9-mavzu. 2017-2021-yillarda Qurolli kuchlar tizimi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi-Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy tuzilma.[1][2] Tarixi
1992-yil 23-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29-son qarori bilan, „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi (1991 yil 31 avgust) qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 3408-son harbiy qismi negizida Milliy gvardiya brigadasi tashkil etilib, mamlakat Mudofaa ishlari vazirligi tasarrufiga berilgan edi.
2017-yil avgust oyidan eʼtiboran Milliy gvardiya mamlakat Qurolli kuchlari tarkibidagi mustaqil qoʻshin turi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
2019-yil yanvar oyida Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidan chiqarilib, mamlakat Milliy gvardiyasi tarkibiga oʻtkazildi.
2018-yilda ichki ishlar tizimidagi harbiy texnika oliy bilim yurti Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnika instituti etib qayta tashkil etildi. Institut tomonidan yuqori malakali ofitserlar tayyorlanadi.
Vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
shaharlar va aholi punktlarida jamoat tartibi va xavfsizlikning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashish;
davlat ahamiyatiga ega obʼektlar, hayotiy muhim obʼektlar, xorijiy davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash va himoya qilish;
terrorizm va ekstremizm harakatlarining oldini olishda ishtirok etish;
mamlakatning hududiy yaxlitligi va mudofaasini taʼminlashda ishtirok etish;
ov va xizmat oʻqotar qurollarining [mamlakat hududiga] olib kirilishi, olib chiqilishi, xarid qilinishi, saqlanishi va qoʻllanilishini nazorat qilish;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda koʻmaklashish;
xorijiy davlatlarning rasmiy vakillarini kutib olish va kuzatishda yuksak darajadagi marosim tadbirlarini taʼminlash.