9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə10/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Jigarrang tuproqlar - dastlab Kavkazda S.A.Zaxarov o‘rganib, uni o‘rmon jigarrang tuproqlari deb atagan. Keyinchalik I.P.Gerasimov tadqiqotlari asosida quruq subtropik o‘rmonlari va butazorlarning jigarrang tuproqlari mustaqil tip sifatida ajratildi.
Jigarrang tuproqlar tog‘oldi va tog‘li o‘lkalarda ham uchraydi. Sharqiy Kavkazorti, Qora dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab Tuapsening shimolida, Janubiy Qrimning Sharqiy qismida, shuningdek Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekistonning tog‘oldi o‘lkalarida tarqalgan. Jigarrang tuproqlar deyarli bo‘z-jigarrang tuproqlari kabi tabiiy sharoitlarda rivojlansa-da, ammo bu yerda kuz-qish bahor mavsumlarida namlikning ancha ko‘p va yozining nisbatan quruqroq bo‘lishi bilan xarakterli. Jigarrang tuproqlar karbonatli jinslarda shakllanadi. Kserofit eman, grab, buk, zarang, archa, pista, grek yong‘og‘i, bodom, turli mevali daraxt va butalardan iborat quruq o‘rmonlarning o‘simliklaridan iborat.


9.3. O‘zbekistonning tuproq resurslari va ulardan foydalanish


Tayanch so‘z va iboralar: O‘zbekiston, resurs, haydalma yer, sug‘oriladigan yer, oqilona foydalanish, unumdorlikni oshirish, dehqonchilik, sho‘rlanish, rekultvasiyalash, meliorasiya qilish, kimyoviy usul, organik o‘g‘it, eroziya.

O‘zbekiston Respublikasi tabiiy-iqlim sharoitining murakkabligi bu yerda tuproqlarning xilma-xil bo‘lishini hamda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Keyingi yillarda insonlarning faol xo‘jalik faoliyati ta’sirida tupoqlardan foydalanish tuzilishini ham o‘zgartirib yubordi.


Respublika hududining deyarli uchdan ikki qismi cho‘l zonasida joylashgan bo‘lib, unda asosan sur-qo‘ng‘ir tusli va qumli cho‘l tuproqlar tarqalgan. Vertikal mintaqalashning eng quyi qismida turuvchi bo‘z tuproqlar umumiy maydonning 23 foizini tashkil etadi. Baland va o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning qo‘ng‘ir va jigarrang tuproqlari nisbatan kamroq (9.3.1-jadval).
2014 yilda respublika aholi jon boshiga hisoblangan haydalma yerlar 0,16 gektarni, sug‘oriladigan haydalma yerlar atigi 0,14 gektarga barobar bo‘lgan. Sug‘oriladigan yerlarning 60 foizga yaqini bo‘z tuproqlar mintaqasida, qolgan qismi cho‘l zonasida joylashgan. Ulardan yarimgidromorf va gidromorf tuproqlar maydoni ham shuncha. Gidromorf tuproqlarning eng ko‘p qismi Xorazm viloyatida bo‘lib, yer osti sizot suvlari sathi 1 m dan yuqori bo‘lgan maydonlar 19 foizni, 1-2 m – 8 foizni tashkil etadi. Shuningdek, ushbu tuproqlar respublikaning yirik daryo vodiylari va deltalari, o‘zlashtirilgan tog‘ oldi tekisliklarining Mirzacho‘l, Qarshi va Sherobod cho‘li kabi hudularida, Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan tuproqlarining aksariyat qismini egallaydi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin