Qishloq xo‘jaligi ekinlarining tuzga chidamliligi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining tuzga chidamliligi deganda tuproqdagi va tuproq eritmasidagi tuzlarning o‘simliklarga nisbatan ularning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun zarar yetkazmaydigan miqdori tushuniladi.
Turli tuproq sharoitlarida o‘suvchi o‘simliklarning tuzga chidamlilik darajasi bir xil emas. Ular bir qator omillarga: o‘simlik turlari va biologik xossalarga, aynan o‘simliklar navi, o‘simliklar ѐshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, oziqa moddalari va namlikka, ayniqsa tuproqdagi organik moddalar miqdoriga bog‘liq. Madaniy o‘simliklar, umuman olganda sho‘rga chidamsiz ѐki kam chidamliligi bilan xarakterlanadi, ular ichida dukkakli ekinlar (mosh, loviya, no‘xat) tuzga juda kam chidamli hisoblanadi. Ayrim o‘simliklar tuzga o‘ta chidamli, masalan, lavlagi (qand lavlagi, osh lavlagi, yem sifatida ishlatiladigan hashaki lavlagi), oq jo‘xori. Nisbatan sho‘rga chidamli ekinlarga paxta, ayniqsa uning ingichka tolali navlari (Gossipium barbadense L) o‘rta tolali navlarga (Gossipium hirsitum L) nisbatan sho‘rga chidamli hisoblanadi.
SHo‘rga chidamlilik o‘simliklarning ѐshiga qarab o‘zgarib turadi. Tuzning o‘simliklarga dastlabki ta’siri, urug‘larning unib chiqishi, nihollarning o‘sishi va vegetatsiyaning boshlanish davrlariga to‘g‘ri keladi.
O‘simliklar uchun nisbatan zararsiz bo‘lgan sulfat tuzlari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda (Farg‘ona vodiysi, Buxoro viloyati) ekinlarning tuzga chidamliligi yuqoriroq, xlor tuzlari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda esa kamroq. O‘simliklarning sho‘rga chidamliligini belgilovchi muhim omil bu – tuproq namligi hisoblanadi. Tuproqlarda tuzlar tarkibining bir xilda bo‘lishiga qaramay, o‘simliklarning tuzga chidamliligi tuproq namining ortib borishi bilan ko‘payadi, chunki bu vaqtda tuproq eritmasining konsentratsiyasi ortadi.
O‘simliklarning tuzga chidamliligi borasida tuproqdagi oziqa moddalarning miqdori ham ahamiyatga ega. Yuqori unumdor tuproqlarda va dalalar organik moddalar bilan o‘g‘itlanganda o‘simliklar tuzlarning salbiy ta’siriga kamroq duchor bo‘ladilar. Biroq, yuqori darajada sho‘rlangan tuproqlarga katta normalarda mineral o‘g‘itlarni bir tomonlama solish foyda keltirmaydi. Aksincha, zarar keltirishi mumkin, chunki buning natijasida tuproq eritmasining yuqori konsentratsiyasi yanada ortib ketishi mumkin(15.2.2-jadval).O‘simliklarning sho‘rga chidamlilik darajasiga ularning o‘sish va rivojlanish davri hamda muhit sharoitlarining ta’siri kattadir. Tuproq sho‘rlanishining mavsumiy tiklanishini takrorlamaslik va barcha dala ekinlaridan, shu jumladan tuzga kam chidamli o‘simliklardan yuqori hosilni ta’minlash uchun xlor ionining miqdori 0,01 % dan katta bo‘lmasligi kerak.