9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə11/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

9.3.1-jadval
O‘zbekiston tuproqlari va ularning egallagan maydonlari



Tuproq turlari

Maydoni

Ming ga

Umumiy maydonga nisbatan, %

Baland tog‘ och tus-qo‘ng‘ir
O‘rtacha balandlikdagi tog‘larning jigarrang va qo‘ng‘ir
To‘q tusli bo‘z
Tipik bo‘z
Och tusli bo‘z
O‘tloq-bo‘z va bo‘z-o‘tloq
Bo‘z tuproqlar mintaqasining botqoq-o‘tloq
Sur-qo‘ng‘ir tusli
Qumli cho‘l
Taqirli tuproqlar va taqirlar
O‘tloq-taqirli va taqirli-o‘tloq
Cho‘l zonasining o‘tloq
Cho‘l zonasining botqoq-o‘tloq
Sho‘rxoklar
Qumlar
Boshqa (suv yuzasi, tog‘ qoyalari kabilar) yerlar

540

1662
1055


3051
2592
781

78
11408


1372
1784
465
1796
58
1970
12413

4118


1,18

3,66
2,31


6,70
5,71
1,71

0,16
25,26


3,01
3,94
1,01
3,95
0,14
4,12
27,33

9,04


Jami

44410

100

Keyingi yillarda sug‘oriladigan maydonlar asosan cho‘l zonasi tuproqlari (taqirli, sur-qo‘ng‘ir tusli, qumli cho‘l kabi) va qisman och tusli bo‘z hamda tipik bo‘z tuproqlar hisobiga o‘zlashtirilmoqda.Sug‘oriladigan yerlar unumdorligi va qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi maydonlarning qayta sho‘rlanishi natijasida ancha pasaydi. Tuproqda tuz to‘planish jarayonlari va tuproqning takroriy sho‘rlanishi, ayniqsa cho‘l zonasida och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasida kuchli kechmoqda.
Hozirigi vaqtda sho‘rlangan yerlar maydoni 1968 yildagiga nisbatan 770,7 ming gektarga oshdi va umumiy sug‘orma yer fondining deyarli yarmini tashkil etmoqda. Shuning uchun ham Amudaryoning quyi oqimida sho‘rxoklar maydoni 10 barobarg,a Orol dengizining qurib borayotganligi tufayli mintaqamizda cho‘l-sahrolanish jarayoni kuchayib, uning atrofida 4,5 mln.ga yaqin unumsiz-cho‘l, cho‘l – taqir va sho‘r tuproqlar hosil bo‘lib bormoqda.
O‘zbekistonning dehqonchilik qilinadigan tuproqlarida ekinlarni joylashtirishning ilmiy jihatdan asoslanmagan ekish struturasining yuzaga kelishi, tuproqlar suv va shamol eroziyasining kuchayishiga olib keldi.
Lalmikor maydonlar past tog‘lar va tog‘ qiyaliklaridan iborat adir yerlarda joylashganligi sababli, uning tuproqlari suv eroziyasiga uchragan. Jumladan, jigarrang va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan zonaning 75, tipik bo‘z tuproqlarning 48, och tusli bo‘z tuproqlar zonasi lalmikor yerlarning 36 foizi eroziyalangan. Eroziyaga uchragan lalmikor yerlar asosan yaylovlar sifatida foydalanilmoqda.
Lalmikor ekinlar maydonining asosiy qismi Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida joylashgan bo‘lib, keyingi yillarda lalmikor yerlar qisman sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarga aylantirilmoqda. O‘zbekistonning cho‘l zonasidagi katta yer hududi yaylovlar sifatida foydalanilib kelinmoqda. Uning 30 mln. gektarga yaqin umumiy maydonidan 11,4 mln. gektari sur qo‘ng‘ir tusli tuproqlarga, 13 mln. gektaridan ko‘prog‘i qumlar va qumli tuproqlarga, qolgan qismi esa o‘tloq-taqir tuproqlar, taqirlar, taqirli tuproqlar va sho‘rxoklarga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonning relyefi og‘ir tog‘ jigarrang va och qo‘ng‘ir-o‘tloq-dasht tuproqlari maydoni 2,2 mln. gektardan oshiqroq. Bunda mavsumiy chorva yaylovi va o‘rmonli xo‘jaligida foydalanilmoqda.
Tog‘ tog‘ jigarrang tuproqlaridan dehqonchilikda foydalanish imkoniyatlari katta (832 ming gektardan 317,8 ming gektari lalmikor ekinlar bilan band).
Jigarrang tuproqlardan yuqori joylashgan och qo‘ng‘ir o‘tloqi-dasht tuproqlari (784 ming ga) asosan chorva mollari boqiladigan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.
Tog‘ tuproqlaridan meva bog‘lari tashkil etish va uzumchilikda foydalanish yuqori samara beradi.
Respublika bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishdagi jami yerlar 44,4 mln. gektarni tashkil etib, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4,3 mln. gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,7 foizini tashkil etadi, qixolos. O‘zbekiston Respublikasi yer fondidagi 8 ta toifaga foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan tuproqlarni qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun 20,5 mml.ga (umumiy foydalanishdagi yer fondiga nisbatan 46,1%) va o‘rmon fondi yerlari 9,7 mln.ga (21,6. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jami sug‘oriladigan tuproqning qariyb 49 foizi turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, uning qariyb 18 % kuchli va o‘rta darajada sho‘rlangan yerlardir, 23 foizdan ortig‘i esa boniteti past yerlar toifasiga kiradi.
Meliorativ holati qoniqarsiz yerlarning katta qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Tuproqni muhofaza qilish eng avvalo, tuproq degradasiyasining oldini olish, uning biologik xilma-xilligi, fizikaviy-kimyoviy tarkibi, tuzilishi va qayta tiklashdan iboratdir. Bu o‘z navbatida, yer qonunchiligida tabiat obyekti sifatida – tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirgan holda, undan tabiat resursi sifatida oqilona foydalanishni tartibga soluvchi huquq normalarini yanada takomillashtirib borish zaruratini tug‘diradi. Shuning uchun ham tuproqni, uning unumdorligini muhofaza qilishni alohida “Tuproq unumdorligi to‘g‘risidagi” qonun bilan mustahkamlab qo‘yish o‘ta dolzarb masaladir.
Respublika yer fondining samaradorligini oshirish uchun undan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda muhofazalashda yerlarni taqsimlash, tabiiy landshaftlarni saqlash va yaxshilash, buzilgan yerlarni qayta tiklash, mahsuldorligi past yerlarni tuproqlash, yerlarni eroziyadan, tuzlardan, ikkilamchi sho‘rlanishdan, cho‘lga aylanishidan asrash, ularning mahsuldorligiga ta’sir etuvchi boshqa salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha majmuiy va izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqish tuproqshunoslik fani oldidagi eng dolzarb masallalardan hisoblanadi.
Hozirgi kunda respublikamiz uchun tuproqlar unumdorligini saqlash, muhofaza qilish va udan samarali foydalanishning eng ustivor vazifalar quyidagilar:

  • sug‘oriladigan tuproqlarning sho‘rlanishining oldini olish va sho‘rlangan tuproqlarni esa meliorasiya qilish usullarini aniq tuproq sharoitlariga moslashtirgan holda takomillashtirish;

  • tuproq eroziyasi va deflyasiyasiga qarshi kurashning zamonaviy texnologik usullarini qo‘llash;

  • har-bir dalaning (texnologik uchastkaning) unumdorlik pasportini amaliyotga kiritish, real holat va tavsiya etiladigan tuproq unumdorligini oshirishga imkoniyat yaratuvchi chora-tadbirlar har bir yer uchastkasi uchun ishlab chiqish;

  • tuproq himoya qilinadigan dehqonchilik tizimini yuritish, tuproqqa ishlov berish va sug‘orish tartibotlari bo‘yicha mavjud tavsiya va tadbirlarni tuproq sharoitlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirish;

  • tuproqlarni organik moddalar bilan boyitish va ularning kimyoviy, fizik, agrokimyoviy, ekologik va meliorativ holatlarini yaxshilashning yangi samarador usullarini ishlab chiqish;

  • tuproq kartalarini va agrokimyoviy kartogrammalarni tuzish;

  • maxsus yoki umumiy tuproq karta va kartogrammalarni tuzishda zamonoviy GIS texnologiyalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

  • tuproqlarning o‘simliklar oziqa elementlari bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda, maxalliy mineral xom-ashyo resurslaridan keng foydalanish, organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘g‘itlash tizimlarini takomillashtirish;

  • sug‘orma dexqonchilikda tuproqlar xossa va xususiyatlarini yaxshilash, ekiladigan g‘o‘za, donli va boshqa ekinlar hosildorligini oshirish uchun ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, noan’anaviy o‘g‘itlar-agrorudalarni (bentonit, glaukonit, vermikulit, daryo yotqiziqlari, ko‘mir konlari qoldiqlari), nisbatan arzon organo-mineral o‘g‘itlar va ular asosida tayyorlangan kompostlarni, tarkibida oziqa elementi bilgan xomashyo va chiqindilardan fosforit, fosfogips kabilarni qo‘llash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.

Sanab o‘tilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish tuproq degradasiyasining oldini olish, unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish hamda muhofazalashga imkon yaratadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin