9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə23/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Botqoqli tuproqlar- kelib chiqishi asosan ikki yo‘l bilan: suv havzalarining torf bosishi va quruqliklarning botqoqlanishi natijasida ro‘y beradi. Ko‘llar, sun’iy suv havzalari, daryolarning suv bosib turadigan maydonlarining o‘t-o‘lanlar bilan egallanishi natijasida torf hosil bo‘ladi. Organik qoldiqlarning gumusga aylanishi va minerallanishi ham torf hosil qiladi. Tabiiy torflar 95 foizgacha nam saqlaydi. Shuning uchun ham unda havo yetishmasligidan turli elementlar (temir, marganes singari) ning qaytarilishi yuzaga kelib, botqoqli tuproqlarda gleylanish (berchlanish) jarayoni rivojlanadi Torf qatlam qalinligi ba’zan 10 m dan ham ortiq bo‘ladi.
Tayga-o‘rmon zonasida atmosfera yog‘inlarining miqdori bug‘lanishga nisbatan ko‘p bo‘lganidan, botqoqlanish jarayoni ketadi. Unda suv o‘tkazuvchanligi og‘ir mexanik tarkibli ona jinslari bo‘lgan pastqam relyefli joylarda atmosfera yog‘inlari to‘planib, yerlar botqoqlanadi. Bu jarayon shuningdek, yer osti sizot suvlari yaqin bo‘lganda ham ro‘y beradi. Shunday qilib, botqoqlanish jarayoni natijasida hosil bo‘ladigan botqoq tuproqlarning yuzasida torf to‘planib, uning mineral qismida gleylanish (berchlanish) yuzaga keladi va ular joylashgan joyiga qarab ko‘ra pastlik yerlardagi botqoqliklar va balandliklardagi botqoqliklar ajratiladi.
O‘rmon-dasht va dasht zonasining qora tuproqlar- kelib chiqishi haqidagi dastlabki nazariya M.V.Lomonosovning "Yer qatlamlari haqida" (1763) asarida aks etgan bo‘lib, unda olim qora tuproqlar birinchi materiya bo‘lmay, balki o‘simlik va hayvonot organizmlari qoldiqlarining vaqt o‘tishi bilan chirishidan hosil bo‘lgan tabiiy jism deb ta’riflaydi.
Qora tuproqlarning quruqlikdagi o‘simliklardan kelib chiqishi haqidagi nazariya M. V. Lomonosov (1763), R. German (1836), F. I.Ruprext(1866), P.A. Kostichev, V.V. Dokuchayev va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. P.A.Kostichev o‘zining “Rossiya qora tuproqli viloyatlarining tuproqlari” (1886) asarida qora tuproqlardagi chirindining to‘planishida o‘t o‘simliklari ildiz tizimining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Qora tuproqli dashtlarda o‘simliklar ostida qoladigan moddalarning biologik aylanishiga doir to‘plangan hozirgi zamon materiallari qora tuproqlarning hosil bo‘lish mohiyatini to‘liqroq tushunish imkonini beradi.
Qora tuproqli dashtlardagi tabiiy o‘simliklar har yili yerda ko‘plab organik massa qoldiradi.Uning umumiy miqdori 100 -200 s/ga, yoki biomassaning 40-60 foizini tashkil etadi. Yerga tushadigan va to‘planadigan organik qoldiqlarning 40-60 foizi o‘simliklarning ildizlaridan iborat. Yer yuzasida va ildizlar hisobida to‘planadigan organik massa tarkibidagi kul moddalari o‘tloq-dasht o‘simliklarida ko‘p bo‘lib, 7-8, igna bargli o‘rmonlarda esa 0,7-1,7 va yaproqlik o‘rmonlarda 1,6-7,5 foizni tashkil etadi (Bazilevich, 1962). Shuningdek, o‘tloq - dasht o‘simliklarining qoldiqlarida azot miqdori ham eng ko‘p (1-1,4 foiz) bo‘ladi.
O‘simlik qoldiqlarining chirib, parchalanishi va gumusga aylanishi ham ishqoriy reaksiyada, havo yaxshi kirib turadigan, namlik mo‘tadil, o‘simlik qoldiqlari oqsilli azot moddalar va asoslar bilan boyigan sharoitda kechadi. Tuproqda to‘planadigan gumus miqdori, gumus qatlamining qalinligi, karbonatlarning to‘planishi, tuproqdagi namlik, suv va issiqlik rejimlarining shakllanishida tabiiy sharoitlari muhim rol o‘ynaydi.
Qora tuproqlarning hosil bo‘lishidagi zonal va fassial xususiyatlariga ko‘ra tuproqlar asosiy belgilarining ifodalanish darajasi ham qonuniy ravishda o‘zgaradi. Jumladan, haydalma qatlamning strukturasi ancha buziladi, gumus va azot qisman kamayadi. qishloq xo‘jaligida yerlardan foydalanishning birinchi yilida bu oziqa moddalar kamayishining miqdori ko‘proq bo‘ladi, keyinchalik gumus miqdori, nisbatan barqarorlashadi.
Mahalliy, organik o‘g‘itlardan muntazam va samarali foydalanish gumus miqdori kamayishining oldini olish imkonini beradi.
Qora tuproqlarni har toionlama o‘rganish natijasida to‘plangan materiallar hozir qora tuproqlar tipini quyidagi tipchalarga va avlodlarga bo‘lish imkonini beradi. Hozirda qora tuproqlar tipi o‘z navbatida 5 ta tipchaga bo‘lnadi: podzollashgan qora tuproq; ishqorsizlangan qora tuproq; tipik qora tuproq; oddiy qora tuproq; janubiy qora tuproq (8.2.3-jadval).


8.2.3-jadval

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin