Tuproq muhofazasi. Yer-tuproq –inson hayot-faoliyatining eng zarur yashash joy, ozuqa yetishtiradigan maydoni. Yer turli ta’sirlar natijasida biologik buziladi, ekologik ifloslanadi va dehqonchilik borasida tuproq hosildorligi pasayadi. Antropogen jaryonlar natijasida yerning foydali fondi buziladi, hosildor yerlar turli qurilishlar va yo‘llar o‘tkazishga olinadi. Ishlab chiqarishda eroziya va digressiya jarayonlari global xarakterga ega bo‘lib, ekin yerlarining maydoni yil sayin qisqaradi.
Muhit ifloslanishi natijasida ekosistemalar ichidagi trofik jarayonlar-moddalar hosil bo‘lishi, ularning aylanishi va energiya oqimining funksiyalari buziladi. Atmosferada fotokimyoviy suv, tuproq biotoplarida esa kimyoviy-biologik jarayonlarning bir-biriga ta’siri va hamjixat tabiiy harakatining buzilishidan tirik organizmlar rivojlanishi, ular qayta ishlaydigan va tiklaydigan moddalar miqdori, muhitdagi elementlarning bir-biriga balansi buziladi va oxir-oqibatda biotop-muhit yaroqsiz, o‘lik maydonga aylanadi.
Yuza eroziyasi o‘rmon tumanlarda kam kuzatiladi. Yuza eroziyasinig xosil 19 Enciclopedia of Soil Science Second Edition edited by Rattan lal 7-бет bo‘lishiga quydagi tabbiy jarayonlar sabab bo‘ladi; jarliklar,kuchli yong‘inlar, antropogen omillar. Natijada,tuproqning sirti o‘pirilib tuproqning mineral qismi yuzaga chiqib qoladi.Masalan, Amazonka tuproqlarida eroziyasi jaraѐnlarning sodir bo‘lishiga o‘rmonlarning kesilishi va re’lefning qiyaligi sabab bo‘ladi19 Tuproqda moddalar aylanishi jarayonlarida og‘ir metallarning zaharlilik darajalari turli holatlarda o‘zgaradi, ammo ularning harakatchan formalari juda xavfli toksik elementlar hisoblanadi, chunki ular tirik organizmlar tanasiga tez o‘tadi va ularni zaharlab nobud qiladi. Tuproqning bioekologik holatining yomonlashishi natijasida mikroorganizmlar tomonidan mikrotoksinlar hosil qilish jarayonini tezlashtiradi va bu narsa tuproqda aytib bshlmaydigan salbiy ekologik voqeliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tuproqlarning eroziyaga uchraganligiga ko‘ra qishloq xo‘jalik ekinlariga beriladigan azot hisoblab chiqish koeffitsenti (КN).
Eroziyaga uchramagan 1,00 Kuchsiz eroziyaga uchragan 1,10 O‘rtacha eroziyaga uchragan1,20 Kuchli eroziyaga uchragan1,50