9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Eroziyaning tuproq xossalari va o‘simlik hosildorligiga ta’siri



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə85/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

16.2. Eroziyaning tuproq xossalari va o‘simlik hosildorligiga ta’siri
Tayanch so‘z va iboralar: o‘simlik qoplami,tuproqning unumdorligi, suv resurslari, tuproqdagi mikroelementlar, tuproqdagi mikroorganizmlar, fitomassa, gumus, qiyalik, hosil miqdori, tuproq qatlamlari, degradatsiya.
Ma’lumki, suv va shamol eroziyasi global miqyosida eng tez yuz beradigan va ko‘pincha fojeali oqibatlarga olib keladigan buzg‘unchi omillardan hisoblanadi. Aynan tuproq eroziyasi tufayli tuproqning unumdorlik darajasini belgilovchi asosiy xossalariga qattiq zarar yetadi (Dobrovolskiy, 1997).
Yer resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini hal qilishda tuproqlarni eroziyadan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Eroziya ta’sirida tuproqni yuqori unumdor qatlamini yuvilib ketilishidan tashqari bu jaraѐn atrof muhitni ayrim komponentlariga yomon ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa suv resurslariga, suv havzalari, daryo va suv omborlarining suvi keskin loyqalanishi oshadi, qishloq xo‘jalik ekinlariga qo‘llanilgan o‘g‘itlar va boshqa kimѐviy preparatlar yuvilib ketadi.
Eroziyalangan tuproqlarda flora va faunalarning hayot sharoitlari keskin yomonlashadi. Eroziyalangan tuproqlarda ba’zi mikroelementlar miqdorining kamayib ketishi bir qator kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, tuproqni eroziyadan himoya qilish atrof muhitni muhofaza qilish mvammosining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi (Zaslavskiy, 1966, 1983).
Eroziya holatlarining ta’siri ostida biroz yuvilgan, o‘rtacha yuvilgan, kuchli yuvilgan va yuvilib to‘plangan tuproqlar hosil bo‘ladiki, ular tuproq qatlamining qalinligi, gumus, oziqa elementlari (makro- va mikro elementlar) zaxirasi va tarkibi, mikroorganizmlar miqdori va sifati, kimyoviy va fizikaviy xossalari, bioenergetika ko‘rsatkichlari o‘zgarishi tufayli unumdorlik darajalari turlicha ekanligidan dalolat beradi. Shu narsa ma’lumki, irrigatsiya eroziyasi natijasida tuproq yuvilishi har yili gektariga 100-150 tonnagacha va undan ham oshib ketishi mumkin (nishabligi 5 0 dan ko‘proq bo‘lgan qiyamaliklarda gektariga 500 tonnaga qadar boradi). Ana shu tuproq bilan birga gumusning yillik nobudgarchiligi gektariga 500-800 kg, azot-gektariga 100-120 kg, fosfor 75-100 va undan ko‘proq kilogrammni tashkil etishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, eroziya jarayonlari tuproqdagi ekosistemalar biomassasiga foydalanilgan quyosh energiyasi miqdoriga ham ta’sir o‘tkazadi.
Chunonchi, respublikaning bo‘z tuproq yerlaridan nishablikning holati va tuzilishiga qarab to‘plangan energiya zaxirasi gektariga 20-100∙106 kilokalloriyani tashkil etadi. Ayni vaqtda yuvilib to‘plangan tuproq – kuchsiz eroziyalangan – o‘rtacha eroziyalanan – kuchli eroziyalangan tuproqlar qatorida energiya zaxirasi kamayib boradi. Eroziya jaraѐnlari natijasida fitomassada, gumusda va tuproq tarkibidagi mikroblarda yutilgan quѐsh energiyasining 30-50 foizi va undan ko‘prog‘i yo‘qotiladi. Tuproqda sodir bo‘ladigan biologik, biokimѐviy jarayonlarning intensivligi asosan quyosh energiyasining zaxiralari va u sochayotgan nur ko‘rinishining o‘zgarishlari bilan bog‘liq ekanligini e’tiborga olganda eroziya tomonidan ekosistemaga yetkaziladigan zarar miqѐslarini tasavvur etish mumkin (Gafurova, 1995, 2001).
Suv eroziyasidan yo‘q bo‘layotgan azot va fosfor miqdorini ularning ekinlarga solinaѐtgan mineral o‘g‘itlar tarkibidagi miqdori bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, suv eroziyasiga uchragan maydonda har yili solinayotgan azotning 50-70 % va fosforning 20-50 % ko‘p yuvilib ketayotgani ma’lum bo‘ladi, bu esa ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir qilishi shubhasizdir.
L.A.Gafurova, N.B.Raupovaning ishlarida (2004) uchlamchi davr qizg‘ish yotqiziqlarda shakllangan tipik bo‘z tuproqlarda tuproq hosil bo‘lish jaraѐnida hamda tuproq unumdorligida gumusning muhim ahamiyatini o‘rganilgan. Uchlamchi-neogen yotqiziqlarda shakllangan tuproqlarning eroziya holatiga uchrashini hisobga olgan holda, ekologik sharoitlarini tahlil qilib, genetik xususiyatlarini aniqladi; gumus miqdori, zahiralari, tuproqdagi gumus moddalarining tarkibi va ularning eroziya jaraѐnida o‘zgarishi, tuproqlar gumusining guruhiy va fraksiyali tarkibi, ba’zi bir fizik-kimyoviy xossalari va gumus holatlari, eroziyalanish darajasi va qiyalik ekspozitsiyasiga bog‘liq ravishda aniqlangan.
M.Faxrutdinova (1998) tomonidan Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy yon bag‘rida -“Xalq bog‘i” tuproqlari misolida eroziyaga uchragan tog‘ tuproqlarini relyefning turli elementlarida hamda o‘simlik qoplami ostida gumus hosil bo‘lish jaraѐnining qonuniyatlari o‘rganilgan va tog‘ mintaqasi tuproq tiplarining gumus tarkibi bo‘yicha kompleks tavsif berilgan.
N.I.Shadiyeva (2010) tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, Sangzor havzasida tarqalgan eroziyalangan qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan tuproqlarini gumus tarkibi eroziyalanmagan shunday tuproqlarga nisbatan ѐmonligi kuzatildi. YA’ni ularning gumusi tarkibida kam barqaror fulvokislotalari miqdori turg‘un bo‘lgan yuqori molekulyar gumin kislotalaridan ustunligi aniqlandi. Eroziyalanmagan va eroziya natijasida “yig‘ilib to‘plangan” tuproqlarda esa, gumus tarkibidagi gumin kislotalarining ustunlik qilishi kuzatildi. Ma’lumki, gumin kislotalari azotga boy, kalsiy bilan to‘yingan, suvga chidamli agregatlarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, gumusning labil holdagi shakli ham eroziyalanmagan tuproqlarda yuqoriligi aniqlandi. Bu shakldagi gumus moddalari tuproq unumdorligini muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishida ahamiyati katta. Tadqiq etilgan tuproqlarning gumusini guruhiy va fraksiyaviy tarkibiga ko‘ra, eroziyaga uchragan qiyalik tuproqlarida organik modda tarkibidagi gumin kislota miqdori tuproqni yuqori qatlamlaridan pastki qatlamlariga tomon kamayib boradi. Fulvokislotalari aksincha, yuqoridan quyiga tomon kamayib boradi. Fulvokislotalari aksincha, yuqoridan quyiga tomon ortadi. Bu esa, eroziya ta’sirida tuproq gumusining turg‘un shakli-gumin kislotalari barqaror bo‘lmagan fulvokislotalariga nisbatan kamayishi va ularning gumusli holatini yomonlashuvini ko‘rsatadi.
S.M.Mirxoshimov (1963) O‘zbekistonda birinchi bor tuproq eroziyasiga qarshi kurashda ko‘p yillik o‘tlarni ahamiyatini ko‘rsatdi. Eroziyani kattakichikligi ѐnbag‘irlar o‘simlik qoplamini holatiga bog‘liq. Qiyalik yerlarni haydash, tuproq eroziyasini kuchaytiradi, ko‘p yillik o‘tlar ekish esa qiyaliklarda suv oqimini va tuproq yuvilishini 8-10 barobar susaytiradi (Tashpulatov, 1969).
A.A.Adilov (1990) Jizzax viloyatini Baxmal tumanida eroziyalangan to‘q tusli bo‘z tuproqlar ustida izlanishlar olib borgan va bu yerni tuproqlari har xil darajada eroziyalanganligini aniqlagan. U izlanishlarida ko‘p yillik o‘tlar va ularni aralashmasini (beda, esparset, yeja sbornaya) ekish eroziyalangan tuproqlar unumdorligini va ulardan eroziyaga qarshi chidamliligini oshishiga imkon yaratishini isbotlab berdi va bu tuproq eroziyasiga qarshi kurashishda ilmiy asos bo‘lib hisoblanadi.
X.M.Maxsudov ma’lumotlariga asosan, tuproqning yuvilishi, suv oqimining tezligi, qiyalikning qavariq va qavariq botiq maydonlarida faollashadi, qiyalik darajasini 3,5 gradusdan 5 gradusgacha va qiyalik uzunligini 30 metrdan 80 mertgacha oshishida suvni loyqalanishi 3,5 barobar ko‘payadi, qiyalik darajasi yana 1,5 gradusga va uzunlik 40 metrga oshganda loyqalanishi 1,5 barobar ko‘payadi (1989).
Shuningdek, X.M.Maxsudov (1998, 2003) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, eroziyalanmagan to‘q tusli bo‘z tuproqlarning yuqori qatlamlarida gumus 2,3 %, N 0,15-0,18 % tuproq kesmasining pastki qatlamlarida bu ko‘rsatkichlar kamayib borgan. Gumusli qatlam А+В+В2 qalinligi 70-90 sm mexanik tarkibi og‘ir va o‘rta qumoqdir. Karbonatlar 30 smdan soxta mitseliylar ko‘rinishida 65 smdan esa ohak zarrachalari ko‘rinishida namoѐn bo‘ladi. Kam eroziyalangan to‘q tusli bo‘z tuproqlar yuqori qatlamlari 1 % dan ko‘p bo‘lmagan (yuqori qatlamlari 0,1 %) gumus miqdoriga ega. Gumusli qatlam qalinligi esa 30-40sm, tuproqni yuqori qatlamlari karbonat hosilalari bilan qoplangan. Uningcha eroziya natijasida «yig‘ilib to‘plangan» tuproqlar gumus miqdorini ko‘payganligi va gumusli qatlamni qalinligini 100 smga oshganligi azotga boy va karbonatlar miqdori 60-80sm va undan chuqurroqda kuzatiladi.
Eroziyaning qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligiga ta’siri g‘oyat kattadir. X.Maxsudovning ko‘p yillik tadqiqotlarida yuvilgan tuproqlarda g‘o‘za o‘simligi bosh poyasining balandligi yuvilmagan tuproqlardagiga nisbatan past bo‘lishi, yuvib to‘plangan tuproqlarda esa bo‘yi yana ham baland bo‘lishi kuzatilgan. Yuvilgan tuproqlarda gul, g‘uncha va ko‘saklar soni eng kam, hosil nishonalarining to‘kilishi esa eng ko‘pni tashkil etdi. Paxta hosildorligi ham mana shu xususiyatlarga muvofiq shakllanadi.
Eroziya natijasida o‘simliklarni oziqa rejimi, tuproqni fizik xossalari ѐmonlashadi, tuproqda nam zahiralari kamayadi. Shuningdek kuchli eroziyalangan tuproqlar qishloq xo‘jalik ekinlarining 1 gr. quruq hosilini olish uchun eroziyalanmagan tuproqlarga nisbatan ko‘p nam sarf qiladi, nam to‘plash qobiliyati esa, eroziyalanmagan tuproqlardagiga nisbatan kam (Gussak, 1959). Eroziyalangan tuproqlarda hosil pasayishini ana shunday qonuniyati Q.U.Usmonov, A.A.Adilov, M.Yunusov, X..X.Yusupov va S.S.Rustamovni Jizzax viloyatining bo‘z tuproqlarida hamda X.M.Maxsudov, Derressa Aberra, G.Mirxaydarova, G.Nabiyeva, G.Djalilova, T.Shamsitdinovlarni Chotqol tog‘ oldi tuproqlarida olib borgan tajribalarida ham shu qonuniyatlar tasdiqlandi. Yuqoridagi mvalliflarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bug‘doy hosildorligini kamayishi bilan bir qatorda 1000 dona urug‘ massasi ham pasayadi.
Deressa Aberra (1991) ilmiy izlanishlarida kuzgi bug‘doy hosildorligi bo‘yicha quyidagicha analogik qonuniyatni kuzatish mumkin: eroziyalanmagan va eroziya natijasida “yig‘ilib to‘plangan” tuproqlarda hosildorlik 15,7-18,3 s/ga bo‘lsa, o‘rtacha va kuchli eroziyalangan yerlarda 10,3- 7,2 s/gani tashkil etadi. Shu sababli tuproq eroziyasiga qarshi kurash lalmi dehqonchilikning asosiy mvammolaridan biridir.
Eroziya hosil miqdorigagina emas, balki tolaning sifatiga ham ta’sir qildi. Tuproq yuvib ketilishining ta’siri ostida bitta ko‘sakning massasi kamaydi, yuvilib to‘plangan tuproqdagi ko‘sak massasi esa oshdi. Tolaning pishiqligi ham xuddi shunday nisbatlarda o‘zgardi. Yuvib ketilgan tuproqda tolaning chiqishi ham past darajada bo‘ldi. Eroziya ta’siri ostida chigitning holati keskin o‘zgarishini qayd etib o‘tish muhimdir. 1000 dona chigit massasi yuvilgan tuproqlarda eng kam, yuvilmagan va yuvilib to‘plangan tuproqlarda esa eng ko‘p bo‘lgan. Degradatsiyaga uchragan yuvilgan tuproqlarda yetishtirilgan paxtaning chigiti ekish uchun yaroqli emas. Irrigatsiya eroziyasi tuproq unumdorligiga o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘lgan ziѐn yetkazibgina qolmay, hosildorlikni pasaytirib yuboradi, bundan tashqari paxta tolasining sifatini ѐmonlashtiradi hamda o‘simliklarni nasliga ham salbiy ta’sir qilib, navning ko‘rsatkichlarini buzilishiga olib keladi. Umuman olganda, eroziya jaraѐni hamma ekinlarga, jumladan, g‘alla, ozuqabop, mevali, sabzavot, poliz ekinlariga va boshqalarga salbiy ta’sir yetkazadi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1mm tuproq qatlamini qayta tiklash uchun o‘simlik qoplami yaxshi bo‘lgan taqdirda 100-200 yildan 1000 yil va undan ham ko‘proq vaqt talab etilishi ma’lum, ya’ni keyingi 70-100 yillar mobaynida yerdan noto‘g‘ri foydalanishi oqibatida keyingi kamida 1000 yillar va hatto 10000 yillar mobaynida tabiat kuchlari bajargan ishlarning natijalari yo‘qqa chiqarilishi mumkin. Shu bois, tuproqni eroziya jaraѐnlaridan muhofaza qilish hozirgi kunning g‘oyat o‘tkir jahonshumul muammosidir.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin