Ma’lumot uchun: Turli mamlakatlarning milliy gvardiyalari Fransiya. Fransiya Milliy gvardiya (la Garde Nationale) nomli ko’ngillilar qo’shilmalari shakllangan birinchi mamlakat bo’lgan. 1789 yilda Fransuz inqilobi jarayonida Ta’sis majlisi ko’chalarda tartib o’rnatish maqsadida bunday otryadlar tuzish haqida qaror chiqargan. Bir necha yil ichida gvardiyachilar soni 300 ming nafarga еtgan. 1793 yilda u Vandeyadagi monarxistlarning aksilinqilobiy qo’zg’olonini bostirishda asosiy rol o’ynagan. 1-va 2-Respublikalarda, imperator Napoleon davrida va Burbonlar tiklanishida fransuz milliy gvardiyasi muntazam armiya qo’shilmalariga yordam berib, mamlakatda tartib saqlab turgan. XIXasr o’rtalariga kelib u ko’ngillilar qo’shini (lashkari) bo’lmay qoldi-gvardiyachilar chaqiruv asosida jamlanadigan bo’ldi. 1972 yilda Fransiya Prussiya bilan urushda еngilgach tugatildi. AQSH. AQSH Milliy gvardiyasining tarixi 1648 yilda tuzilgan Massachusets ko’rfazi koloniyasining ko’ngillilar lashkaridan boshlanadi. 1916 yilda gvardiya hozirgi ko’rinishda tashkil etilgan, 1947 yilda Milliy gvardiyaning Harbiy-havo kuchlari tashkil qilingan. AQSH gvardiyasining qismlari har bir shtatda mavjud bo’lib, shtatlar gubernatorlariga va mamlakat prezidentiga bo’ysunadi. Milliy gvardiya AQSH Qurolli kuchlari va Harbiy havo kuchlarining uyushgan zaxirasi hisoblanadi. Uni shtatlar gubernatorlari favqulodda vaziyatlarda tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish, huquq-tartibotni saqlash va boshqa maqsadlarda ishga solishlari mumkin. AQSH prezidentining qarori asosida gvardiyadan AQSH qurolli kuchlarini qo’llab-quvvatlash uchun ham, jumladan mamlakat tashqarisida ham foydalanilishi mumkin. U AQSHning Vetnam urushidan boshqa barcha yirik harbiy operatsiyalarida ishtirok etgan. Uning saflarida taxminan 1,5 million kishi xizmat qiladi. Gruziya. Gruziyada Milliy gvardiya 1990 yil 20 dekabrda ko’ngillilardan tashkil qilingan. Ko’pgina boshqa mamlakatlardan farqli ravishda, Gruzida bu qo’shilma QK tarkibiga kiradi. MG Gruziyaning 1990-yillardagi barcha qurolli mojarolarida ishtirok etgan. 2000 yildan boshlab harbiy tuzilma hisoblanmaydi, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish, shuningdek zaxirada turgan harbiy xizmatchilarni harbiy ishga safarbar qilish va harbiy chaqiruvni tashkil qilish bilan shug’ullanadi. Qirg’iziston. Qirg’iziston Respublikasining Milliy gvardiyasi 1991 yilda tashkil etilgan. U QK tarkibidagi maxsus tuzilma hisoblanadi. Asosiy vazifalari-konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, davlat ob’ektlari va strategik ob’ektlarni qo’riqlash, terrorizmga qarshi kurashish. SHuningdek, faxrli protokol xizmatini o’taydi. Taxminan 3 ming kishidan ibrat bo’lib, ular shartnoma yoki chaqiruv asosida xizmat qilishadi. Bolgariya. Bolgariyada Milliy gvardiya qismlari quruqlikdagi qo’shinlarning birlashmasi hisoblanadi. Tantanali marosim vazifalarini bajaradigan, davlat arboblari va ma’muriy binolarni qo’riqlash bilan shug’ullanadigan otryaddir. 1993 yilda tashkil qilingan, qism harbiy xizmatchilari asosan an’anaviy gusarlar kiyim-boshini kiyadilar. Soni-deyarli 250 nafar.