9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Chala cho‘l mintaqasidagi qo‘ng‘ir tusli tuproqlar-



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə28/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Chala cho‘l mintaqasidagi qo‘ng‘ir tusli tuproqlar- juda quruq va kontenental iqlim sharoitida rivojlanib, relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari tekisliklar, qir-adirlar va past tog‘lardan iborat. o‘simliklar juda siyrak va yer yuzasining 30-40 foizini qoplagan.
Chala cho‘llardagi tuproqlarning kelib chiqishi va geografik tarqalishi haqidagi masalalar V.V.Dokuchayev, N.B.Sibirsev, N,A.Dimo, N.I.Bazilevich, V.A.Nosin va boshqa tadqiqotchilarning ishlarida o‘z aksini topgan.
Organik moddalar minerallanishi va nurash jarayonlari natijasida hosil bo‘ladigan natriy birikmalari, uncha chuqurga qadarli yuvilmaydi. Natijada natriyning tuproq singdirish kompleksiga o‘tishi uchun sharoit yaratilib, tuproqning sho‘rtoblanish jarayoni kuchayadi. Sho‘rtoblanish ana shu tuproqlarning zonal xususiyatlaridan biri bo‘lib, bunga dastlab V.V.Dokuchayev e’tibor beradi va o‘z klassifikasiyasida alohida qo‘ng‘ir – sho‘rtoblarni ajratgan. Bu tuproqlar o‘zining karbonatlardan va suvda oson eruvchi tuzlar hamda gipsdan kam yuvilganligi bilan xarakterlanadi.
Gumus miqdori mexanik tarkibiga ko‘ra tuproqning yuqori qatlamlarida 1-2,5 foizgacha, qumloq va qumli tuproqlarda 0,4 –1 foiz atrofida bo‘ladi. Gumusning umumiy zahirasi tuproqning 0,5 m qatlamida 30-40 dan 70-100 t/ga ni tashkil etadi. Bu tuproqlarning gumusi ancha harakatchan. Gumin kislotasi bilan fulvokislotadagi uglerod nisbati 1 dan kam (0,4-0,7). Gumusning oz bo‘lishi va uning tarkibida fulvokislotalarning ko‘pligi sababli, tuproq kam strukturalidir. Umumiy azot tuproqning yuqori gorizontlarida 0,11-0,18 foiz yoki 4-7 t/ga . Umumiy fosfor 0,06-0,2 foiz. Harakatchan fosfor ham juda kam. (100 g tuproqda 10 mg dan oshmaydi). Kaliy 1,5-2 foiz bo‘lib, harakatchan xili ancha ko‘proq.
Tuproqning singdirish sig‘imi qumli va qumloqlarning 100 g da 3-10 mg ekv, qumoq va soz tuproqlarda 14-25 mg/ekv. ni tashkil etadi (8.2.5-jadval). Singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy (60-80) va magniy (20-35 foiz) asosiy rol o‘ynaydi. Sho‘rtoblangan qo‘ng‘ir tusli tuproqlarda singdirilgan natriy ko‘payib, umumiy sig‘imiga nisbatan 10-15 foiz va undan oshadi. Bu tuproqlar kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega (rN 7,5-8,5) bo‘lib, karbonatli va sho‘rtobsimon gorizontlarda ishqoriylik ancha yuqori.


8.2.5- jadval

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin