9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Vertikal mintaqalarning asosiy tuproqlari



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə8/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Vertikal mintaqalarning asosiy tuproqlari- Yer kurrasida keng tarqalgan bo‘lib, maydoni 30,7 mln. km2 yoki uning 21 foizini tashkil etadi. MDH hududida tog‘li tuproqlar 652,7 mln. ga. Yoki 29,6 %.
Tog‘ tuproqlarining shakllanishi va tarqalishi tuproqlarning balandlik mintaqalanish qonuniga bo‘ysunadi va u joyning balandligi bo‘ylab tuproqlarning bir-biri bilan almashinib borishiga aytiladi.
Tog‘li o‘lkalardagi tuproq mintaqalari tekisliklardagi kabi mintaqalar bo‘ylab joylashadi, ammo joyning balandligiga qarab tuproqlarning birin-ketin o‘zgarish tartibi o‘zgachadir. Shuning uchun ham tuproqlarning vertikal mintaqaligi gorizontal mintaqallikning oddiy tarzda tarqalishi bo‘lmasdan, balki o‘ziga xos tuproqlarini tashkil etadi.
Tog‘li nohiyalarda tuproqlar nihoyatda murakkab tarqalgan va ba’zan vertikal mintaqalar tekisliklardagidek bo‘lsa-da, ular ba’zan teskari yo‘nalishda joylashadi. Bu hodisaga tuproq mintaqasining inversiyasi deyiladi. Ko‘pincha bir tuproq mintaqasi boshqasiga qiyalik ekspozisiyalariga qarab yoki tog‘ vodiylari bo‘ylab kirib boradi. Bir tuproq mintaqasining boshqasiga ana shunday aralashib ketishi tuproq mintaqasining migrasiyasi nomini olgan. Nihoyat qator tog‘li viloyatlardagi normal mintaqa qatorlaridan ayrim tuproq mintaqalarining mutlaqo tushib qolishi hodisasiga mintaqa interferensiyasi deb ataladi. Vetikal mintaqalar bo‘yicha tuproqlarning tarqalishi xarakteri tog‘ o‘lkalarining qaysi bioiqlim mintaqasida joylashuvi bilan belgilanadi. Demak, har bir tog‘ tizimining tuproq qoplami, o‘zining rivojlanish qonuniyatlari va xosligiga ega.
Odatda tog‘ tuproqlarining pastki mintaqasi o‘zi joylashgan mintaqa tabiiy sharoitiga qarab o‘zgarib boradi. Turli tog‘ tizimlarida vertikal mintaqallik turlicha va muayyan bir tog‘ tizmasida uning yo‘nalishi haqida yonbag‘ir ekspozisiyasiga qarab, tuproq mintaqasining joylashuvi bilan farqlanadi. Ana shunday o‘zgarishlar, ayniqsa Bosh Kavkaz tog‘ tizmalarida yaxshi ifodalangan. Tog‘ o‘lkalarining vertikal mintaqalligida mintaqalarning qutbiy, boreal, subboreal va subtropik sinflari ajratiladi.
Subboreal sinfning o‘rmon mintaqasida tog‘-podzol tuproqlarga nisbatan o‘rmon-qo‘ng‘ir tuproqlar ko‘proq uchraydi. Mintaqalar subtropik sinfining quruq subtropiklarida tog‘ bo‘z tuproqlari yoki jigarrang tuproqlar tarqalgan bo‘lib, nam subtropiklarda qizil va sariq tuproqlar uchraydi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin