Tayga-o‘rmon zonasining tuproqlari- g‘arbdan-sharqqa va shimoldan janubga qarab, nihoyatda katta maydonga cho‘zilib ketganligi sababli, tabiiy sharoitlari ham xilma xil va murakkabdir (8.2.2-jadval).
8.2.2-jadval
Tayga-o‘rmon zonasi tuproqlarining tasniflanishi
Tayga-o‘rmon tuproq mintaqalari
|
Tuproq turlari
|
Tasniflashda inobatga olinadigan tuproqlarning o‘ziga xos tomonlari
|
Podzol
|
Botqoq-podzol
|
O‘rmon o‘simliklari qoldiqlari-ning chirindi kislotalari ta’sirida chirishidan hosil bo‘ladigan o‘ziga xos-spesifik organik kislota ya’ni kren kislotasi ta’sirida yuzaga keladi
|
Gleyli podzol
|
Torf-botqoq
|
Chimli podzol
|
Podzol
|
Madaniy podzol
|
Botqoq
|
Pastqamlikdagi botqoq tuproqlar
|
Suv bosib turadigan maydonlarni o‘t-o‘lanlar,organik qoldiqlarning gumusga asta sekinlik bilan aylanishi va minerallanishi, atmosfera yog‘inlarining miqdori bug‘lanishga nisbatan ko‘pligi, qatlamlarning suv o‘tkazuvchanligi yomon, og‘ir mexanik tarkibli ona jinslarning yer osti sizot suvlari yaqinligi orqali botqoqlanish sodir bo‘ladi.
|
Balandlikdagi botqoq tuproqlar
|
Tayga-o‘rmon zonasining tuproqlarining tabiiy sharoitining xilma-xilligi va daraxtsimon, o‘tsimon, lishaynik-moxli o‘simliklar formasiyasining tarqalganligi uch tipdagi tuproq paydo qiluvchi podzol, chimli va botqoqli jarayonning rivojlanishiga olib kelgan. Zonaning asosiy tuproq turlari – podzol va madaniy podzol, chimli-podzol, chimli karbonatli, chimli-gley, torf-botqoq va botqoq-podzol kabi tuproq tiplaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: |