9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə42/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Klassifikatsiyasi. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik sur-qo‘ng‘ir tusli va oz karbonatli sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarga bo‘linadi.
Karbonatli tipik sur-qo‘ng‘ir tusli tuproq Turon pasttekisligining g‘arbiy cho‘llarida va Ustyurt baland tekisligida keng tarqalgan. Oz karbonatli sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar esa qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Betlakdala baland tekisligining sharqida va balxash atrofida tarqalgan. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar tipi termik rejimlari va rivojlanish sharoitiga ko‘ra hozirgi vaqtda 3 tipchaga bo‘linadi:
1. Muzlaydigan juda iliq, sur-qo‘ng‘ir tusli cho‘l tuproqlari O‘zbekistonni markaziy Ustyurt, Qizil qum qismida uchraydi.
2. Qisqa muddatli muzlaydigan subtropik sur-qo‘ng‘ir tusli cho‘l tuproqlari, Ustyurt, Qizil qumning janubiy qismi va Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi tekisliklarida joylashgan.
Morfologik tuzilishi. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning genetik qatlamlari bir-biridan keskin farq qiladi. Tuproq yuzasi qalinligi 1-3 sm, ba’zan 5 sm qalinlikdagi och tusli uvalanib ketadigan g‘ovak qatqaloq bilan qoplangan. Bu qatqaloqlarda ba’zan chogirtosh ѐki qum ѐpishgan bo‘ladi. Qatqaloq ostida och sur tusli qo‘ng‘ir tangasimon g‘ovak qatlam joylashgan, bu qatlamni qalinligi 10-12 sm bu qatlamning tagida ancha zichlashgan, qizg‘ish qo‘ng‘ir tusli 15-20 sm qalinlikdagi genetik qatlam ѐtadi. Nihoyat 40-50 sm chuqurlikda ―В‖ qatlam och qo‘ng‘ir ѐki jigarrang tusdagi, zichlangan va uvoqli strukturali qavat ѐtadi. Bu qatlamning mexanikaviy tarkibi ancha og‘ir, unda mayda zarrachaga boy kolloidlar bor. Ba’zan bu qatlamlarda karbonatlarning oqish dog‘lari uchraydi. Bu qo‘rsatkichlari sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarga xos bo‘lgan qalin gipsli qatlam boshlanib, uning ostida esa tuproq hosil qiluvchi ona jins berch ѐtqiziq ѐki toshloq ѐtadi. O‘zbekiston Ustyurt, Qizilqum, SHerobod vodiysida hududlarda tarqalgan sho‘rtoblanmagan sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning profilining qalinligi 60 sm ga qadarli bo‘lib, qatqalog‘i 4-5 sm dan oshmaydi, tangachali qatlamli gorizonti 12-19 sm suqurlikka yetadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin