9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Bo‘z tuproqlar mintaqasi-



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə9/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Bo‘z tuproqlar mintaqasi- O‘rta Osiyo, Qozog‘istonning tog‘ oldi va Kavkaz ortida joylashgan. Mintaqaning o‘ziga xos tabiiy-iqlim sharoiti, jumladan 100S dan yuqori samarali harorat 3400-4000 0S , qish-bahor oylarida yog‘ingarchilikning ko‘pligi bilan o‘ziga xos namlik rejimi uni quruq subtropiklar jumlasiga kiritish imkonini beradi.
O‘tloq-bo‘z tuproqlar va o‘tloq tuproqlar bilan birga hisoblaganda bo‘z tuproqlar mintaqasining umumiy maydoni 41,3 mln.ga. Tuproqlarning mintaqalik tizimida bo‘z tuproqlar alohida o‘rin tutadi va Turon tuproq-iqlim vertikal-balandlik mintaqasining quyi bo‘limini tashkil etadi. Bo‘z tuproqlari tog‘ tizmalarining uncha baland bo‘lmagan qismlarida, tog‘ yonbag‘ri qiyaliklari va do‘ngliklari (adirlarda), tog‘ etagi prolyuvial tekisliklarida va shuningdek daryolarning yuqori terrasalarida tarqalgan.
B o‘z tuproqlar ko‘proq tarqalgan xududlarda, bu mintaqaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 1400-1600 m, quyi chegarasi esa 250-300 dan 250-500m gacha bo‘lgan balandlikdan o‘tadi.
Bo‘z-jigarrang tuproqlar- quruq subtropiklarning dasht mintaqasida tarqalgan. Bu tuproqlar subtropiklarning kserofit o‘rmon va butazorlardagi jigarrang tuproqlar bilan birga 2,3 mln. gektarni tashkil etadi.
A.N.Rozanov bo‘z-jigarrang tuproqlarni Sharqiy Kavkaz ortidagi tuproqlardan jigarrang tuproqlarga o‘tuvchi mustaqil tuproq sifatida ajratgan. Bo‘z-jigarrang tuproqlar Kavkazortidagi tog‘oldi tekisliklarida va past tog‘larda tarqalgan. Bo‘z-jigarrang tuproqlar karbonatli jinslarda kserofit o‘t o‘simliklari va butalar ostida shakllanadi. Bunda subtropik iqlim bo‘lib, ammo qisqa lekin nam ko‘p bo‘lgan qishi va uzoq cho‘ziladigan quruq yozi bilan bo‘z tuproqlardan ajralib turadi. Atmosfera yog‘inlari miqdori 250-500 mm. 100S dan yuqori harorat 4000-42000S bo‘lishi, quruq iqlimli tuproqlarda organik moddalarning tez parchalanib ketishiga olib keladi. Shuning uchun bo‘z-jigarrang tuproqlarda gumus oz. Gumusli gorizont jigarrang tusli bo‘zg‘ish. Gumus gorizonti ancha qalin va yong‘oqsimon uvoqli strukturaga ega.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin