9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Tundra gleyli mintaqadagi tuproqlar



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə20/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Tundra gleyli mintaqadagi tuproqlar- qisqa va sovuq vegetasiya sharoitida, buta-lishaynik-moxlardan iborat o‘simliklar qoplami ostida ko‘p yillik muzloq, ko‘pincha qumoq yotqiziqlar ustida shakllangan, gleylanish O(T)-(A)-(Vg)-G tipdagi kesmasi bilan xarakterlanadigan tuproqlardir.
Tundrada o‘simlik xazonlar zaxirasining ko‘pligi tufayli yerga tushgan qoldiqlarning minerallashuvining sustligi, bakteriyalarga kambag‘alligi, tuproq haroratining pastligidan kelib chiqadi.
Tundra mintaqasida tundra gleyli poligonal tuproq; botqoq gleyli; botqoq-torf gleyli; chimli o‘tloq-podzol gleyli; torfli podzol gleyli tuproqlar uchraydi. Tundra mintaqasida tundra gleyli tuproqlar zonal tipdagi keng tarqalgan turiga kiradi.Tundra gleyli tuproqlar 4 tipchaga bo‘linadi: tundra kuchsiz gleyli gumusli; tundra gleyli chirindili; tundra gleyli torfli; tundra gleyli podzollashgan.
Muzloq tayga zonasi tuproqlari- qumoq mexanik tarkibli ko‘p yillik muzloq jinslar ustida sovuq iqlim sharoitda ekstrakontinental sharoitda igna bargli taygada shakllangan och tusli kesmasi bilan xarakterlanadi. Muzloq tayga tuproqlari ustki qismida kuchli harakatchan nordon dag‘al gumus va amorf temirning gidroksidi to‘planadi; bularda temirning kriogen migrasiyasi, sozga aylanish, teksotropiya (tuproqning sernam holatda suyulib ketuvchanligi) jarayonlari mavjud.
Muzloq-tayga zonasi tuproqlarining genezisi, xossalari va ishlab chiqarish sifatiga ularni kriozemlar deb atash rus olimi YE.M.Naumov tomonidan tavsiya etilgan. Muzloq tayga tuproqlari hali kam o‘rganilgan va ularning tasniflanishi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Hozircha ularni 3 tipga - muzloq-tayga gleyli, muzloq-tayga neogleyli (I.A. Sokolov), muzloq sarg‘ish-malla tuproqlarga (YE.N.Ivanova, I.A.Sokolov, R.M.Bistryakov) ajratilmoqda.
Muzloq–tayga gleyli zonadagi tuproqlar- yuzasida siyrak o‘rmon to‘shamasiga ega, uning pastida esa – gleylashgan sur-ko‘kimtir gorizont, qaysiki tusining o‘zgarishisiz muzloq gorizontga o‘tadi. Tuproqlar yarimgidromorf, podzollashmagan yoki kuchsiz podzollashgan, nordon (karbonatli jinslarda-kuchsiz ishqorli), yozda 50-100 sm gacha eriydi.
Qumoq va soz tarkibli muzloq-tayga tuproqlarning eng sezilarli xususiyati kriogenli hodisalar ta’sirida tuproq massasining aralashuvi va ularning tiksotropligi, biologik faolligining kuchsizligi va unumdorligining pastligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin