Qo‘ng‘ir tusli tuproqlar- o‘tloq-dasht qo‘ng‘ir tusli tuproqlari hamda sho‘rtoblar kompleksi bilan birga, qariiyib 34 mln. ga ni tashkil etadi. Ular Kaspiy va Orol dengizining shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab va Qozig‘iston past tog‘larining janubiy qismida ko‘p tarqalgan.
Sho‘rxoklarning- asosiy tarqalgan xududlari subboreal va subtropik mintaqalardagi cho‘l va chala cho‘llardadir. Yer sayyorasida sho‘rxoklarning maydoni 69,8 mln. ga teng bo‘lib, u sayyoramizning barcha sho‘rlangan tuproqlarida uchraydi va maydoni 240 mln ga dan ortadi.
O siyo qit’asida sho‘rlangan tuproqlar quruq dasht, chala cho‘l va cho‘l, dasht, o‘rmon-dasht va tayga-o‘rmon zonalarida uchraydi. Ularning maydoni 52,3 mln gektar yoki Sobiq ittifoq xududidagi barcha tuproq maydonining 2,4 foizini tashkil etadi. Sho‘rlangan tuproqlar Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir, Markaziy Osiyo respublikalari, Quyi Volga bo‘yi, Janubiy Ukraina, Azarboyjon va Shimoliy-sharqiy Kavkazoldi xududlarida keng tarqalgan.
Sho‘rtoblar- kesmasidagi genetik qatlamlar keskin tabaqalashgan bo‘lib, agronomik xossalari noqulaydir. Sho‘rxoklardan farqli ravishda, sho‘rtoblarda oson eriydigan tuzlar eng ustki qatlamda emas, balki biroz chuqurroqda saqlanadi.
Sho‘rtobli tuproqlar kashtan va janubiy qora tuproqlar zonasida keng tarqalgan. Magniyli sho‘rtobsimon tuproqlar Markaziy Osiyoning och tusli bo‘z tuproqlar zonasi va karbonatli tuzlar bilan sho‘rlangan gidromorf (o‘tloq va botqoq-o‘tloq) tuproqlar orasida ham tarkalgan. Sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarning umumiy maydoni Sobiq Ittifoqning 40 mln. ga maydonini egallagan.
Qo‘ng‘ir chalacho‘l va cho‘l tuproqlari- Rossiya, O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘istonning Turon pasttekisligi, nihoyatda katta tekislik maydonlarini egallaydi. Kura-Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g‘arbda Ustyurt platosini va Orol dengizi Balxash ko‘ligacha bo‘lgan orqaliq maydonlarniegallaydi. Janub va sharq tomonidan cho‘l zonasining Kopettog‘, Pomir-Oloy va Tyanshan tog‘larining etaklariga tutashadi. G‘arbda esa Kaspiy dengiz bilan chegaralanadi.