Tasniflashda inobatga olinadigan tuproqlarning o‘ziga xos tomonlari
Arktika
Entisollar
Tuproq qoplamining kompleksliligi, tuproq qatlamlarining yuqaligi va differensiasiyalashmaganligi, skletlanganligi, sozga aylanmaganligi, kesmaning yuqori qatlamlarida temirning kriogenli to‘planishi va ishqorsizlanishning kuchsizligi va h.k.
Inseptisollar
Arktika cho‘l
Arktika tipik gumusli va h.k.
Tundra gley
Tundra gleyli poligonal
Tuproq genezisida dog‘ xosil bo‘lishi, tuproq yuzasining shishib do‘ppayishi, kesmada yoriqlarning hosil bo‘lishi, loyqa va mineral komponentlarning profil bo‘ylab kuchsiz differensiasiyalanishi va h.k.
Tuproqlarning ustki qismida kuchli harakatchan, nordon dag‘al gumus va amorf temir gidroksidining to‘planishi, temirning qatlamlar bo‘yicha kriogen migrasiyasi va sozga aylanishi, teksotropiya, ya’ni tuproqning gsernam holatda suyulanib ketishi va h.k.
Arktika mintaqasi tuproqlari. YE.I.Ivanova tomonidan 1956 yilda kiritilgan. Shimoliy Muz okeanidagi orollarda o‘tkazilgan tadqiqot ishlarining natijalari yuqori Arktika tuproqlarini alohida turlari tarqalgan iqlim zonasiga ajratishga olib keldi.
Arktika tuproqlari hozirgi zamon Amerika klassiifkasiyasiga binoan entisollar va inseptisollar tartibiga kiradi, Kanada klassifikasiyasiga ko‘ra esa kriogen regosollar va kriosollarga kiradi.
Tuprog‘i bor yo‘g‘i 30-40 sm qalinlikda va 1,2-1,5 oygina muz uning yuza qismida erishi tufayli, suv yer yuzasida yig‘ilib qolishi hamda sutka davomida insolyasiya va kuchli shamollar ta’sirida suvning qurishi va qatlamlarning yorilishi kuzatiladi. Tuproq kesmasidagi A va S qatlamlari o‘tuvchi gorizont AS tashkil topadi. Tuproq kesmasining yuqori qismi odatda jigarrang-qo‘ng‘ir, pastki qismi esa qo‘ng‘ir yoki sur rangda bo‘ladi. Strukturasi donador, pastida-kesakli, yuqoridagi qatqaloq (3-4 sm) juda g‘ovak, ayniqsa o‘simliklarsiz dog‘li yalang guruntda chag‘irtoshli yotqiziqlar ustida yirik siniq parchalarning muzlashi evaziga har doim chag‘irtoshlar qatlami mavjud. Tuproqning eriydigan qatlami har doim vertikal yoriqlar bilan bo‘lingan.