Tuproq taksonomiyasi ( grekchada "taxis" – ketma ket joylash, "nomos" esa qonun)-, ya’ni tuproqlarni muayyan ketma-ketlikda joylashtirish qonuniyati yoki qoidasi demakdir (8.1.1-rasm)
10.1.1-rasm.Tuproq taksonomiyasi Hozirgi zamon tuproq taksonomiyasiga V.V.Dokuchayev asos solgan bo‘lib, u tuproq tipi va uning hosil bo‘lish jarayoniga asoslangan.
Tuproq tipi-o‘ziga xos tasnifiy ko‘rsatgichlar: organik moddalarning tuproqqa tushishi va chirishi, mineral moddalarning tuproqda parchalanishi va organo-mineral yaralmalarning hosil bo‘lishi, uning moddalar migrasiyasi va akkumulyasiyasi, tuproq kesmasining morfologik o‘xshashligi, tuproq unumdorligini oshirish yo‘llarining yaqinligi kabi o‘xshash belgilari asosida ajratiladigan tuproq guruhi. U tuproq klassifikasiyasi tizimidagi tayanch taksonomik birlikdir. Huddi geografiya landshaft qanday tayan birlik deb qaralsa, tuproqshunoslikda tip huddi ana shunday vazifani o‘taydi. Tuproq tipi undan katta biliklarga birlashtirilishi yoki undan kichik birliklarga ajratilishi mumkin.lari mayda birliklarga bo‘linadi va kattaroq birliklarga umumlashadi. Tuproq tipi universal ko‘rinishga ega bo‘lib, Rossiyada - "tip pochvi"; Fransiyada - "gruppe du sol",AQSH va Kanadada - "greit soil group", Germaniyada - "Bodentip", FAO/YUNESKO bo‘yicha - "soil unit", deb nomlanadi.
Tuproq tipining asosiy belgilari yoki indikatorlari sifatiga:
organik moddalar va ularning tarkibiy qismining o‘xshashligi;
massaning parchalanishi va organo-mineral yangi yaralmalarning sintezidagi o‘xshashlik;
moddalar migrasiyasi (ko‘chishi) va akkumulyasiyasining (to‘planishi) o‘xshashligi;
tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar birxilligi kiradi.
Tuproq tipchasi- tuproq tipini ajratishda inobatga olinadigan bir yoki bir necha ko‘rsatgichlariga qarab tip ichida ajratiladigan taksonomik birlik.
Tuproq oilasi- tuproq tipchasining tuproq hosil qiluvchi jinslar, sizot suvlarining holati va tuproq hosil qiluvchi substratning relikt (o‘tmishdan qolgan) belgilariga qarab tuproq tipchasi ichida ajratiladigan taksonomik birlik.