9-Mavzu: 2017-2021-yillarda qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik, favqulodda vaziyatlar xizmatlari tizimidagi islohotlar. Reja



Yüklə 152,19 Kb.
səhifə8/12
tarix21.05.2023
ölçüsü152,19 Kb.
#118723
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
9-mavzu. 2017-2021-yillarda Qurolli kuchlar tizimi.

Saudiya Arabistoni. Saudiya Arabistonining Milliy gvardiyasi 1917 yilda tashkil etilgan bo’lib, ushbu davlat qurolli kuchlarining uchta asosiy tarmog’idan biri hisoblanadi. Hukmdor Al-Saud oilasiga eng xayrixoh qabilalar vakillaridan shakllantiriladi. Asosiy vazifasi-qirol xonadonini qo’riqlash. Gvardiyachilarga shahzoda Mutaib bin Abdulla qo’mondonlik qiladi. MG askarlarining soni 160 ming nafar atrofida.
Pokiston. Milliy gvardiya 1994 yilda tashkil etilgan. Mudofaa vaziriga bo’ysunadi. YOrdamchi harbiylashgan tuzilmalar, shuningdek milliy kadetlar korpusi va ayollar gvardiyasidan tashkil topadi. Jamlash hududiy prinsip bo’yicha ko’ngilli asosda amalga oshiriladi. Soni-taxminan 185 ming nafar.
1992 yil 23 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29-son qarori bilan, “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi (1991 yil 31 avgust) qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi IIVning 3408-son harbiy qismi negizida Milliy gvardiya brigadasi tashkil etilib, mamlakat Mudofaa ishlari vazirligi tasarrufiga berilgan edi.
M illiy gvardiya tashkil etilishidan ko’zlangan maqsad davlat suverenitetini, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini hamda O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini himoya qilish bo’lgan.
2017 yil avgust oyidan e’tiboran Milliy gvardiya mamlakat Qurolli kuchlari tarkibidagi mustaqil qo’shin turi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.
2019 yil yanvar oyida Ichki ishlar vazirligi Qo’riqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidan chiqarilib, mamlakat Milliy gvardiyasi tarkibiga o’tkazildi.
Milliy gvardiya O’zbekiston Respublikasida mustaqil qo’shin turi sifatida qisqa vaqt mobaynida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa-da, yuqori darajada samarali ekanligini, tarkibiy tuzilishi va tayyorgarligi O’zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan mavjud va imkoniyatdagi jamoat va davlat xavfsizligi darajasiga muvofiqligini ko’rsatdi.
Hozirgi kunda Milliy gvardiya bo’linmalarini zamonaviy qurol-yarog’ turlari va bronetexnika bilan jihozlash jarayoni jadal davom etmoqda, shaxsiy tarkibni maxsus harbiy tayyorlash jarayoni takomillashmoqda. SHu bilan birga, kompetensiya borasida, mamlakatning milliy manfaatlariga qarshi harakatlar va tahdidlarga qarshi kurashishning barvaqt oldini oluvchi tizimni shakllantirish uchun mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni tahlil qilish va prognozlash borasidagi ishlar yo’lga qo’yilgan.

Yüklə 152,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin