9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Allyuvial o‘tloqli to‘qay tuproqlar



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə59/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Allyuvial o‘tloqli to‘qay tuproqlar. Bu tuproqlarning mexanik tarkibi yengil bo‘lgan cho‘kindilar bilan qoplangan, suv bosmaydigan ѐki qisqa vaqt davomida toshqin suvi bosadigan o‘zan bo‘y balandliklarida va daraxtlar, buta o‘simliklari xamda o‘tlar o‘sadigan to‘qaylarda tarqalgan. To‘qay daraxtlari ko‘pincha darѐ bo‘yi marzalarida, baland orollarda va darѐ tirsaklarida uchraydi. Bu yerlarning tuprog‘i o‘tloqli to‘qay-allyuvial tuproqlar bo‘lib, ona jinsi yengil mexanik tarkibli ѐtqiziqlar - qum aralash changli qumoqlar, qumoq va qumdan iborat. Cho‘kindilarning tagida odatda 1-1,5 m chuqurlikda yirik qumlar ѐtadi. Sizot suvi 1 m chuqurlikda joylashgan.
Bunday yerlarda tol, turang‘i, jiyda; o‘tlardan: shirin ajriq, ro‘vak, qizilmiya, savagich va boshqalar, sho‘rlangan yerlarda oqbosh kermak va xar xil sho‘ralar o‘sadi. O‘tloqi to‘qay tuproqlar betini yupqa o‘rmon to‘shamasi qoplagan. A qatlam-qo‘ng‘ir kulrang bo‘lib, g‘ovak chim xosil qiladigan ko‘pdan-ko‘p ildizlarga ega, tuzilishi u qadar chidamli emas. В qatlam- och tusda, zangli va ko‘kimtir (zangori) dog‘lar ko‘rinishidagi botqoqlanish alomatlariga ega. Undan pastda mexanik tarkibi yengil bo‘lgan qatlamli cho‘kindilar ѐtadi. Tuproqlarning mexanik tarkibi yengil bo‘lganidan suv bosganda yuzaga keladigan anaerob sharoit o‘rniga, suv qaytganidan keyin aerob muxit vujudga keladi. Bu organik qoldiqlarning tez minerallashishiga ѐrdam beradi. Shuning uchun o‘tloqli-to‘qay tuproqlarda gumus va azot kam. СО2 karbonatlar 7-11% atrofida bo‘ladi. Bu tuproqlarda ko‘zga ko‘rinib turadigan karbonatli gorizont yo‘q.
Bu tuproqning singdirish sig‘imi katta emas (100 g tuproqda 5-6 mg/ekv), mexanik tarkibiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Singdirilgan asoslar tarkibida Са va Мg eng ko‘p uchraydi
O‘tloqli-to‘qay tuproqlarning kuchli sho‘rlanmaganligi-sizot suvlarning chuchuk bo‘lishi, tuproqning daraxtlar soyasida bo‘lganligi natijasidir. To‘qay daraxtlarini kesib yubormasdan, balki xosildor daraxt navlarini o‘tkazib ularni ko‘paytirish va ѐng‘indan saqlash lozim.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin