9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə2/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

9.1.1-rasm. Dunyo tuproq kartasi
yirik masshtabli tuproq kartalarini tuzishda juda ish beradi va tuproq qatlamining strukturasini aniqlashda ko‘makdoshdir.


9.2. Yer yuzasida tuproqlarning tarqalishi


Tayanch so‘z va iboralar: geografik rayonlashtirish, tuproq turlari, qora, kashtan, bo‘z, qizil, sariq, qo‘ng‘ir, sho‘rtob, botqoq, taqir, tarqalish, muvofiqlik, landshaft, o‘simlik va hayvonot dunyosi, maydon, foizi, o‘ziga xosligi, shimol.


Tuproq-geografik rayonlashtirishga muvofiq yuqorida keltirilgan tuproqlar geografiyasi qonunlari tuproq-geografik rayonlashtirishga olib keldi. Ammo ushbu rayonlashtirish, tuproq tasniflashidan (klassifikasiyasidan) farqli ravishda, amaliy ahamiyat kasb etadi. Masalan, paxta o‘simligini ekish va joylashtirish uchun qanday tuproqlar yaroqli ekanligini bilish uchun quruq iqlimli cho‘l sug‘orma tuproqlari agro-iqlimiy rayonlashtiriladi. Natijada paxta yetishtirish rayonlari ajratib olinadi va optimal chora-tadbirlar rejalashtiriladi.
Yuqorida keltirilgan tasniflash qonuniyatlariga mos ravishda Yer planetasining juda mayda masshtabdagi tuproqlar tarqalish kartasi tuzildi va biz uni 9.1.1-rasmda umumlashtirilgan tarzda 8-bobdagi tuproqlar klassifikasiyasidan kelib chiqqan tarzda bayon etamiz.
Arktika tuproqlari- arktika landshaft geografik zonasi uchun xarakterli tuproq tipi hisoblanib, Yevroosiyo qit’asining qutbga yaqin Shimoliy Yer, Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, De-Long, Novosibirsk orollari, Taymirning Shimoliy qirg‘oqlari, Shimoliy Amerikaning Arktika arxipelagi, Grendlandiyada va boshqa joylarda keng tarqlagan.
O‘simliklari asosan mox, lishaynik, turli xildagi suv o‘tlaridir. O‘simlik qoplami sovuqdan hosil bo‘lgan yoriqlar, qurishi tufayli hosil bo‘lgan yoriqlar va boshqa genezisdagi kichik depressiya (cho‘kkan pastlik)larda tarqalgan. Dengiz sathidan 100 m balandlikda o‘simlik qoplami deyarli bo‘lmaydi. O‘simliksiz yalang gurunt 70-95% ni egallaydi.
Arktika va Antarktida ov qilish va hayvonot dunyosi noyob turlarini saqlash va ko‘paytirish uchun rezervatlar sifatida foydalaniladi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin