9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Tuproq qoplamining holati



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə89/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Tuproq qoplamining holati. Eroziya va deflyatsiya jaraѐnlarining borishida tuproq sharoitlari, uning asosiy xossalari, nam ushlash darajasi va tuproqning gumusli qatlam qalinligi muhim ahamiyatga ega (Maxsudov, Gafurova, 2012).
Respublikamiz xududining tabiiy sharoitlari o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli tuproq ham xilma-xildir. Hududimiz tuprog‘ini quyidagi tuproq mintaqalariga ajratish mumkin:
Cho‘l mintaqasi tuproqlari
Pasttekislik va darѐ vohalarining gidromorf tuproqlari va sho‘rxoklar
Tog‘ etagi prolyuvial va tog‘ oldi bo‘z tuproqlari
O‘rta va past tog‘ tuproqlari
Baland tog‘ mintaqasi tuprog‘i.
Tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar va unga qarshi tadbirlar. Insonning noto‘g‘ri tashkil etilgan turli hil faoliyati ta’siri ostida tuproq qatlami yemiriladi va bug‘lanadi. Eroziya tuproqqa mana shunday ta’sir o‘tkazilishining g‘oyat keng tarqalgan va halokatli oqibatidir.
Tuproqni eroziyadan saqlash muammosi dunyoning arid iqlimi mintaqasida joylashgan ko‘pgina mamlakatlar uchun, shu jumladan O‘zbekiston hududi uchun ham dolzarb muammodir. Chunonchi, respublikada eroziyaga uchragan yer maydonlari 1772,3 ming gektarni ѐki haydaladigan yerlar umumiy maydonining 40% tashkil etadi. Shulardan 721,9 ming gektari irrigatsiya eroziyasiga /X.M.Maxsudov, 1989/, salkam 50 ming gektari jarlik eroziyasiga /A.Nig‘matov, 1988/, 700,4 ming gektari lalmi eroziyasiga /X.M.Maxsudov, 1989/ va 300 ming gektari shamol eroziyasiga duchor bo‘lgan /K.M.Mirzajonov, 1976/.
Eroziyaga uchragan yerlarda dehqonchilik madaniyati darajasini yuksaltirish ularni eroziyadan, paxta yakka hokimligining ta’siridan keyin tuproq unumsizlashidan himoya qilish qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini tubdan ko‘paytirish va barqarorlashtirishning eng arzon hamda samarali yo‘li hisoblanadi.
Суғориладиган деҳқончиликда асосан ирригацион эрозия ривожланган yerlarning meliorativ holati to‘g‘risida gapirsak, demak ular rivojlangan hududlar asosan past-baland relyefli, har xil nishabli qiyaliklarga ega bo‘lgan tog‘li va tog‘ oldi hududlarda ham eroziyaga uchragan, o‘rtacha eroziyala uchragan va kuchli eroziyaga uchragan tuproqlarga ajratiladilar, qiyaliklar pastida yuvilmali tuproqlar paydo bo‘ladi – bu tuproqlar tepadan yuvilib tushgan melkozem zarrachalaridan paydo bo‘ladi.
Irrigatsion eroziyaga uchragan tuproqlarda sug‘orish ishlari alohida usulda bo‘lishi zarur. Bu yerlarda kam miqdorda suv bilan tez-tez sug‘orib turish, egatlar imkoniyati boricha kam qiyalik qilinib olish. Solinadigan mineral o‘g‘itlar miqdori 25-30 % ko‘p bo‘lishi,
Siderat ekinlarni ekish, bedazorlarni haydash, go‘ng va boshqa organik o‘g‘itlar solish, g‘o‘zapoyani maydalab solish, xlorella ko‘llash va boshqa tadbirlar qilish zarur.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin