9-Mavzu: 2017-2021-yillarda qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik, favqulodda vaziyatlar xizmatlari tizimidagi islohotlar. Reja



Yüklə 152,19 Kb.
səhifə2/12
tarix21.05.2023
ölçüsü152,19 Kb.
#118723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-mavzu. 2017-2021-yillarda Qurolli kuchlar tizimi.

Huquqiy asos
Oʻzbekiston Respublikasining „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi Qonuni hamda 1991-yil 30 dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Kengashining Qurolli Kuchlari va Chegara qoʻshinlari haqidagi Minsk qarori asosida 1992-yil 1-fevraldan sobiq Ittifoq tizimidagi qoʻshinlarni mablagʻ bilan taʼminlanishi toʻxta’lilishini inobatga olgan holda OʻzR Oliy Kengashi 1992-yil 10-yanvarda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va oʻquv muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufiga olish toʻgʻrisida“, 14-yanvarda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy oʻquv muassasalari toʻgʻrisida“ qarorlar qabul qildi. Unda OʻzR hududida joylashgan sobiq Ittifoqqa qarashli Ichki ishlar va Mudofaa vazirligining qismlari, birlashmalari, qoʻshilmalari, oliy oʻquv yurtlari, harbiy tuzilmalari mamlakatning qonuniy tasarrufiga olinadi, deb belgilandi. Qaror asosida harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, harbiy muassasalardagi ishchi va xizmatchilar, sobiq Ittifoq armiyasida xizmat qilgan pensionerlarga ijtimoiy va huquqiy himoyalandi. Harbiy qismlar va oʻquv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar davlat tomonidan moddiy texnika va mablagʻ bilan taʼminlandi.

  • 1992 yil 24 martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari haqida“gi farmoni bilan Respublika Milliy Xavfsizlik Xizmati qoshida Chegara qoʻshinlari boshqarmasi tashkil etildi va Oʻrta Osiyo Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari uning tasarrufiga oʻtkazildi.

  • 1992 yil 18 mayda „Oʻzbekiston Respublika hududida joylashgan havo desanti qoʻshinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qoʻshinlari, taʼminot qismlari haqida“gi farmon bilan bu qoʻshinlar respublika tasarrufiga oʻtkazildi. OʻzR Prezidentining 1992 yil 12 noyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo hujumiga qarshi harbiy qismlar haqida“gi, 13 noyabrda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan kimyoviy harbiy qismlar haqida“gi farmonlari bilan mamlakatimiz hududida joylashgan mazkur turlardagi qoʻshinlar respublika tasarrufiga olindi va sifat jihatidan takomillashtirildi. Shu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz Qurolli Kuchlarini tuzishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning huquqiy meʼyorlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Xelsinki yakunlovchi akti, MDH kollektiv xavfsizlik Shartnomasi kabi xalqaro hujjatlarning barcha talablariga rioya qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 3-iyuldagi farmoniga muvofiq, Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasining „Mudofaa toʻgʻrisida“, „Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“ hamda „Muqobil xizmat toʻgʻrisida“gi qonunlari qabul qilindi.

  • 1993-yilning 22-noyabrda „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrogʻi toʻgʻrisida“gi Prezident farmoni imzolanib, Qurolli Kuchlar Jangovar bayrogʻining yagona namunasi belgilandi. OʻzR Oliy Kengashining 1993 yil 29 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining „Vatan himoyachilari kunini belgilash toʻgʻrisida“gi qonuniga binoan, 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni, deb eʼlon qilindi.

  • 1995-yil avgustida qabul qilingan OʻzR Harbiy doktrinasi mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi harbiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan hodda 2000-yil 3 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.


Yüklə 152,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin