9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə64/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Morfologiyasi. Qalinligi 12-25 sm, chimli qatlami to‘q kul rang bo‘lib, aniq ko‘rinib turadigan mayda uvoqli suvga chidamli strukturaga ega «V» qatlamida och qo‘ng‘ir kul rang gleyli qatlam ѐtadi. Gumusli qatlamining umumiy qalinligi 60-80 sm. To‘q tusli o‘tloqli tuproqlarda gumusi odatda 3-4 %. Gumusli qatlamning pasida gumus miqdori keskin kamayadi. Och tusli o‘tloqli tuproqlarning yuqori qismida gumus 1,5-2,5 foiz bor. Pastga tomon gumus miqdori kamaya boradi. To‘q tusli o‘tloqli tuproqlarda 0,20-0, 25%, och tusli o‘tloqli tuproqlarda esa 0,08-0,15% azot bor. Bu tuproqlarda fosfor nisbatan ko‘p ( 0,13-0,15 %), lekin o‘simliklar o‘zlashtira oladigan xarakatchan shakldagisi kam.
Tuproqning strukturasi yaxshi. Chunonchi, to‘q tusli o‘tloqli tuproqlarda 0,25mm dan yirik suvga chidamli struktura agregatlarining miqdori 60-70% yetadi va undan xam oshadi. Shuning uchun ular suvni yaxshi o‘tkazadi. Sug‘oriladigan o‘tloqli tuproqlar yuqori qatlamining qumoq va soz mexanik tarkibi bilan farq qiladi.
Qadimdan sug‘orilib kelinayotgan o‘tloqli tuproqlar turlicha qalinlikdagi agroirrigatsion qatlam bilan yaqinda sug‘orilanayotgan o‘tloqli tuproqlardan farq qiladi. Sug‘oriladigan o‘tloqli tuproqlar bo‘z tuproqli yerlarning taxminan 30% ini egallaydi.
Sug‘oriladigan allyuvial o‘tloq tuproqlarda gumus 1,7-2,0 foiz bo‘lib, azot yuqori qatlamlarida 0,060-0,159 foiz, xarakatchan fosfor 16-31 mg/kg, xarakatchan kaliy bilan ancha ta’minlangan.
Sug‘oriladigan o‘tloqli tuproqlarda yalpi fosfor 0,09-14%, to‘q tusli o‘tloqli tuproqlarda esa 0,20 foizga yetadi va undan xam oshadi. O‘tloqli tuproqlarda bo‘z tuproqlardagiga qaraganda xarakatchan fosfor kamroq.
O‘tloqli tuproqlarda kaliy miqdori ancha ko‘p (1,7-2,0%), lekin xarakatchan kaliy (suvda eriydigan va singdirilgan kaliy) bo‘z tuproqlardagiga qaraganda ancha kam. Shuning uchun yerga kaliyli o‘g‘itlar solish xosilni ancha oshiradi. SHo‘rlangan tuproqlarda xarakatchan kaliy miqdori sho‘rlanmagan tuproqlardagiga qaraganda ancha ko‘p bo‘ladi.
Singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy eng ko‘p bo‘ladi, va bu tuproqlar singdirilgan magniyning ko‘pligi bilan bo‘z tuproqlardan farq qiladi.
O‘tloqli tuproqlar orasida sho‘rtoblisi kam. Och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasidagi sug‘oriladigan o‘tloqli tuproqlarning ko‘pchiligi sho‘rlangan.
Sug‘orish natijasida o‘tloqli tuproqlarning strukturasi buziladi. Shuning uchun ko‘p yillik o‘tlar ekilganda tuproq strukturasi qayta tiklanadi. Ko‘rik tuproqlarda suvga chidamli strukturali agregatlar miqdori yuqori qatlamda 60% ba’zan undan xam ortiq. qadimdan sug‘orilib kelinaѐtgan tuproqlarda bunday agregatlar miqdori xaydalma qatlamda 15- 20%, quyi qatlamlarda esa 25-40% ga teng. Sug‘oriladigan o‘tloqli qatlamlarda esa 25-40%ga teng. Sug‘oriladigan o‘tloqli tuproqlarning xajm og‘irligi bo‘z tuproqlarnikiga qaraganda yuqori qatlamlarda kichik (1,2-1,3 g/sm3 ) pastga tomon orta borib 1,5-1,6 g/sm3 gleyli qatlamda esa undan xam ortiq bo‘ladi. Yuqori qatlamlarda g‘ovaklik 55% atrofida, pastga tomon u 40%ga tushadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin