9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


O‘rmon qo‘ng‘ir tusli tuproqlar-



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə5/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

O‘rmon qo‘ng‘ir tusli tuproqlar- Yevroosiyoning g‘arbiy qismi, Zarkarpatyening tog‘oldi tekisliklarida, Kaliningrad viloyati, Belorusiya va Litvaning g‘arbida uchraydi. Rossiya Federasiyasi sharqida esa Primorye o‘lkasi tog‘ oralig‘i tekisliklarida, Xabarov o‘lkasi va Amur viloyatining janubiy qismida tarqalgan.
Tekisliklardagi o‘rmon qo‘ng‘ir tusli tuproqlar maydoni taxminan 20 mln. ga.Tog‘ o‘lkalarining o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlari Kavkaz, Qrimda Karpat va Sixote-Alinda tarqalgan.
Q ora tuproqlar -eng unumdor tuproqlar sifatida yurib, u Yevroosiyo va Shimoliy Amerikada dashtlarida ko‘p tarqalgan. Ularning maydoni tekislikda 260 mln. ga yoki umumiy maydonga 1,7%, jumladan 23 mln.ga tog‘ vertikal mintaqalarda tarqalgan.
Yevroosiyo qit’asida u turli qalinlikdagi qora tuproqlar, o‘tloq-qora tuproqlar va madaniylashtirilgan qora tuproqlar kompleksi bilan birga 191 mln.ga maydonda tarqalgan. Yer sayyorasida tarqalgan qora tuproqlarning qariyb 48,4 foizi Sobiq Ittifoqga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari uning tog‘ o‘lkalarida 10,5 mln.ga qora tuproqlar mavjud. Qora tuproqlar o‘rmon sur tusli tuproqlar zonasidan janubroqda tarqalgan bo‘lib, Moldaviya, Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Rossiya Federasiyasining Markaziy viloyatlari, Volga bo‘yi, G‘arbiy Sibirda hamda Sharqiy Qozog‘istonda keng maydonda yastalgan.
Qora tuproqlar egallagan barcha maydonning taxminan 90 foizi ekin ekish uchun yaroqli, 85 foiz maydondan dehqonchilik va chorvachilikda foydalaniladi, 50 foizidan ko‘prog‘i haydaladigan yer, 15,5 foizi pichanzorlar, 0,6 foiz o‘rmon va butazorlardan iborat. Qora tuproqlarda azot va boshqa oziqa moddalar ko‘p hamda fizik va kimyoviy xossalari qulay bo‘lishiga qaramasdan, ba’zan ekinlar hosili past. Bunga sabab tuproqda namning yetarli emasligi, davriy ravishda chang bo‘ronlari va qurg‘oqchilikning takrorlanib turishidadir.
K ashtan tuproqlar- quruq dashtlar uchun zonal hisoblangan bu tuproqlarning maydoni 107,4 mln. ga yoki Sobiq Ittifoq hududining 4,8 foizini tashkil etadi. Kashtan tuproqlar Moldova va Ukrainaning janubi, Sharqiy Kavkaz oldi, O‘rta va Quyi Volga bo‘yi, Qozig‘iston, G‘arbiy Sibirning janubida tarqalgan. Kashtan tuproqlar zonasida sho‘rtoblar, o‘tloq kashtan tuproqlar, sho‘rxoklar va sho‘rtovlar tez-tez uchrab turadi. Sho‘rtobsimon kashtan tuproqlar va sho‘rtoblar kompleksi zonaning 30 foizini tashkil etadi.
Zonaning aksariyat qismi asosan tekislikdan iborat bo‘lib, Volga orti tekisligi, Kaspiy bo‘yi pasttekisligini, To‘rg‘ay va Qozog‘iston qirlarida ham uchraydi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin