9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Tuproq turi- tuproq oilasining tuproq hosil bo‘lish jarayoni darajasiga ko‘ra tuproq oilasi ichida ajratiladigan taksonomik birlik. Tuproq turchasi



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə17/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Tuproq turi- tuproq oilasining tuproq hosil bo‘lish jarayoni darajasiga ko‘ra tuproq oilasi ichida ajratiladigan taksonomik birlik.
Tuproq turchasi- yoki kichik turi yo‘ldosh jarayonlarniig rivojlanish darajasiga ko‘ra tuproq turi ichida ajratiladigan taksonomik birlik.
Tuproq xili- tuproq turchasining mexanik tarkibining xilma xilligiga qarab ajratiladigan taksonomik birlik.
Tuproq turkumi- jinslarning genetik yoki litologik holatiga ko‘ra tuproq xilida ajratiladigan taksonomik birlik.
Tuproq turkumchasi- tuproqning suv va shamol eroziyasiga uchraganligiga ko‘ra tuproq turkumi ichida ajratiladigan taksonomik birlik.
Yuqorida keltirilgan tuproq nomenklaturasi Sobiq Ittifoq miqyosida, jumladan O‘zbekistonda ham qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro tuproq nomeklaturasiga yaqin keladi.
Tuproq diagnostikasi (grekchada diagnostikos - aniqlash imkoni)-muayyan maqsadda tuproqni holatini kompleks baholash yoki ta’riflash. Tuproq diagnostikasi ilk bor V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari ishlarida shakllangan bo‘lib, u:

  • tuproq kesmasini tasvirlash yoki ta’riflash,

  • tuproqning morfologik, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik, agronomik xossalarini aniqlash va unga kompleks ravishda baho berish;

  • tuproq hosil qiluvchi geografik yoki joy omillarining bog‘liqligini inobatga olish

  • tuproq paydo bo‘lishi, tarixiy rivojlanishi, joyning geologik tarixi inobatga olinadi.

Shunday qilib, tuproq tasniflagichi bizlar uchun dunyo tuproqlarining o‘xshash va o‘ziga xos jihatlarini muayyan qonuniyatlar asosida farqlab berish imkoniyatini ochib beradi. U xalqaro, reginal va milliy miqyosda turoq unumdorligi va hosildorligini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning optimal chora-tadbirlarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi.
Dunyo miqyosida xalqaro tasniflanishdan foydalaniladi. Ularga 1974 yilda qabul qilingan FAO-YUNESKO, 1998 yil – Tuproq rusurslari jahon korrelyativ bazasi (30 tuproq guruhlarini o‘z ichiga qamrab olgan 1- WRB); 2006 yil — Tuproq rusurslari jahon korrelyativ bazasi (32 tuproq guruhlarini o‘z ichiga qamrab olgan 2-WRB) kiradi.
Xalqaro tasniflashda tuproq turlarini nomlashda rus, lotin va grek tilidagi kelib chiqishi inobatga olinadi va ularga xafli kodlar beriladi. xalqaro miqyosda tuproqlarni tasniflashda uning:

Biz ham quyida tuproqlarning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olish va ularni tasniflashda mazkur ko‘rsatgichlarga e’tiborimizni qaratamiz.



Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin