Bu tuproqlar kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega. Tuproqda azot va fosfor yetarli bo‘lmaganligidan tuproqga azotli va fosforli o‘g‘itlar solish barcha ekinlarga katta samara beradi.
Cho‘l mintaqasidagi sug‘oriladigan o‘tloqli tuproqlar ko‘pincha sho‘rlangan. Tuproqning xamma joyda sho‘rlanganligi iqlimning kontinental bo‘lishi, minerallashgan sizot suvlari satxining yuza joylashishi, ularning nixoyatda sekin oqib chiqib ketishi bilan bog‘liq. Sug‘oriladigan o‘tloqli tuproqlar singdirish sig‘imining u qadar katta emasligi va singdirilgan kationlar tarkibida kalsiy va magniyning ko‘pligi bilan xarakterlidir. Bu tuproqlarda sho‘rtoblik alomatlari ko‘rinmaydi.
Sug‘oriladigan o‘tloqli tuproqlar ishlov berilgandan va sug‘orilgandan keyin tuzilmasi quriq yerlarning tuzilmasiga nisbatan ѐmonroq bo‘ladi. Gumusi ko‘p bo‘lganidan yuqori qatlamlarning solishtirma og‘irligi cho‘l avtomorf tuproqlarnikiga qaraganda kichikroq. Sug‘oriladigan tuproqlar qo‘riqdagi o‘tloqli tuproqlarga nisbatan xaydalma tagi qatlam ancha zichlashgan bo‘ladi. Tuproqning g‘ovakligi 42-49% atrofida, xajm og‘irligi pastga tomon orta boradi, g‘ovaklik esa kamayadi.
Shunday qilib, sug‘oriladigan o‘tloqli tuproqlar o‘zining yuqori unumdorligi bilan bo‘z tuproqlarga yaqinlashadi. Bu tuproqlar tarqalgan yerlarda garmsellardan saqlash va meliorativ tadbir sifatida ixota daraxtzorlar tashkil qilish, zovur qazib sho‘rini yuvish g‘oyat katta natija beradi.
Allyuvial botqoq-o‘tloqi tuproqlar. Botqoq tuproqlar qayir va qayir usti terrasalaridagi pastliklarda, ayniqsa, darѐ deltalarining tepaliklari oralig‘idagi chuqurliklarda xamda dengiz bo‘yidagi mavsumiy suv bosib turadigan yerlarda ancha keng tarqalgan. Bu tuproqlar suv to‘plangan yangi cho‘kindilarda tarkib topadi va sizot suvlarning yuza ( 1 m va undan yuqori) joylanishi bilan farq qiladi. Suv bosgan yerlar qurigandan keyin dastlab qo‘g‘a, so‘ngra esa qamish va qiѐqlar o‘sadi.
Yangi paydo bo‘lgan botqoq tuproqlarning yuqori qatlamlari och ko‘kimtir-kul rang bo‘ladi va chala chirigan o‘simlik qoldiqlari ko‘p uchraydi. Bu tuproqlarda gumus bir tekisda taqsimlanmagan. Bu tuproqlar uzoq vaqt davomida botqoqlanganidan ularning ustini o‘simliklarning yer osti massasi va ildizlaridan iborat chala chirigan torflangan massa qoplab oladi. Undan quyida vodorod sulfid xidli ko‘kimtir gleyli qatlam boshlanadi.
Yangi paydo bo‘lgan botqoq tuproqlarda 1 % ga gumus 0,04-0,06% azot bor. Ko‘milgan qatlamlarda ba’zan 1,5% va undan xam ko‘p (3-4%) gumus uchraydi. рН miqdori 8 atrofida, singdirish sig‘imi kattaroq (100g tuproqda 13 mg/ekv.). Singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy ko‘p - 8-13%, magniy 1,5-2,5% ni tashkil etadi. Tuproq singdirilgan kaliyga anchagina boy.Botqoq tuproqlari tez-tez suv bosib turganligidan va ular murakkab melioratsiyani talab qilganidan sug‘oriladigan dexqonchilikda foydalanilmaydi.