9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Tuproqlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə12/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

9.4.Tuproqlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish


Tayanch so‘z va iboralar: Oqilona foydalanish, ilmiy asoslash, muhofaza, zaxira, vosita, pestesid, gerbisid, rekultivasiya, o‘g‘itlash, choralar, tadbir.

Biogeosenoz, biosfera, buzilishi, ifloslanishi, eroziya, qayta sho‘rlanish, botqoqlanish, foydali qazilmalarni ochiq holda qazib olish, sahrolanish, gumusning kamayishi, mineral o‘g‘itlar qo‘llanilishi, ftor aralashmasi, radioaktiv elementlar(uran, radiy, stronsiy, toriy), superfosfat, fosforit, pestisidlar, og‘ir metallar (kadmiy, qo‘rg‘oshin, simob, rux, nikel).


Tuproqlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish hozirgi vaqtdagi insoniyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri. Zero tez suratlarda o‘sib borayotgan aholi soni(7 mlrd. kishidan oshiq) va uning ehtiyojlarini (keyingi 20 yil ichida 130% ortdi) qondirish tuproq va uning unumdorligi bilan bog‘liqdir. Chunki insoniyat o‘zi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini tuproqlardan oladi. O‘tloqlar va yaylovlar hisobidan olinadigan chorvachilik mahsulotlarini ham shu hisobga kiritsak, bu raqam 98 foizdan oshadi. Ammo tuproq nafaqat agroxo‘jalik ehtiyojini, balki ekologik tizimlardagi modda va energiya alshuvini ta’minlashning muhim zvenosi hamdir.
Hozirgi zamon taniqli ekolog olimlaridan biri J.Dorst (1968) ta’kidlaganidek, «Tuproq – bizning eng qimmatli kapitalimiz (boyligimiz). Hayot va yer yuzisidagi barcha tabiiy va sun’iy biogeosenoz kompleksining bexatarligi oxir oqibatda yerning eng yuza qismini tashkil etuvchi, nihoyatda yupqa qatlamiga bog‘liq». Bundan tuproq qoplamining muhofazasi, undan oqilona foydalanish va unumdorligini doim oshirib borish sohasida insoniyat oldida katta mas’uliyatli vazifalar borligi namoyon bo‘ladi.
Tuproqning kishilar hayotidagi roli beqiyos. Ayniqsa hozirgi vaqtda aholi sonining ko‘payshi natijasida oziq ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshib borishi, rivojlanib borayotgan sanoatning turli tarmoqlarini xom ashe bilan ta’minlash zaruriyati, qishloq xo‘jalik aholi punktlari, yo‘llar, qurilish, transport va foydali qazilma boyliklari ishlab chiqarishni yanada rivojlanishi yer resurslaridan samarali foydalanish, yangi yerlarni o‘zlashtirish borasida ko‘plab yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Tuproq zaxirasining cheklanganligi, o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan maydonlarning kamayib borishi, tuproq unumdorligini oshirish hisobiga hosildorlikni ko‘paytirishni talab etadi. Quruqlikning 20 foizi sovuq iqlimli, 20 foizi quruq iqlimli, 20 foizi notekis, ekin ekib bo‘lmaydigan tog‘li, 20 foizi yaylov, o‘tloq va pichanzorlardan, 10 foizi kam qalinli maydonlardan tashkil topgan. Haydaladigan maydonlar esa 10 foizni tashkil etadi xolos (9.4.1-rasm).
D unyo bo‘yicha o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan yerning potensial imkoniyati 3,2 mlrd.ga yaqin. Hozirgi paytda haydalib ekin ekiladigan maydon 1,5 mlrd. gektarni tashkil etadi. Bu quruqlikning 10-11 foizi, agar yaylov, o‘tloq va pichanzorlarni unga qo‘shsak, bu quruqlikning 30 foizini tashkil etadi. Haydaladigan yerlarning ulushi turli mamlakat va qit’alarda turlicha bo‘lib, ular hududining 1-4 foizidan 30-70 foizigachasini egallaydi. FAO ekspertlarining fikrlariga ko‘ra haydaladigan maydonlarni 2 marotaba oshirish mumkin. Ammo bu relyefi yoki iqlim sharoiti og‘ir yerlar hisobidan bo‘lishini inobatga olsak uning naqadar mashshaqatliligi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Hozirda bir ga yerni o‘zlashtirish uchun ilgarigi harajatlarga nisbatan 20-25 marotaba ko‘p resusr sraf qilishga to‘g‘ri keladi.
Tuproqlar sifatining buzilishi, yer maydonlarining qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketishi, yangi tuproqlarning o‘zlashtirishning juda qimmatlashib ketishi, bo‘z yerlarning chegaralanganligi foydalanib kelayotgan tuproqlarni muhofaza qilish va ularning mahsuldorligini oshirishni taqozo etadi.
Tuproq amalda deyarli tiklanmaydigan tabiiy resurs toifasiga kiradi. Tuproq buzilishi va ifloslanishining sabablari ko‘p bo‘lib, tuproqning regional va ekologik xususiyatlarini e’tiborga olmagan holda xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq. Tuproqqa ta’sir etish natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlardan biri tuproqning suv va shamol eroziyasi jarayonlaridir. Faqatgina O‘zbekistonning o‘zidagina paxtachilikdan tuproq eroziyasi natijasida 300-400 ming tonna paxta hosili kam olinmoqda.
Sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan maydonlarda tuproqning qayta (ikkilamchi) sho‘rlanish va botqoqlanishi kabi salbiy jarayonlar rivojlanib bormoqda. Dunyo bo‘yicha sug‘oriladigan tuproqlarning deyarli 40 foizi turli darajada sho‘rlangan. Hozirgi vaqtda jahon dehqonchiligi sho‘rlanish natijasida har yili 200-300 ming gektar eng qimmatli sug‘oriladigan tuproqlarni yo‘qotgan. Umuman tuproqning qayta sho‘rlanishi natijasida dunyoning turli mamlakatlarida 25 mln. gektar yer qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketgan.
Iqlim o‘zgarishi bilan bir qator so‘ngi yillarda Yer sayyorasida sahrolanish jarayoni jadal suratlarda kechmoqda va uning ko‘lami yiliga 25 mln. gektar yerni qamrab olmoqda.
Tuproq unumdorligining asosiy ko‘rsatgichi gumus miqdori dunyo bo‘yicha har chorak asrda 0,7-0,9 % kamaymoda. Natijada tuproqning fizik xossalari yomonlashib, tuproqqa solinadigan mineral o‘g‘itlarning samaradorligi kamayib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirishda mineral o‘g‘itlarning roli beqiyos. Mineral o‘g‘itlar ekinlar hosildorligini 30-50 foizga oshiradi va uning iqtisodiy samarasi yuqori. Ammo, o‘g‘itlar normadan ortiq ishlatilsa va foydalanish texnologiyasi buzilsa, tuproq ifloslanadi va uning tarkibida zararli birikmalar ko‘payib ketadi. Mineral o‘g‘itlar bilan birga tuproqqa ko‘p miqdorda ftor kabi zararli aralashmalar, radioaktiv elementlar kabi noekologik vaziyat yuzaga keladi.
Fosforli o‘g‘itlarning o‘ziga xos xususiyatidan biri, ularning tarkibida ftor aralashmalari, radioaktiv elementlardan uran, radiy va stronsiyning borligidadir. Tuproqqa 3 s superfosfat bilan birga 1,5-10 kg gacha stronsiy ham kelib tushishi mumkin. Fosforitda 3,5 – 4 foizgacha ftor mavjud. J.Sattorov ma’lumotlari ko‘ra Qoratov fosforitlaridan tayyorlangan bir tonna ammofos tarkibida 164 kg ftor bor. U qo‘shsuperfosfatda 80, oddiy superfosfatda 122 kg ni tashkil etadi. Olimning hisobicha, keyingi besh yillikda O‘zbekistonning dalalariga o‘g‘itlar bilan birgalikda 1 mln tonnadan ziyod ftor kelib qo‘shilgan. Bundan tashqari, yirik sanoat markazlari, jumladan, alyuminiy, emal, oyna, o‘g‘it ishlab chiqaradigan ximiya korxonalaridan chiqadigan zaharli gazlar ftor va boshqa moddalar ko‘p bo‘lib, tevarak-atrof tuproqlariga kelib tushmoqda. Bu esa o‘simlik va tuproqdagi ftor miqdori normadagidan 10-100 baravargacha oshirmoqda.
Tuproqda ftorning nihoyatda ko‘payib ketishi uning buferlik xususiyatini pasaytirdi. O‘simliklarda modda almashinuvi buziladi, barglarning nafas olishi, fotosintez jarayonining tezligi pasayadi. Hayvonlarda flyuoroz kasalligi yuzaga keladi. Ftorning ko‘payishi odamlar salomatligiga ham katta ta’sir etadi.
Zamonamizda yana bir dolzarb muammo - tuproqqa fosforli o‘g‘itlar bilan birga kelib qo‘shiladigan radiy, uran va toriyning tabiiy radioaktiv izotoplari - radionukleidlari bilan ifloslanish xafvini oshishida. Ko‘pgina ruda konlarining fosforitlarida bu elementlarning miqdori ularning tuproqdagi klark miqdoridan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Atrof-muhitni o‘simliklardan ortib qolgan o‘g‘itlar bilan mumkin qadar kam ifloslantiradigan, lekin iloji boricha yuqori hosil olishni ta’minlaydigan o‘g‘it normalarini aniqlash tuproqdan ko‘chib yuruvchi oziqa moddalar miqdorini hamda o‘simliklarning rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘g‘itlar dozasi va qo‘llanish muddatini aniqlab olish zarur. Buning uchun o‘g‘itlardan oqilona foydalanish maqsadida tuproqlarni agrokimyoviy diagnostikadan o‘tkazishni tashkil etish kerak bo‘ladi (9.4.2-rasm).
O‘g‘itlardan tuproq-iqlim sharoitlari va yetishtiriladigan ekinlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda foydalanilganda, o‘g‘itlar ortiqcha ishlatilmaydi va kam isrof bo‘ladi. Ekologik jihatdan toza o‘g‘itlardan yuqori normada ishlatilganda hosildorlik ham yuqori bo‘ladi. Masalan, Golllandiyada ekologik jihatdan toza mineral o‘g‘itlar gektariga 800 kg/ga dozada ishlatilib, gektaridan 70 s gacha g‘alla hosili olinmoqda.
Dunyo miqyosida pestisidlardan foydalanish ko‘payib, yiliga jahonda 1,25 mln. tonnadan ko‘p pestisid chiqarilmoqda. 1970 yillarda pestisidlardan foydalanish AQSH da o‘rtacha 0,24 kg/ga, G‘arbiy Yevropada - 0,3 kg/ga, Yaponiyada - 1,74 kg/ga ni tashkil etmoqda. Qo‘llaniladigan pestisidlarning yarmi mutagen ya’ni hayvonlar va odamlar irsiyatiga ta’sir etib, tabiatni o‘zgartiradigan turiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun pestisidlar tonna og‘irligi miqdoriga ko‘ra kimyoviy ifloslanishning 0,2 foizini tashkil etsa-da, bu moddalar yuqori biologik faoliyati jihatidan zararli ta’sirini kamaytirish uchun uning turlarini takomillashtirish, zararli elementlarini chiqarib tashlash, tez parchalanadigan va kam eriydigan zaharsiz preparatlar yaratish muhim vazifadir.
Atrof-muhitning og‘ir metallar bilan ifloslanishi biosferada organizmlar mutanosibligini buzib, har xil salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoda. Natijada tuproqda mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlarning yo‘nalishi va intensivligi o‘zgaradi hamda tuproq unumdorligi, fermentlarning faoliyati va tuproqda havo almashinuvi pasayadi. Tuproqda kadmiy, qo‘rg‘oshin, simob, rux, nikel kabi og‘ir metallarning ko‘payishi o‘simliklardagi fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, undagi azot almashinuvi buziladi, o‘simliklar xloroz kasalligiga chalinadi, bargida qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘lib, poyasi qiyshayadi.
Og‘ir metallar ko‘pgina pestisid va fungisidlarda, shuningdek o‘g‘it sifatida ishlatiladigan “oqova suv ili”da ko‘p bo‘ladi. Qayta ishlanmagan oqava suvlar cho‘kmasidan o‘g‘it sifatida foydalanishdan oldin uning tarkibidagi og‘ir metallar borligini aniqlash, cho‘kmalarning (quruq modda hisobiga) har kilogrammida qo‘rg‘oshin 1200 mg, kadmiy-20, xrom -1200, mis-1200, nikel-200, simob-25 va




Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin