9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Allyuvial botqoq-o‘tloqi tuproqlar



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə65/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Allyuvial botqoq-o‘tloqi tuproqlar. Botqoq-o‘tloqli tuproqlar sizot suvi yuzada (0,7-1,2m) bo‘lgan qayir ustki terrasalarining pastlik joylarida tarqalgan. Bu tuproqlarning yuqori qatlami va tuproq ona jinsi o‘tloqli tuproqlarga qaraganda mexanik tarkibining og‘iriligi bilan farq qiladi. Vodiylarning tog‘ osti qismidagi o‘tloqli tuproqlar kabi, botqoq-o‘tloqli tuproqlarning tagida xam shag‘al joylashadi, tog‘lardan uzoqda esa qum-maida zarrachali allyuviy ѐtadi. Och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasida bu tuproqlar odatda sho‘rlangan, tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar mintaqasida esa sho‘rlanmagan. O‘simliklar bu tuproqda o‘tloqli tuproqlardagiga qaraganda yaxshiroq rivojlangan. Doimo sernam bo‘lganidan allyuvial botqoq-o‘tloqli tuproqlarda o‘simlik qoldiqlari ko‘pincha anaerob sharoitda parchalanadi.
Bu esa tuproqlarda gumusning ko‘p bo‘lishi va gleyli qatlamning yuzaroq joylashishini belgilaydi.
Mazkur tuproqlarda o‘tloqlar o‘sib, zich va qalin chim xosil qiladi. qoramtir-kul rang va xatto qora rangga ega bo‘lib, mayda uvoqli tuzilmalidir.
Gumus miqdori chimli qatlamda ko‘p, chim osti qatlamda esa keskin kamayadi. Bu tuproqlarda azot xam, fosfor xam ko‘p, lekin fosfor o‘simliklar kam o‘zlashtira oladigan temir birikmalari (vivianit va boshqalar)da uchraydi. Bu tuproqlarning betida ѐki betiga yaqin qavatida odatda karbonatlar ko‘p bo‘ladi.
Botqoq-o‘tloqli tuproqlarning asosiy qismi dexqonchilikda o‘zlashtirilgan. Paxta, beda, makkajo‘xori ekish, bog‘ va tokzorlar barpo qilish uchun ( 1,-1,5 m) drenajlar qazib bu tuproqlar quritiladi. Sholi ekilganda drenajlar qazilmasa xam bo‘ladi. Botqoq o‘tloqli tuproqlardan uzoq vaqt davomida sug‘orib foydalanilganda yuqori qatlamlarda gumusi kamayib ketadi, tuproq ustki qismining tuzilmasi ѐmonlashadi va ko‘kimtir-kul rang agroirrigatsion qatlam paydo bo‘ladi.
Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqli tuproqlarda mikroorganizmlar ko‘p, lekin o‘tloqli tuproqlardagiga ayniqsa bo‘z tuproqlardagiga qaraganda ularning biologik gumusi 1,5-2,5 % kamdan-kam xollarda 3%ga yetadi. Bu tuproqlarda azot ko‘p, ular nitrifikatsiya qatlamlarida ko‘p bo‘lib, undan pastga esa uning miqdori mexanik tarkibiga ko‘ra o‘zgaradi. Gleyli qatlamlarida fosfor ko‘p bo‘ladi. Botqoq o‘tloqli tuproqlarda xarakatchan fosfor miqdori o‘tloqli tuproqlardagiga qaraganda ancha kam. Shuning uchun bu tuproqlarga fosforli o‘g‘itlar solish yaxshi samara beradi.
Tuproqning xajm og‘irligi yuqori qatlamlardan pastga tomon orta boradi. Shunga ko‘ra, g‘ovaklik tuproqning yuqorisida (62%)dan pastga (49%) kamayadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin