9.4.2-rasm.Tuproqni muhofaza etish vositalari. Atrof-muhitning og‘ir metallar bilan ifloslanishi biosferada organizmlar mutanosibligini buzib, har xil salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoda. Natijada tuproqda mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlarning yo‘nalishi va intensivligi o‘zgaradi hamda tuproq unumdorligi, fermentlarning faoliyati va tuproqda havo almashinuvi pasayadi. Tuproqda kadmiy, qo‘rg‘oshin, simob, rux, nikel kabi og‘ir metallarning ko‘payishi o‘simliklardagi fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, undagi azot almashinuvi buziladi, o‘simliklar xloroz kasalligiga chalinadi, bargida qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘lib, poyasi qiyshayadi.
Og‘ir metallar ko‘pgina pestisid va fungisidlarda, shuningdek o‘g‘it sifatida ishlatiladigan “oqova suv ili”da ko‘p bo‘ladi. Qayta ishlanmagan oqava suvlar cho‘kmasidan o‘g‘it sifatida foydalanishdan oldin uning tarkibidagi og‘ir metallar borligini aniqlash, cho‘kmalarning (quruq modda hisobiga) har kilogrammida qo‘rg‘oshin 1200 mg, kadmiy-20, xrom -1200, mis-1200, nikel-200, simob-25 va rux-3000 mg dan oshmagan holda o‘g‘it sifatida hosiliga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etmaydigan madaniy o‘simliklarga ishlatish tavsiya etiladi.
Xullas, fan-texnika taraqqiyoti sharoitida inson-tuproq o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirish o‘ta dozlarb muammolardan biridir.
Qaytarish uchun savol va topshiriqlar
Tabiat qonuni bilan qonuniyatining nima farqi bor?
Tuproqlarni tarqalish qonunlarini aytib bering!
Zonal qonuniyat nima?
Azonallikchi?
Yer resurslari va dehqonchilikni rivojlantirishdagi muammolar nimalada namoyon bo‘ladi?
Sariq va qizil tuproq tiplarining umumiy va xususiy tomonlarini aytib o‘ting!
Shimoliy yarim shar bilan janubiy yarim shar tuproqlarining o‘xshash joylarini sanab o‘ting!
O‘zbekiston tuproq resurslari, ularning holati va muammolarini ta’riflang?