Allyuvial botqoq tuproqlar. Bu tuproqlar O‘zbekistonning sug‘oriladigan va kelgusida sug‘orilishi kerak bo‘lgan yerlarda o‘tloqi va botqoq-o‘tloqi tuproqlar orasida darѐlarning quyi terrasalaridagi eng pastlik joylarda uchraydi. Bu tuproqlarda asosan qamish va qiѐqlar o‘sadi. Suvning uzoq vaqt turib qolishi natijasida bu tuproqlarda o‘simlik tuproqlari to‘planadi. Ulardan 20-30 sm undan xam qalinroq torf qatlami xosil bo‘lmadi. Shuning uchun bo‘z tuproqli mintaqada botqoq tuproqlar torf-gleyli-botqoq tuproqlarga va gleyli-botqoq tuproqlarga bo‘linadi. Gleyli-botqoq tuproqlar O‘zbekistonda uncha ko‘p tarqalmagan. xar ikkala xil tuproqlarga namlik doimo ortiqcha bo‘lganidan anaerob jaraѐn ustunlik qiladi. Bu esa torf to‘planishiga va tuproqning betidan boshlab gleylanishiga sabab bo‘ldi. Gleyli-botqoq tuproqlarda gumus kam. Ularning tuzilmasi ѐmon, nam vaqtida ѐpishqoq bo‘lib, quriganda zichlashib qoladi. Och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasida bu tuproqlar ko‘pincha sho‘rlangan bo‘ladi.
O‘tloqi saz tuproqlar. O‘tloqli saz tuproqlar darѐ suvida oqib kelgan oqova paydo bo‘lgan ѐyilmalarning o‘rta va quyi qismlarida kattagina maydonni tashkil etadi.
O‘tloqli saz tuproqlar Farg‘ona, Zarafshon vodiylari va daryo vodiysidagi tog‘ osti yon bag‘irlarida yaxlit mintaqa shaklida uchraydi.
Quruq o‘tloqli saz tuproqlar ustki qatlamining to‘q kul rang va chimli bo‘lishi, xamda strukturasining yaxshiligi bilan xarakterlidir. Tuproqning quyi qismi asta-sekin och tusga kirib, ko‘kish kul rang oladi xamda zang dog‘lar paydo qiladi. Tuproq 40-150 sm chuqurlikda kuchli mergellanishi natijasida oqish tusga kira boradi. Shu mergelli qatlamda karbonat konkretsiyalari ko‘p miqdorda xosil bo‘ladi, ba’zi joylarda esa kalsiy karbonatning sementlashgan (toshga o‘xshash qattiq sho‘x) qalamchalari vujudga keladi.
Yoyilmalarning kuyi qismlaridagi tuproqlarda oq dog‘lar xamda tomirchalar shaklda suvda eruvchi tuzlar (asosan natriy, sulfat va gips), 70- 120 sm chuqurlikda esa gips va kalsiy karbonatning birikishidan vujudga kelgan arzik deb ataladigan zich qatlam paydo bo‘ladi. Vodiy ichkarisidagi yoyilmalarning allyuvial o‘tloqli tuproqlari xam kuchli mergellashadi va ularda shox xamda arziq paydo bo‘ladi. Bunday tuproqlar daryo (Zarafshon), tog‘lardan tekislikka oqib chiqqan joylarda va vodiylarning sizot suvlari yuqori terrasalardan bosim ostida keladigan xududlarda paydo bo‘ladi. Bu yerda mergellanish bilan sho‘x soz tuproq rejimi sharoitidagi namlanishdan xam paydo bo‘ladi. Sug‘oriladigan o‘tloqli soz tuproqlar odatda och kul rang va to‘q kul rang bo‘ladi. Bu gumus miqdoriga, tuzilmasining ѐmon bo‘lishiga xamda gleyli qatlamlarning yer betiga sizib chiqaolishiga bog‘liq. Mintaqadagi sho‘rlanmagan va kuchsiz sho‘rlangan tuproqlar ayirmasi kuchli mergellashgan bo‘lib, ularda shox ko‘p, sho‘rlarlangan tuproqlar esa kuchli gipslashgan va ularda ko‘pincha arzik uchraydi. Bu tuproqlarda karbonatli tuzlarning to‘planish jarayoni O‘zbekiston sharoitida birinchi marta Samaraqnd qishloq xo‘jaligi instituti professori D.M.Kuguchkov (1955) tomonidan batafsil o‘rganilgan. Keyinchalik karbonatlar bilan sho‘rlangan to‘proqlar xossalari melioratsiyasi va o‘simliklarga ta’siri masalalari qator olimlar (S.A.Agisheva, P.U.Uzoqov, J.K.Saidov, O.Komilov, V.Isaqov va boshqalar) tomonidan tadqiq qilindi.
Bu tuproqlar mintaqasi o‘tloq saz tuproqlarning morfologik tuzilishi o‘ziga xos bo‘lib, quyidagi gorizontlardan iborat (I.Boboxo‘jayev, P.Uzoqov, 1995).
А – gumusli chim gorizonti, qalinligi 12-20 sm bo‘lib, to‘q bo‘z rangli donador uvoqli ѐki mayda uvoqli strukturaga ega. O‘simliklarning ildizlari juda ko‘p – ba’zan qo‘ng‘ir ko‘kish dog‘lari bo‘lgan gleylanish belgilari ko‘rinib turadi.
АВг – gumusli gorizont, qalinligi 20-40 sm bo‘zg‘ish ѐki to‘q bo‘z tusli, butun gorizont bo‘ylab ѐki faqat pastki qismi ko‘kish tovlanadi (-gleylanish belgisi bo‘lshisi). Uvoqli ѐki mayda uvoqli strukturaga ega.
ВКг – karbonatlar ko‘pligidan oqish yoki oq ko‘kish – ko‘kish tusli bo‘lib, zanglagan sariq dog‘lar ko‘p. Ko‘pinchi mergellashgan yoki sho‘x qatlami ajralib turadi.
С – ona jins (Сг ga o‘tuvchi gleyli gorizont – ko‘kish yoki oqish ko‘kish tusli qo‘lga yopishqoq sezilarli bo‘lib mergellashgan karbonatlar ko‘p.
Qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqli saz tuproqlarda turli qalinlikda agroirrigatsion qatlamlar bo‘lib, ular ko‘kimtir kulrang ѐki rangli. Mazkur tuproqlarda turli arxeologik qo‘shilmalar uchraydi.
SHo‘ri bo‘lmagan tuproq СаО miqdorining meyordan ko‘p bo‘lishi va МgО miqdorining kam bo‘lishi bilan farq qiladi.
Sho‘rsiz tuproq xam, sho‘rli tuproq xam fosforga boy, ammo barcha gidromorf tuproqlarda bo‘lgani kabi, fosforning o‘simliklar yaxshi foydalana oladigan shakldagisi kam miqdorda.
Qo‘ruq o‘tloqi saz tuproq gumusiga boyroq. Tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar mintaqasidagi o‘tloqi saz tuproqlarda gumus 3-6% och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasidagi o‘tloqi saz tuproqlarda esa 1,5-3%.
Sug‘oriladigan o‘tloqli saz tuproqlarda qo‘ruq o‘tloqi saz tuproqlardagiga qaraganda gumus va azot kam.
Bu tuproqlar fosforga boy va serkarbonat. Ammo uzoq muddat davomida sug‘orish natijasida karbonatlar qatlamlar bo‘yicha bir tekisda taqsimlanadi, ba’zan ular ustki qatlamda ko‘proq bo‘ladi.
O‘tloqi saz tuproqlarning singdirish sig‘imi 14 mg/ekv ga boradi. Singdirish sig‘imida 67-71% kalsiy, yuqori qatlamlarda 25-30%, quyi qatlamlarida esa 41%gacha magniy bor. Bu tuproqlar sho‘rtoblanmagan. Sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarning ko‘proq qismi ayniqsa och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasidagilari suvda eruvchan zararli tuzlar bilan sho‘rlangan. Bo‘z tuproqlar mintaqasining yuqori va o‘rta qismlaridagi o‘tloqli saz tuproqlar sho‘rlanmagan ѐki kuchsiz sho‘rlangan. Vohaning ichkarisidagi partov yerlari va yoyilmalarining sug‘orilmaydigan chekkalarini o‘tloqi sho‘rxoq tuproqlar tashkil qiladi.
Sergumusli o‘tloqi saz tuproqlar tuzilmasining ancha yaxshi bo‘lishi bilan farq qiladi. Agrotenikaga qarab chidamli struktura agregatlarining miqdori xam o‘zgarib turadi. Beda ekish tuproq strukturasini yaxshilaydi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra bedadan keyin o‘tloq voxa saz tuproqlarida suvga chidamli tuzilma agregatlarining miqdori tuproqning yuqori qatlamlarida 40-50 foizdan xam ko‘p bo‘lgan. Tuproqning pastki qatlamlarida struktura agregatlari birmuncha kamaygan. Tuproqning fizikaviy xossalaridan zichligi yuqori qatlamlarida 1,44-1,51 g/sm3 , shunga ko‘ra g‘ovakligi 54-45 foizni tashkil etadi.
Bu tuproqlarning suv-fizik ko‘rsatkichlari maksimal gigroskopik namligi yuqori qatlamlarida 4-6 foiz, so‘lish namligi 6-7 foizni, tuproqning dala nam sig‘imi yuqori qatlamlarda 20-23 foiz, suv o‘tkazuvchanligi bir soatga 190 mm tashkil etadi. O‘tloqi saz tuproqlarning sho‘rini yuvib yerga organik va mineral o‘g‘itlar solish yo‘li bilan unumdorligini oshirish mumkin