9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə77/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

CO3 SO4 Cl
anionlar esa: CO3 - SO4 - Cl.

Tuzlarning eruvchanligiga va ularning eritmadan cho‘kmaga tushishi suv ushlovchi gruntlar va tuproqlarning xossalariga, jumladan, mexanik tarkibi, suv xossalari, singdirilgan asoslar tarkibi, рН, СО2 karbonatlar va boshqalarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u o‘simliklardagi qator biokimѐviy va fiziologik funksiyalari, ularning suv va oziqlanish rejimlari va ildiz sistemalari holatini buzilishiga olib keladi. Tuzlar ta’sirida fotosintez jaraѐnlari jadalligi, o‘simliklarning nafas olishi pasayadi, modda almashinishi susayadi, organik moddalarning to‘planishi kamayadi. Tuzlarning o‘simliklarga zararli ta’siri urug‘ chigit unib chiqish fazasidan ko‘rina boshlaydi. Tuproq sho‘rlanganligi yuqori darajada bo‘lganda urug‘lar unib chiqishi ancha davrga kechikadi. Urug‘ yaxshi o‘sishi zarur bo‘lgan namlikni o‘zlashtira olmaydi. Shu bois urug‘larning unib chiqish energiyasi kamayadi ѐki urug‘ butunlay unib o‘smaydi. Natijada ekinlarning yakka-dukka o‘sib chiqishi kuzatiladi, o‘simliklarning gektar hisobidagi soni kamayadi, tuproq yuzasida sho‘r dog‘lar paydo bo‘ladi, o‘simliklarning nobud bo‘lishi kuzatiladi.


Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jalik ekinlarining ildizlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuz zaxiralarining katta miqdori ildizlarning pastki qatlamlarga o‘tishini kechiktiradi.
SHo‘rlangan tuproqlarda o‘simliklar tomonidan suv o‘zlashtirilishi sekinlashadi va transpiratsiyaga sarf qiladigan suvning miqdori kamayadi. Tuproqdan o‘simliklarga suv oziqa moddalari bilan ularning ildiz va barglarining so‘rish kuchi ta’siri ostida o‘tiladi. So‘rish kuchi o‘simliklarning hujayra shirasi so‘rish bosimi tufayli sodir bo‘lib, u o‘simliklarda bir xil emas. Masalan, bir qator sabzavot va poliz ekinlari uchun, jumladan bodringlarda so‘rish kuchi bor-yo‘g‘i 2-5 atm., sho‘rlanmagan tuproqlardagi g‘o‘za 10-15 atm., sho‘rlangan tuproqlardagi 15-25 atm. Tuproqlarda yana suv ushlab turuvchi kuchlar mavjud bo‘lib, bu kuchlar katta oraliqda o‘zgarib turadi. U tuproqda qancha tuz ko‘p bo‘lsa, nam kam bo‘lsa, shuncha katta bo‘ladi. SHo‘rlanmagan tuproqlarda namlik 9,4 % bo‘lsa, bu kuch 20 atm. ni va kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda 35 atm. ni va kuchli sho‘rlangan tuproqlarda 143 atm. ni tashkil etadi.
Tuproqning suv ushlab turuvchi kuchi va o‘simliklarning so‘rish kuchi ko‘rsatkichlarining nisbati o‘simliklarning suv bilan ta’minlanishini aniqlaydi. Agar tuzli eritma konsentratsiyasi va tuproq eritmasining so‘rish bosimi yuqori bo‘lsa o‘simliklar suvni o‘zlashtira olmaydi ѐki juda oz miqdorda o‘zlashtiradi. Bunday hollarda tuproqda namlikning bo‘lishiga qaramay o‘simliklarning nobud bo‘lishi (nimjon o‘sishi), ularning o‘sish va rivojlanishini susaytiruvchi “fiziologik quruqlik” sodir bo‘ladi.
SHo‘rlangan tuproqlarda mineral oziqlanishning buzilishi sodir bo‘ladi. Bu holat o‘simliklarning qator muhim oziqa elementlarining yetarli darajada o‘zlashtira olmasliklari (kalsiy, fosfor, marganets, temir) va aksincha zararli elementlarning (xlor, natriy, magniy) ko‘plab o‘zlashtirilishi bilan ifodalanadi. Kuchli sho‘rlangan tuproqlardagi o‘simliklarda xlor miqdori me’ѐridan 3-4 marta, natriy 5-10 marta ortib ketishi mumkin. O‘simliklarda tuzlarning katta miqdorda to‘planishi, ularni tuzlar bilan zaharlanishiga olib keladi.
Тупроқдаги тузларнинг юқори концентрациясидан ўсимликларнинг zaharlanishi asta-sekin ortib boradi, barglarning so‘lishi va nihoyat qurishi boshlanadi. Ko‘p holatlarda barglari sarg‘ayadi, ularda tuzli dog‘lar paydo bo‘ladi. Bunday barglar keyinchalik to‘kilib ketadi. Ayrim hollarda o‘simliklarning jabrlanishi (zaharlanishi) tuzlarning bevosita emas, balki bilvosita ta’siri ostida tuproq fizikaviy xossalarining ѐmonlashuviga va tuproq eritmasidagi ishqoriylikning ortib ketishiga sabab bo‘luvchi tuproqning singdirish kompleksidagi singdirilgan natriydan hosil bo‘lgan soda hisobiga sodir bo‘lishi mumkin.
Tuzlarni o‘simliklarning biokimѐviy va fiziologik jaraѐnlariga hamda tuproqning fizik-kimѐviy xossalariga ko‘rsatadigan zararli ta’siri, oxir oqibatda o‘simliklarning ѐmon o‘sishi, ularning rivojlanish fazalarining kechikishi, unumdorlikning pasayishi va qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining kamayishini belgilaydi.
Ma’lumki, kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda paxta hosildorligi sho‘rlanmagan tuproqlarga qaraganda 10-15, o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda 30-35, kuchli sho‘rlangan tuproqlarda 60-65 % ga va undan ham ortiq kamayadi.
SHo‘rlangan tuproqlar ekinlar hosildorligining nafaqat miqdoriga, balki sifatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning sho‘rlanish darajasini ortib borishi bilan o‘simliklar sifati ѐmonlashib boradi. Jumladan, paxtaning tola uzunligi kamayadi, bir tekislik darajasi ѐmonlashadi va tolaning mustahkamligi (qattiqligi) pasayadi. SHo‘rlangan tuproqlar kartoshka mevasi sifatini ham ѐmonlashtiradi. Lekin shular bilan bir qatorda, ayrim o‘simliklarda tuproq sho‘rlanishining kamroq miqdori mahsulotlar sifatini yaxshilaydi. Masalan, qovunlarda qand moddasi, g‘alla ekinlarida oqsil moddasi ortadi, qand lavlagi, uzum mevalarida qand miqdori ko‘payadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin