9-Mavzu: 2017-2021-yillarda qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik, favqulodda vaziyatlar xizmatlari tizimidagi islohotlar. Reja


 Xavfsizlik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar



Yüklə 152,19 Kb.
səhifə6/12
tarix21.05.2023
ölçüsü152,19 Kb.
#118723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-mavzu. 2017-2021-yillarda Qurolli kuchlar tizimi.

5.1. Xavfsizlik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik ko’rsatish;
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
5.2. Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini hal etish.


Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tashkil topishi va rivojlanishi 
Milliy gvardiya (fr. Garde Nationale, ingl. National Guard), milliy posbonlar (ital. guardia-posbon)-turli mamlakatlarda va tarixiy davrlarda har xil qurolli tashkilotlarning nomi.
Ushbu atama quyidagi tuzilmalarni ifodalaydi: militsiya (ko’ngillilar, 1789–1827 yy.; 1830–1872 yy.dagi Fransiya Milliy gvardiyasi yoki AQSH Milliy gvardiyasi), jandarmeriya-harbiylashgan politsiya (Rossiya milliy gvardiyasi qo’shinlari yoki Portugaliya Respublika Milliy gvardiyasi), hududiy mudofaa (1940 yildan boshlab SHvetsiya Milliy gvardiyasi), Qurolli kuchlar zaxirasi (AQSH Milliy gvardiyasi va MGning boshqa ko’plab turlari), Qurolli kuchlarning ilg’or (elitar) va imtiyozli qismi (SHri-Lanka Milliy gvardiyasi), umuman Qurolli kuchlar (1925–1979 yy. dagi Nikaragua Milliy gvardiyasi yoki Kipr Milliy gvardiyasi).
Gvardiya tuzilmalari ichki ishlar vazirligi yoki mudofaa vazirligiga yoxud birdaniga ikkalasiga, shuningdek maxsus idoraga bo’ysunishi mumkin. Turli mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq Milliy gvardiya kuchlari mudofaa idoralari tasarrufiga o’tkazilishi ham nazarda tutilgan.
Ayrim mamlakatlarda Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi ko’ngillilardan (ular maosh olmaydilar, ammo ofitserlari Qurolli kuchlar yoki politsiya kadrlar tarkibidan berilishi mumkin) ham, ozgina maoshga ishlaydigan (avvalgi faoliyatini tashlamagan va/yoki boshqa asosiy daromadi bo’lgan) yoki to’liq bandlik uchun shartnoma imzolagan shaxslardan, shuningdek harbiy majburiyat asosida shakllantirilishi mumkin. Milliy gvardiya maqomi muntazam, nomuntazam yoki paramilitar (yarim harbiy) bo’lishi mumkin.
Gvardiya qo’shilmalari dunyoning 40 dan ziyod mamlakatlarida turli davrlarda mavjud bo’lgan yoki hamon faoliyat ko’rsatadi. Odatda, ular ichki ishlar yoki mudofaa vazirligiga bo’ysunuvchi ko’ngillilar yoki maxsus qo’shilmalar bo’lib, mustaqil qo’shin turi sifatida ham faoliyat ko’rsatishi mumkin.

Yüklə 152,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin