IIVning bayrogʻi namunasi-toʻq kulrang toʻgriburchakli matodir, uning old va orqa tomonlari markazida geralʹdik belgi-diametri 98 sm boʻlgan aylana ichiga chizilgan IIVning emblemasi tasvirlangan. Geraldik belgi-IIVning emblemasi (oʻng tomondagi suratda, tahr.) chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali toʻq kumush aylana koʻrinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yoʻl-yoʻl chiziq tushirilgan. Halqali chiziqning tepa qismida idoraviy mansublikni koʻrsatuvchi soʻzlar yozilgan, yozuvlar qatʼiyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan. Aylana oʻrtasida chetlari milliy ornament bilan bezatilgan, ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi qalqon tasvirlangan. Uning markazida doira ichiga chizilgan oʻngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma boʻlib, u tartib, muvozanat va kamolotga еtishishni anglatadi. Qalqon ortida-tigʻi pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir-kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi boʻlgan Xumo qushi tasvirlangan.
Tashkiliy tuzilishi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy devoni quyidagi organlardan tuzilgan:
Vazir (Bobojonov Poʻlat Razzoqovich)
Kotibiyat
Tashkiliy boshqarmasi
Oʻz xavfsizligi boshqarmasi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Interpol milliy markaziy byurosi
Matbuot xizmati
Harbiy safarbarlik ishlari va fuqarolar mudofaasi boʻlimi
Nazorat-taftish inspeksiyasi
Ikkinchi boʻlim
Yuridik boʻlim
Vazirning birinchi oʻrinbosari (Sobirov Shuxratjon Urinbaevich)