SHo‘r yuvish muddati va usullari. Sizot suv sathi juda chuqur joylashgan paytda sho‘r yuvish eng ma’qul davr hisoblanadi. Bunda suv oz sarf qilingani holda tuproq tuzlardan yaxshiroq tozalanadi va ekish vaqtiga kelib yanada sho‘rsizlanadi.
Sug‘oriladigan yerlarda sho‘r yuvish uchun eng yaxshi vaqt oktabr, noyabr va dekabr oylaridir. Qishda sho‘r yuvish ancha qiyinlashadi, (ayniqsa tuproq natriy sulfat tuzlariga boy bo‘lsa) ko‘pchilik rayonlarda esa bahorda sho‘r yuvishning foydasi kam. Yetarlicha zovurlashtirilmagan va sizot suv sathi yuza joylashgan yerlar kechiktirib yuvilganda tuproq tuzlardan chuqurroq tozalanmaydi, yuvish ta’sirida ko‘tarilgan suv sathi pasayishiga ulgurmaydi, oqibatda tuproqning ustki gorizonti sezilarli darajada qaytadan sho‘rlana boshlaydi. Tuproqqa ishlov berish sifati ѐmonlashadi, natijada ekin siyrak bo‘lib qoladi, ѐmon o‘sadi, kechikib rivojlanadi, olinadigan hosil kamayadi. Shunday qilib, sho‘r yuvish kechiktirilgani sari va u bahorga qoldirilganida sho‘r yuvish samarasi kamaya boradi (Axmedov va b., 2002).
SHo‘r yuvishda asosan tuproqqa suv bostirib yuvish usuli har taraflama qo‘llaniladigan usul bo‘lib qoldi. Bunday usul bilan sho‘r yuvishda uchastka muvaqqat ariqlar ѐrdamida chek(pol)larga bo‘lib chiqiladi. Jo‘yaklarga suv muvaqqat ariqlardan beriladi. SHo‘ri yuviladigan pollar turlicha kattalikda bo‘lishi mumkin. Dalaning yuzi qanchalik yaxshi tekislangan, nishabi qanchalik kichik, suv singdiruvchanligi qanchalik katta, pol maydoni kichik va suv singdiruvchanligi oz bo‘lsa, pol maydoni ham shuncha katta bo‘lishi mumkin.
SHo‘r dog‘larni yuvish va o‘zlashtirish.Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati ѐmon bo‘lgan ba’zi xo‘jaliklardagi sho‘r dog‘lar umumiy ekin maydonlariga nisbatan 20-25 foizni tashkil etadi. Agar dog‘larga qarshi kurash olib borilmasa, u yerlarda tuz to‘planishi va sho‘r dog‘lar yanada ko‘payishi mumkin.
Yassi hamda chuqur dog‘lar ko‘pincha mexnik tarkibi og‘ir, tuzilishi jihatidan zich tuproqlarda uchraydi. Bunday yerlarda ekin unib chiqmaydi, unib chiqqani ham sho‘rhoq o‘tlar orasida quriydi. Bunday sho‘r dog‘li yerlar tekis va ko‘pincha bir metrli qatlami kuchli sho‘rlargan bo‘ladi. Do‘ng dog‘lar asosan mexanik tarkibi o‘rtacha va yengil tuzilishga ega yumshoq tuproqli yerlarda uchraydi. Ularni odatda sho‘rhoq o‘tlar qoplagan bo‘ladi, butunlay suv chiqmaydigan ѐki qiyinchilik bilan chiqadigan baland yerlarga to‘g‘ri keladi. Bunday yerlarda tuzning ko‘p qismi tuproqning ustki gorizontlarida bo‘ladi. Ancha yengil, yumshoq tuproqlardagi do‘ng dog‘lar yer tekislash va sho‘r yuvish yo‘li bilan yuqotiladi.
Tuproq sharoitiga, iqlim ko‘rsatgichlariga ko‘ra mexanik tarkibi yengil va o‘rtacha bo‘lgan dog‘li tuproqlarning 0-100 sm qatlamida 0,10-0,20 va 0,20- 0,30 xlor bo‘lgan, umumiy sho‘r yuvish normasi birinchi hol uchun 3000-5000m3-ga, ikkinchi hol uchun 5000-7000m3-ga, mexanik tarkibi og‘ir va zich tuproqlarni yuvish normasi tegishlicha 4000-7000 va 7000-10000 m3-ga gacha yetadi. Agar dog‘lardan tashqari qolgan maydonlar ham ozgina sho‘rlangan bo‘lsa, unda yer tekislanib, o‘g‘itlanib bo‘lgandan keyin pollarga bo‘linadi. SHo‘r yuvish dog‘lar bor joydan boshlanadi. Ularning sho‘rlanish darajasiga
qarab bir necha marta suv beriladi, undan keyin oxirgi marta barcha maydon bo‘ylab suv quyiladi va yaxshilab yuviladi.
SHo‘r yuvishdan keyin tuproqning sho‘rsizlanishi ko‘pgina omillarga - ѐg‘ingarchilik, havo harorati, shamol ta’siri, tuproq xossalari, yuvilgan maydonlarga agrotexnik qarov va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘ingarchilikning kam bo‘lishi, shamolning tez-tez va qattiq esishi, sizot suv sathining yuza joylashishi hamda uning yetarli darajada oqib keta olmasligi tuproqning qayta sho‘rlanishiga imkon yaratadi. SHo‘r yuvilgandan keyin yer yetilishi bilanoq uni boronalab qo‘yish kerak. Shunda tuproq tez qurib ketmaydi, boronalash sifati yaxshilanadi. Yer boronalanganda o‘t bosib ketmaydi, ekish oldidan ishlov berish sifati yaxshilanadi, sho‘r bosmaydi va ekish vaqtigacha namlik saqlandi.
Sug‘oriladigan unumdor yerlarda sho‘rlanish alomati ko‘rinishi bilanoq, darhol profilaktik sho‘r yuvish suvi berilishi kerak. Kuzgi shudgorlashdan keyin, qish va bahor yog‘inlari tushishidan oldin mahalliy sharoitga ko‘ra 1500-2000 m3 /ga normada suv berilgani ma’qul.