9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə33/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Sho‘rlangan tuproqlar- tuproq-geokimyoviy formasiya turli xildagi tuproqlarni biriktiradi, qaysiki ularning umumiy belgilari quyidagilar hisoblanadi:

  • akkumulyativ va paleakkumulyativ landshaftlarda shakllanishi;

  • tuproq eritmasi yuqori konsentrasiyalangan sharoitda suvda eriydigan tuzlarning tuproq paydo bo‘lishida ishtirok etishi;

  • tuproq eritmasining yuqori konsentrasiyaliligi sababli, kuchli moslashgan galofitlardan tashqari, boshka barcha o‘simliklarning o‘sishi uchun noqulay sharoitning mavjudligi.

Formasiyada quyidagi tuproq klasslari yoki tiplarining guruhlari ajratiladi: A. Sho‘rlangan tuproqlar, bularga sho‘rxoklar, sho‘rxokli va sho‘rxoksimon tuproqlar kiradi. B. Ishqorli tuproqlar, bularga sho‘rtoblar, sho‘rtobli tuproqlar va taqirlar kiradi,
Sho‘rlangan tuproqlar deb tarkibida o‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishiga (galofitlardan tashqari) zarar yetkazadigan miqdorda suvda oson eruvchi tuzlarni saqlovchi tuproqlarga aytiladi. Suvda oson eruvchi tuzlar jumlasiga odatda sovuq suvda eruvchanligi gipsga (CaSO4*2H2O) nisbatan (2 g.l ga yaqin) yuqori bo‘lgan tuzlar kiritiladi.
Agarda 0-30 sm qatlamda 0,6 foizdan ko‘p sodali yoki 1,0 foizdan ko‘p xlorli yoki 2 foizdan ko‘p sulfatli tuzlarni saqlasa, unday sho‘rlangan tuproqlar sho‘rxoklar deb ataladi. Bunday gradasiya (bir bosqich yoki holatdan ikkinchi bosqich yoki holatga o‘tishdagi izchillik) tuzlar zararligining turlicha bo‘lganligi bilan bog‘liq, barcha tuzlar ichida soda-Na2CO3 eng zararli hisoblanadi, shuning uchun agarda tuproqda sodaning miqdori 0,6 foizdan oshsa, unda hech narsa o‘smaydi, agarda 0,1 foizga yaqin bo‘lsa o‘simliklarning o‘sishiga zarar yetkaza boshlaydi.
Sho‘rxoklar Asa-ACsa-Csa yoki Asa-Csa profilga ega, Yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi tuzlarni ustki qatlamlarida emas balki pastki qatlamlarida saqlaydigan tuproqlarga sho‘rxoksimon deb ataladi. Dastlabki genetik tip belgilarini saqlagan, profilining barcha qismlarida yuqorida ko‘rsatilgan (0,6 yoki 1,0 yoki 2,0 foiz) dan kam miqdorda tuzlar saqlaydigan, ustki gorizontlarida tuzlar miqdori eng ko‘p bo‘lgan kuchli sho‘rlangan tuproqlar sho‘rxokli tuproqlar deyiladi. Mazkur tuproqlar o‘tloq-sho‘rxokli, botqoq-sho‘rxokli, sho‘rxokli-bo‘z kabi turlargaajr ajratiladi.
V.V.Dokuchayev va N.M.Sibirsevlar X1X asrning oxirlarida o‘zlarining klasifikasiyalarida barcha sho‘rlangan tuproqlarni, shu jumladan sho‘rxoklarni ham o‘rta Rossiya hududidagi halqlari terminini ishlatgan holda «sho‘rtoblar» nomi bilan birlashtirgan edilar.Ushbu tuproqlarning bir-biridan keskin ajratilishi, ular klassifikasiyasining kelib chiqishining tavsifi K.D.Glinka, V.S.Bogdan, N.A.Dimo, YE.Gilgard nomlari bilan bog‘liq. Sho‘rlangan tuproqlarni batafsil o‘rganishda V.A.Kovda va uning shogirdlarining xizmatlari juda katta. MDH da YE.A.Ivanova, I.N.Antipov, Karabayev, V.V.Yegorov, N.G.Minashina, chet eldagi Ober(Fransiya), I.Sobolch(Vengriya), O‘zbekistonda M.A.Pankov, I.S.Rabochev, A.M.Rasulov, O.K.Komilov, D.M.Kuguchkov va boshqa olimlarning xizmatlari katta.
Sho‘rxoklar sho‘rlanish darajasiga ko‘ra: sho‘rlanmagan, kuchsiz sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlangan, kuchli sho‘rlangan va sho‘rxokga bo‘linadi (8.2.8-jadval). Tuproqlarni sho‘rlanish darajasiga qarab gruppalarga ajratishda, uning tarkibidagi suvda oson eriydigan tuzlarning umumiy va xlor ionining miqdoriga e’tibor beriladi.
8.2.8-jadval

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin