Quruq dasht zonasining kashtan tuproqlar-quruq va nisbatan issiq iqlimli sharoitda rivojlanib, yozi quruq va uzoq davom etadi, qishi sovuq. Zonadagi ona jinslar asosan karbonatli va sho‘rlangan jinslar ustida hosil bo‘lganligi sababli, bu yerdagi tuproqlar ko‘pincha kompleks xarakterga ega. Kashtan tuproqlar quruq dasht zonasidagi siyrak, past bo‘yli o‘tsimon o‘simliklar ta’sirida shakllanadi. O‘simlik qoplami odatda yer yuzasining 50-70 foizini tashkil etadi.
Kashtan tuproqlar 3 tipchaga bo‘linadi (8.2.4-jadval): to‘q tusli kashtan tuproq, gumus 4-5 foiz va gumusli gorizont (A+V) qalinligi 35-45 sm, kashtan – gumus 3-4 foiz, A+V gorizonti 30-40 sm, och tusli kashtan tuproq – gumus 2-3 foiz, A+V goriznoti qalinligi 25-30 sm ni tashkil etadi. Tuproqlarda karbonatli gorizontning yaqin joylashuvi va sho‘rtoblanish alomatlari to‘q tusli kashtandan och tusli kashtan tuproqlari zonachasiga borgan sayin oshib boradi.
8.2.4-jadval
Shimoliy yarim shar quruq dasht zonasi tuproqlarining tasniflanishi
Dasht tuproq mintaqalari
|
Kashtan tuproq turlari
|
Tasniflashda inobatga olinadigan tuproqlarning o‘ziga xos tomonlari
|
Shimoliy
|
To‘q tusli
|
Karbonatli va sho‘rlanganlik darajasi, A+V tuproq kesmasi qatlamlarining morfomet-riyasi.
|
Madaniylashgan to‘q tusli
|
Tipik
|
Madaniylashgan tipik
|
Janubiy
|
Och tusli
|
Madaniylashgan os tusli
|
Kashtan tuproqlarda gumus 3-4, azot 0,15-0,25, fosfor 0,1-0,2 foiz bo‘ladi. 100 g tuproqda singdirish sig‘imi 20-30 mg/ekv dan oshadi. Sho‘rtoblanish darajasiga ko‘ra singdirilgan natriy miqdori turlicha.
Och tusli kashtan tuproqlarda gumus 2-3, azot 0,15-0,20, fosfor 0,08-0,20 foiz. Singdirish sig‘imi 100 g tuproqda 15-25 mg. Singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy va magniy kationlari ko‘proq. Suvli so‘rim reaksiyasi kam ishqoriy va tuproqning yuqori qismida rN 7,2-7,5 sm, pastda esa rN 8 gacha bo‘ladi. To‘q tusli kashtan tuproqlarning suv – fizik xossalari ancha qulay bo‘lib tuproqning yuqori qatlamida zichlik kam (1,20 g/sm3), umumiy kovaklik yuqori (55-56 %). Ammo sho‘rtoblangan va zichlangan tuproqlarda fizik xossalari ancha noqulay bo‘ladi. Ayniqsa karbonatli gorizontning zichligi yuqori(1,5 –1,7 g/sm3).
Zonachalar bo‘yicha olinganda to‘q tusli kashtan va kashtan tuproqlardagi yerlardan foydalanish strukturasi quyidagicha: haydaladigan yerlar 30,9 (21 mln.ga), pichanzorlar 4,4, yaylovlar 51,5, yaroqsiz yerlar 13,2 foizni tashkil etadi. Qo‘riq yerlar o‘zlashtirilgunga qadar bu zonada haydaladigan yerlar juda kam edi.
Dostları ilə paylaş: |