘ vodiylari, ularni ekspozitsiya bo‘yicha joylanishi, tog‘larning balandligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun O‘zbekiston hududida iqlimning shakllanishi atmosfera sirkulyatsiyasining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Yoz oylarida Markaziy Osiyoning sahro va cho‘llardan iborat katta kengliklarida bir zayildagi kuchli qizigan kontinental jazirama issiq hukm suradi. Shuning uchun yoz bo‘yi havo ochiq, behad issiq bo‘ladi. Sovuq mavsumda esa kontinental-subtropik va mo‘tadil kengliklarning sovuq massalari o‘rtasida Markaziy Osiyoda janubiy siklonga xos rivojlanadigan sovuq oqim hosil bo‘ladi, qishki-bahorgi seryomg‘ir davr shuning oqibatidir.
O‘zbekiston mintaqasida iqlimning shakllanishi ob-havo sharoiti xususiyatlariga bog‘liq. L.N.Babushkin (1964) ko‘rsatib o‘tganidek, G‘arbdan kelayotgan atmosfera havo massalari va janubiy-g‘arbdan keluvchi tuproq havoning iliq massasi namlik manbalari hisoblanadi. Tog‘larga yaqinlashgan sari yonbag‘irlardan yuqori ko‘tarilayotgan bu havo massalari soviydi, namlik suyuqlashadi va yog‘in-sochinga aylanadi. O‘zbekistonga yog‘insochin miqdori joyning dengiz sathidan ko‘tarilib borishiga qarab ko‘payish qonuniyati shu bilan izohlanadi. Shuning uchun O‘zbekiston iqlimi gidrotermik rejimga asosan tekis kenglik bo‘yicha ekstraarid iqlimli va pastlikdan yuqori balandlikka qarab ekstraaridli, arid, subgumidli va gumid subnival iqlim turlariga bo‘linadi. Ko‘rsatilgan ana shu to‘rtta iqlimli mintaqa respublika hududlari relyefiga, ya’ni geomorfologik rayonlariga to‘g‘ri keladi. Turon pastekisliklari, tog‘ osti va tog‘ tagi baland tekisliklari, o‘rta tog‘li va yuqori baland tog‘ mintaqalariga bo‘linadi.
Bu to‘rtta iqlim sharoitlarida tuproq hosil bo‘lish jarayonlari turlicha kechadi va shu jarayonlar tufayli hududimizda har xil tuproq tiplari, tipchalari paydo bo‘lgan. YA’ni ekstraarid-cho‘l tekisliklarda yog‘in-sochin 70-200 mm, baland-past tekisliklar - arid mintaqalarda 250-350 mm bo‘lsa, o‘rta tog‘ - subgumidli mintaqalarda ularning miqdori 750-1000 mm va undan ko‘proq, gumid subnival mintaqali baland tog‘larda esa 350-400- 500 mm va undan oshadi.
Joy dengiz sathiga nisbatan ko‘tarilgan sari, odatda, havoning o‘rtacha harorati pasayadi, haroratning vertikal gradiyentlari turli sharoitlarda har xil bo‘ladi: qishda kamroq, odatda ko‘tarilishning har 100 m hisobiga 0,2–0,50S atrofida, yozda esa ko‘proq 0,7–0,80S.
Tog‘ va yaylov mintaqalarining iqlimi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ma’lumki, dengiz sathidan yuqorilashgan sari yog‘in miqdori ham ko‘paya boradi, harorat esa pasayadi va umumiy bug‘lanish kamayadi. Shuning uchun, baland tog‘ cho‘qqilarida yoz oylarida ham erib ulgurmaydigan qorlar va muzliklarni ko‘ramiz.
O‘zbekiston iqlimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega, chunki u okean va katta dengizlardan juda uzoqda joylashganligi sababli tipik kontinental iqlimli o‘lkalar qatoriga kiradi. Serquyosh jazirama yoz, sovuqroq qish, sutka va yil davomida haroratning keskin o‘zgarib turishi, ѐg‘inning kamligi va havoning quruqligi O‘zbekiston iqlimining asosiy xususiyatlaridandir. Albatta, bu xususiyatlar cho‘l va adir mintaqalarida (tog‘ oldi, tog‘ osti) tog‘ mintaqalariga nisbatan yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Suv eroziyasiga bevosita ta’sir etadigan tabiiy holatlardan eng muhimi atmosfera yog‘in-sochinlaridir. Yog‘in-sochin yer yuzasida suv oqimi hosil qiladi va tuproq yuvilishini keltirib chiqaradi. Ustki oqim tuproqning suv singdiruvchanligi yetarlicha bo‘lmagan tuproqlarda kuchli yomg‘irlar va qor erishi davrida yonbag‘irlarda paydo bo‘ladi. Havodan tushgan yog‘in suvining yillik miqdori eroziyaning faqat ma’lum qadar xavfi borligini aks ettiradi. Yog‘in-sochinning yil mavsumlari bo‘yicha taqsimlanishi, yomg‘ir tomchisining yirik va mayda bo‘lishi ko‘proq ahamiyatga ega. Negaki, eroziya jarayonlarining namoyon bo‘lish ehtimoli shunga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘in-sochinning miqdori va xususiyati, qor to‘planishi va qor erishi, tuproqning harorat va suv maromi kabilar suv eroziyasi jaraѐnlarining jadallashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Iqlimning tik zonalliligiga xos ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlar hisobga olinib, lalmikor dexqonchilikning rayonlashtirish sxemalari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchi, eng takomillashganini donchilik ilmiytadqiqot instituti xodimi G.A.Lavronov taklif qilgan. Bu sxemada 3 ta vertikal mintaqa ajratilgan, bunda lalmi ekinlarni o‘sish va rivojlanishi uchun namlikni, ya’ni atmosferadan tushadigan yog‘in miqdori e’tiborga olingan: yog‘ingarchilik yetmaydigan (och tusli bo‘z tuproqlar poyasi) yog‘ingarchilik yarim yetarli (tipik bo‘z tuproqlar) va yog‘ingarchilik yetarlik yerlarga ajratgan (to‘q tusli bo‘z tuproqlar va kam ishqorsizlangan jigarrang tuproqlar)
O‘zbekistonning tog‘ oldi iqlimini I.P.Gerasimov (1948) taklifi bo‘yicha arid iqlim deb atash qabul qilingan. Atmosfera yog‘inlari nisbatan uncha ko‘p bo‘lmagani holda havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgaruvchanligi kattaligi bu iqlimga xos xususiyatidir.
O‘zbekiston iqlimi uchun qishki vegetatsiya davrining mavjudligi xos bo‘lib, bu kuzgi boshoqli ekinlar uchun juda muhim. Lalmi yerlarda yillik harorat va yog‘inlar maromning o‘zgarishlari majmui vegetatsiyaning ikki keskin farq qiluvchi davrlarini yuzaga keltiradi. Bular: bahorgi – mezotermik (nam, salqin) va yozgi – kserotermik (quruq, issiq) davrlar.
Lalmi yerlarning xususiyatlaridan biri, bu─tuproq-iqlim sharoitlarining juda xilma – xilligidir. Kenglik kesimida talay farqlar mavjudligi sababli A.Z.Genusov, B.Gorbunov va N.Kimberg, L.N.Babushkin O‘zbekiston lalmi yerlarini quyidagi tuproq-iqlim okruglariga bo‘lganlar: Chirchiq-Angren, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va hokazo.
Iqlimni eroziya jarayonlari rivojiga yana bir ta’siri–bu shamoldir. Shamol eroziyasini (deflyatsiyaning) vujudga kelishida asosiy omil ─ shamol hisoblanadi. Eroziya rivoji uning tezligi, yo‘nalishi, yog‘inning miqdori, mavsumiyligi, harorati va takroriyligiga bog‘liq. Ko‘proq yer yuzasidagi tuproq zarrachalarini chang-to‘zonga aylantirib havoga ko‘taradi va eroziyadeflyatsiya holatini hosil qiladi.
O‘zbekistonda shamol eroziyasi bo‘yicha ilmiy- tadqiqot ishlari olib borgan olimlar Q.Mirzajonov, Sh.Nurmatov, M.Hamrayev, A.Qayumovlarning ma’lumotlariga qaraganda, yer yuzasidan 10 sm balandlikda 12-15 m/s tezlik bilan esgan shamol, deflyatsiya jarayonini boshlab beradi; 10-15 sm balandlikda 12-15 va 16-25 m/sek tezlikda esganda kuchli shamol eroziyasi ro‘y bergani ta’kidlangan. Bunda tuproq zarrachalari bilan birga o‘simliklar ham uchirilib uzoq-uzoq joylarga, yo‘llarga, suv havzalariga keltirib tashlangan.
Shunday qilib, iqlim ko‘rsatkichlari eroziya va deflyatsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan hisoblanadi. Yer yuzasining tuzilishi. O‘zbekiston hududining relyefi tekislik va adir-tog‘ qismlardan tashkil etgan. Respublikamizning sharqida Tyan-Shan va Oloy tog‘larining g‘arbiy tarmoqlari, Hisor, Turkiston, Zarafshon, Chotqol, Pskom va Qurama tog‘ tizmalari joylashgan. Bu tog‘larning o‘rtacha balandligi 1600, 2000-2500 metr, ayrim cho‘qqilarining balandligi esa 4600 metrdan oshadi. Baland tog‘ qoyalari, ayniqsa ularning cho‘qqilari yoz oylarida ham erib tugamaydigan qorliklar bilan qoplangan. Bu qorlik va muzliklar daryolarimizning bitmas-tuganmas suv manbalaridir. Tog‘li yerlarning relyefi notekis-pastliklar va balandliklardan iborat. Bu yerda bir-biriga ketma-ket ulanib ketgan vodiylar, tik balandliklar, nihoyatda tor daryo va do‘ngliklar bilan bir qatorda juda manzarali yaylovlar, tog‘ tekisliklar ham bor.
Ma’lumki, respublikamiz yer yuzasining tuzilishi eroziya jarayonlari, ayniqsa suv eroziyasining rivojlanishiga ma’lum qadar bog‘liqdir. Relyef yer betida issiqlik va namlikning taqsimlanishiga, ob-havo yog‘inlarining xususiyat va miqdoriga hamda suv oqimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’siri mahalliy eroziya bazislarining chuqurligi, yonbag‘irlarning tikligi (qiyalik darajasi), uzunligi va ekspozitsiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston sharoitida eroziya jarayonlarining rivojlanishida, eroziya manbalarining to‘planishida ѐnbag‘irlarning shakli katta rol o‘ynaydi. Ular asosan shakliga ko‘ra: to‘g‘ri qiyalikli yonbag‘ir, qabariq, botiq va zinapoyasimon qiyali yonbag‘irlarga bo‘linadi. Janubga va sharqqa qaragan qiyalik yonbag‘irlari shimolga va g‘arbga qaraganlariga nisbatan 18-25 kun oldinroq qor qoplamidan holi bo‘ladi. Janubiy yonbag‘irlarda qor erishi jadalroq kechadi. Shu sababli boshqa shart-sharoitlar deyarli bir xil bo‘lgani holda, tog‘li hududlarda janubga qaragan yonbag‘irlardagi tuproq suv eroziyasidan, shimoldagi yonbag‘rli tuproqqa qaraganda ko‘proq eroziyalangan. Yonbag‘ir nishabligi va uzunligi oshib borgan sari odatda oqib tushayotgan yog‘in suvi oqimlarining tezligi kuchayadi, shunga bog‘liq holda tuproq yuvilishi va oqizib ketilishi ham jadallashadi (Xonazarov, Kumzullayev, 1999).
X.M.Maxsudovning (1989, 1998) ma’lumotlariga ko‘ra, yonbag‘ir qiyalik darajasi oshgan sari tuproqning yemirilish darajasi ham oshadi. Agar nishabligi 1-3 gradusgacha bo‘lgan yonbag‘irlarda, asosan, yemirilmagan yoki sust eroziyalangan tuproqlar tarqalgan bo‘lsa, qiyaligi 3-5 gradusli yonbag‘irlarda o‘rtacha eroziyalangan, 5-7-10 gradusdan ham tik qiyaliklarda, asosan kuchli yemirilgan bo‘z tuproqlar uchraydi. Relyef yer yuzasidagi suv va havodan tushadigan yog‘in-sochinlarning taqsimlanishiga, qiyalik bo‘yicha oqimlarning tezligiga, tuproq va zaminning yemirilishi (yuvilishi) jadalligiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada, O‘zbekistonning relyefi juda xilma-xil bo‘lib, asosan, sharqdan va janubiy sharqdan g‘arbga va shimoliy g‘arbga tomon asta-sekin pasayib boradi.
Yonbag‘irlarning qiyalik darajasiga qarab tuproq eroziyalanishi gektariga quyida keltirilgan ko‘rsatkichlar miqdorida bo‘lishi mumkin:
10 -30 gacha bo‘lgan qiyalikda -10-15 t/ga,
30 -50 da - 15-25 t/ga,
50 -70 da - 25-35 t/ga,
70 -100 atrofida bo‘lganida - 35-50 t/ga va undan ko‘p tuproq yuvilishi mumkin.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin