9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Azonal vertikal tuproq mintaqalari



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə40/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Azonal vertikal tuproq mintaqalari- vetikal mintaqalar bo‘yicha tuproqlarning tarqalishi xarakteri tog‘ o‘lkalarining qaysi bioiqlim zonasida joylashuvi bilan belgilanadi. Demak, har bir tog‘ sistemasinin tuproq qoplami, o‘zining rivojlanish qonuniyatlari va xaraktrli beligilariga ega.
Odatda tog‘ tuproqlarining pastki mintaqasi o‘zi joylashgan zona tabiiy sharoitiga qarab o‘zgarib boradi.
Turli tog‘ sistemalarida vertikal zonallik har xil va shuningdek, muayyan bir tog‘ tizmasida uning yo‘nalishi haqida yonbag‘ir ekspozisiyasiga qarab, tuproq zonasining joylashuvi farq qiladi. Ana shunday o‘zgarishlar, ayniqsa Bosh Kavkaz tog‘ tizmalarida yaxshi ifodalangan. Tog‘ o‘lkalarining vertikal zonalligida mintaqalarning Qutbiy, Boreal, Subboreal va Subtropik sinflari ajratiladi (V.M.Fridland)
Subboreal sinfning o‘rmon mintaqasida tog‘-podzol tuproqlarga nisbatan o‘rmon-qo‘ng‘ir tuproqlar ko‘proq uchraydi.
Mintaqalar subtropik sinfining quruq subtropiklarida tog‘ bo‘z tuproqlari yoki jigarrang tuproqlar tarqalgan bo‘lib, nam subtropiklarda qizil va sariq tuproqlar uchraydi.
Tog‘ tuproqlarini klassifikasiyalash borasida ikki xil nuqtai nazar mavjud bo‘lib, uning birinchisiga ko‘ra tog‘ tuproqlari tekisliklardagi o‘ziga o‘xshash tuproqlardan mustaqildir. Ikkinchi nuqtai nazarga asosan zonal tuproqlarda uchramaydigan va tog‘lardagi o‘ziga xos mustaqil tipga ajratiladi. Bularga tog‘-o‘tloqi, qora tuproqlarga o‘xshash tog‘-o‘tloqi va tog‘-o‘tloqi-dasht tuproqlari kiradi. Boshqa tiplardagi tog‘ tuproqlari umumiy tarzda o‘zining tekisliklardagi o‘xshashliklariga ega bo‘lganligidan, ular muayyan tuproq tiplari o‘rganilayotganda qarab chiqiladi.
Masalan, tog‘-o‘tloqi va tog‘-o‘tloqi-dasht mintaqa tuproqlari baland tog‘lardagi tuproqlarning o‘ziga xos orginal tiplari hisoblanadi hamda atmosfera yog‘inlari ko‘p yog‘adigan sharoitda alp va subalp tipiga kiradigan turli o‘tloq o‘simliklar ta’sirida, har xil ona jinslarda hosil bo‘ladi.
Tog‘-o‘tloqi tuproqlardagi chimlanish jarayoni va gumus to‘planish darajasi o‘simliklar qoplami va ona jinslar xarakteri bilan belgilanadi. Karonatli jinslarda qalin va ko‘p gumusli tuproqlar rivojlanadi. Karbonatsiz jinslarda shakllangan tog‘-o‘tloqi tuproqlarda gumus kamroq. Tuproq profilining yuzaga kelishida joyning relyefi katta rol o‘ynaydi. Alp zonasi tog‘-o‘tloqi tuproqlari odatda past tog‘lardagi o‘tloqlarning yuqori mintaqasini egallaydi. Subalp zonasining tog‘-o‘tloqi tuproqlari esa baland bo‘lib o‘sadigan turli o‘simliklardan iborat tog‘ o‘tloqlarining pastki mintaqasida rivojlanadi.
Tog‘-o‘tloqi tuproqlari torfli chim gorizontining yaxshi ifodalanganligi, qo‘ng‘ir (och qo‘ng‘irdan to‘q qo‘ng‘irgacha) tusi, ammo uncha qalin bo‘lmagan (20-40 sm) gumusli gorizontining mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Subalp mintaqasining ayrim tog‘-o‘tloqi tuproqlarida gumusli gorizontcha qalin bo‘lib, 50 sm dan oshadi. Tog‘-o‘tloqi va o‘tloqi-dasht tuproqlarining profili o‘zining skeletli bo‘lishi, karbonatlardan yuvilganligi bilan xarakterlanadi.
Tog‘-o‘tloqi va tog‘-o‘tloqi-dasht tuproqlarida 8-20 foizgacha gumus bo‘ladi va uning tarkibida gumin kislotasiga nisbatan fulvokislota ko‘proq. Azot miqdori 0,3 dan 1,2 foizgacha o‘zgarib turadi. Harakatchan fosfor va kaliy oz. Singdirilgan kationlar orasida kalsiy va magniy bilan bir qatorda Kavkaz va boshqa tog‘lar tuproqlarida vodorod va alyuminiy ham ko‘p bo‘ladi, natijada tuproqda kislotali reaksiya vujudga keladi (rN 4,6-5,3). Ammo O‘rta Osiyo tog‘ sistemalaridagi tog‘-o‘tloqi va tog‘-o‘tloqi-dasht tuproqlari asoslar bilan to‘yinganligi sababli neytral yoki ishqoriy reaksiya (pH 6,6-7,4) bo‘lishi bilan xarakterlanadi (8.2.10-jadval).
Tog‘-o‘tloqi tuproqlarda odatda podzollanish belgilari bo‘lmaydi. Bu tuproqlar orasida tipik chimli tog‘-o‘tloqi, torfli va torf--gleyli tog‘-o‘tloqi tuproqlar ko‘proq uchraydi.



Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin