10-MAVZU- Tuproqlarning tasniflanishi.
Reja:
Tuproqlarni tasniflash tushunchasi va qoidalari.
O‘zbekiston tuproqlari klassifikatsiyasi.
Qiyin o‘zlashtiriladigan tuproq turlar.
O‘zbek tilida tasniflash yoki fanda klassifikasiya terminining o‘zagi lotinchadagi “klass” – bo‘g‘inlash, razryadlash degan so‘zning ma’nosiga to‘g‘ri kelib, u, jarayon, voqea, narsa yoki hodisalarni umumiy ko‘rsatgichlariga qarab bo‘lish degan ma’noni anglatadi1. Tuproqlarni tasniflashga, ya’ni guruh yoki klasslarga ajratishga oid o‘nlab taklif va mulohazalar bor. Ammo, hanuzgacha fanda tuproqlarning yagona, umume’tirof etilgan tasniflash jadvali yoki sxemasi yo‘q. Bu o‘rinda namuna sifatida kimyo fanidagi D.Mendeleyev davriy tizimidagi kimyoviy moddalarning, geografiyada esa geotizimlarning iyerarxik tasniflagichini olish mumkin (Nigmatov, 2010). Biz amerakalik olim prof. Y.Odumning o‘zining ikki jildlik “Ekologiya” kitobida tabiiy tizimlarni tasniflash turli ko‘rinishda bo‘lgani ham ma’qul, degan fikriga qo‘shila olmaymiz. Rossiyalik buyuk “klassifikator olim” prof. D.L.Armandning (1975) fikriga qo‘shilgan tarzda biz har bir narsa, hodisa yoki jarayonlarni tasniflashda:
falsafaning fanlar metodologiyasiga qo‘yiladigan talablarga javob bera olishi;
muayyan bir maqsadga yo‘naltirilganligi;
ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi;
ajratilgan guruhlarning qaytarmasligi;
guruhlarni nomlanishi oddiy va ravon ko‘rinishda ifoda etilishi;
metodik jihatdan uni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlik va h.k.
Har qanday fanda bo‘lgani kabi Tuproqshunoslikda ham tasniflash bor, albatta. U tarixiy-taqqoslash, geografik-taqqoslash, tuproqlarning evolyusion rivojlanishi kabi metodlarga asoslanadi. Tuproq klassifikasiyasi Yer planetasi quruqlik qismtasniflab beradi – pedosferada tarqalgan barcha tuproqlar xilma xilligini ajartib beradi.
Tuproq klassifikasiyasining muhim vazifalaridan: uning sifat jihatidan farqlanishi, ajratilgan tuproqlarni tavsiflash, son va sifat jihatdan baho berish, ularni muayyan ketma-ketlidka iyerarxik joylashtirish, ro‘yxatini tuzish va nomlash kabilardir. Ushbu talablar Tuproqshunoslikda tuproq nomenklaturasi, taksonomiyasi va tuproq diagnostikasi yordamida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |