9-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR.
Aholini turmush darajasini yuqori darajada ta’minlash.
XX asrning 90-yillari boshida Sovet Ittifoqidan ajralib chiqib, eski tuzumdan voz kechib, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati ishlab chiqildi. Chunki, o‘sha paytda respublikada bunday kuchli ijtimoiy himoya siyosatini yo‘lga qo‘yishning bir qancha sabablari mavjud bo‘lib, ular quyidagi omillar bilan izohlanadi: Birinchidan, jahon tajribasidan ayonki, davlat boshqaruvi asoslangan sotsialistik tuzumdan, xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ko‘p hollarda davlat va jamiyat hayotida bir qancha ijtimoiy muammolar yuzaga keladi. Ya’ni, bu jarayon hech qachon oson kechmagan. Bunga taraqqiyotning bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan jahondagi ilg‘or davlatlarning tarixiy tajribasi guvohlik beradi. Bunday sharoitda aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga etarli e’tibor bermaslik, aholining bir qismi turmush tarzining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu boisdan O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyaga olish tizimini joriy etdi; Ikkinchidan, o‘sha davrda respublikadagi mavjud ijtimoiy- iqtisodiy shart sharoitlar, ya’ni o‘tish davrida respublikaning ishlab chiqarish salohiyati, geografik o‘rni, tabiiy iqlim sharoiti kabilar, barcha joylarda aholining birdek ish bilan band bo‘lish imkoniyatini bermagan. Chunki, respublika aholisining katta qismi agrar soha bilan shug‘illangan. Ushbu sohalardan kelayotgan daromadlar chekka joylarida barcha aholi ehtiyojini to‘la ta’minlash imkoniyatini bermagan. Shu bois, ko‘p bolali oilalarda ijtimoiy himoyaga ehtiyoj tug‘ilganligi bejiz emas edi; Uchinchidan, demografik omilga ko‘ra, ya’ni dunyodagi davlatlar orasida O‘zbekiston aholi soni muttasil o‘sib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Ya’ni, respublikada demografik vaziyat muhim bo‘lib, har bir oilaga o‘rtacha 4-5 ta kishi to‘g‘ri keladi. O‘zbekistondagi demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, aholi, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Bugungi kunda mamlakat aholisining 32 % ni 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakat aholisi 2020-yilda 34 mln kishini tashkil qilgan, 2025-yilda esa 37 mln kishidan oshishi taxmin qilinmoqda. Agar aholining o‘sish dinamikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakatda aholi soni so‘nggi 35 yil ichida 1,4 barobarga ko‘paygan. Aholining taqsimlanishi bo‘yicha bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 56,1 kishi to‘g‘ri keladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal etish — respublikadagi eng dolzarb muammolardan biridir. Shu bois bunday sharoitda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, mamlakat aholisining salkam 60 % qishloq joylarida yashaydi. Bugungi kunda aynan qishloqlarda odamlarni ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini oshirish keskin muammo bo‘lib turibdi. Bu muammo er va suv resurslarining cheklanganligi bilan bog‘liq. Tabiiyki, bu masalani qishloq xo‘jaligida o‘z holicha hal qila olmaydi. Bu esa o‘z navbatida qishloq aholisini ish bilan ta’minlash borasida bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Yuqorida qayd etilganidek, bunday sharoitda qishloq aholisi ijtimoiy turmushini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Demak, aholi sonining muttasil o‘sishi, mamlakatda tug‘ilishning yuqori ko‘rsatkichi saqlanib qolayotganligi (ayniqsa qishloq joylarida ko‘p bolali oilalar nufuzining yuqoriligi), respublikada aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tizimini joriy etishni taqoza etadi; O‘zbekiston Sovet Ittifoqi tarkibidan ajralib chiqib o‘z mustaqilliginip qo‘lga kiritgandan so‘ng, aynan ushbu omillarni inobatga olingan holda, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ijtimoiy himoya tizimiga ko‘ra, farzand tug‘ilganda beriladigan to‘lovlar saqlab qolinishi bilan birga, nafaqalar va imtiyozlarning quyidagi turlari ham amalga oshirildi. Masalan, bola boquvchi onalarga to‘lanayotgan nafaqaning miqdori ko‘paytirilib, uning muddati ham uzaytirildi. 1991-yildan boshlab bunday yordam bir yarim yilgacha to‘langan bo‘lsa, 1994-yildan e’tiboran bu muddat ikki yilga uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamaydigan onalar ham, bu nafaqani oladiga bo‘ldilar. Ma’lum muddat ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni, ishsizlarni, daromadi cheklangan shaxslarni, maktab o‘quvchilarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va yolg‘iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, ikki yoshga etmagan bolalar uchun, shuningdek, kamqonlik kasaliga duchor bo‘lgan homilador ayollar uchun bepul ovqat, barcha maktab o‘quvchilari va talabalarni imtiyozli ovqatlantirish kabi ijtimoiy imtiyozlar ham byudjet mablag‘laridan to‘lab turildi. Kommunal xizmatlar to‘lovi, shahar transportida bepul yurish imtiyozlari “Qahramon onalar”, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Afg‘onistonda urushda bo‘lgan internatsional jangchilarga nisbatan imtiyozlar ham saqlab qolindi. Shunday murakkab sharoitda rejali yondashuv tufayli sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga duch kelgan O‘zbekiston ayrim ijtimoiy muammolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Oldindan ko‘rilgan chora- tadbirlar ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi. Aholida amalga oshirilayotgan islohotlarga va kelajakda ushbu inqirozlardan bemalol chiqib keta olishga nisbatan ishonch hissi paydo bo‘ldi. Ayniqsa bu borada amalga oshirilgan muhim islohotlardan biri, 1994-yil 28-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida” gi qarorining qabul qilinganligi muhim voqea bo‘ldi. Ushbu qaror asosida “Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilindi. Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi va uning hududiy tuzilmalari joylarda ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz qariya va nogironlar uchun moddiy yordamlar tashkil qilishi belgilandi Masalan, 1995-yil ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‘ning 3 % onalarga ikki yoshgacha farzandlarini parvarish qilish uchun ajratilganligi buni yaqqol isbotlaydi. Ushbu tizim respublikada nafaqa va ish haqining eng kam miqdori bilan bog‘liq holda shakllantiriladigan bo‘ldi. Bu, avvalo pulning qadrsizlanishi oshgan sharoitda nafaqalarning ushbu turining indeksatsiyalanishini ta’minlashga xizmat qildi. Ayniqsa bolalarga beriladigan yigirmadan ziyod turli nafaqalar o‘rniga 1994-yilning sentyabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Bu borada 1995-yilda ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‘larning 51 % farzandlarning ikki yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratilgan. Albatta, aholining ijtimoiy muhofazaga eng muhtoj qatlamlaridan biri – bu kam ta’minlangan oilalardir. Agar yaqin o‘tmishga murojaat qilinsa, ularni davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirib borilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan voyaga etmagan (16 yoshgacha bolalari bo‘lgan, shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bolalari bo‘lgan) oilalarga nafaqa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanib kelindi. 1995-yil 20-noyabrda “Bolali oilalarga davlatning ijtimoiy yordamini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni aholining zaif qatlamlariga moddiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga muvofiq, 1996-yil 1 apreldan 16 yoshgacha bo‘lgan bolali oilalar uchun nafaqalar ota-onasining daromadlari miqdoridan qat’i nazar, barcha oilalarga to‘lana boshladi. Ya’ni, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat yordami beriladigan bo‘ldi. Farmonda 1996-yilning 1-yanvaridan boshlab 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan barcha oilalarga beriladigan har oylik nafaqalarning quyidagi miqdori belgilandi: - bir bolali oilalarga eng kam ish haqqining 30%; - ikki bolali oilalarga eng kam ish haqqining 60%; - uch bolali oilalarga eng kam ish haqqining 80%; - to‘rt bolali oilalarga eng kam ish haqqining 100%; - besh va undan ko‘proq bolali oilalarga eng kam ish haqqining 120%. Davlat tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalashga qilinadigan sarf harjatlarning bir qismini oilalarga kompensatsiya tarzida berib turildi, ayni vaqtda ota-onalarning masuliyati kuchaytirildi. 5 va undan ko‘proq bolali oilalar uchun nafaqaning eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996-yilga kelib eng kam ish haqining to‘la stavkasi asosida belgilandi. 1997-yil 1-yanvardan boshlab kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularning muhtojlik darajasini aniqlash, serfarzand oilalarga nafaqa belgilash “Mahalla” uyushmasi zimmasiga yuklandi. Mahallalar ko‘magida birgina 1998-yilda respublikadagi 700 ming yoki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta’minlanganligi uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan moddiy yordam miqdori har oilaga hisoblaganda har oyda 1730 so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Shu asosda 1998-yilda bolali oilalarning 36% i nafaqa olgan. O‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so‘mga to‘g‘ri kelgan yoki (1996 yilga nisbatan) besh barobar o‘sgan. Bu davrda bir oylik moddiy yordam miqdori 600 so‘mdan 8186 so‘mga, ya’ni 13,6 barobarga o‘sgan. Bu esa aholiga ijtimoiy moddiy yordam samaradorligining yildan yilga oshib borganligini ko‘rsatadi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 1992-1996 yillarda sobiq ittifoqning ko‘pgina mamlakatlarida aholining asosiy qismi yoppasiga qashshaoqlashgan bir paytda O‘zbekistona amalga oshirilayotgan tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu esa odamlarning islohotlarni jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi. Bu borada muhim yangiliklardan biri, xarajatlarning bir qismi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplandi. Shu bilan birga qo‘shimcha imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va yolg‘iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, maktab o‘quvchilari va va talabalar uchun ovqatlar arzonlashtirildi. Shuningdek, ko‘pgina toifadagi fuqarolarga turar-joy shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal xizmatlar haqini to‘lashda engilliklar joriy etildi. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirib borilmokda. 1997-yil sentyabr oyidan boshlab, har yili 1 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi. Masalan, 1998-yilda mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari orqali respublikadagi 700 ming yoki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta’minlanganligi uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan moddiy yordamlar miqdori har oilaga hisoblaganda bir oyda 1730 so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Shu asosda 1998-yilda bolali oilalarning 36% i nafaqa olgan. O‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so‘mga to‘g‘ri kelgan yoki (1996 yilga nisbatan) besh barobar o‘sgan. Bu davrda bir oylik moddiy yordam miqdori 600 so‘mdan 8186 so‘mga, ya’ni 13,6 barobarga o‘sgan. Ayniqsa Respublika Prezidentning 1999-yil 13-yanvarda "Aholini aniq yo‘naltirgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida" gi Farmoniga asosan, 1999-yil 1-martdan boshlab aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi chora-tadbirlar bilan bir qatorda mahalla o‘zini-o‘zi boshqarish organlari orqali ishlamaydigan onalarga, bolasi 2 yoshga yetgunga qadar parvarish qilish bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash vakolatlari berildi. Boshqa sohalardan farqli ravishda davlatning umumiy byudjetidagi katta qismi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilganligini ko‘rish mumkin.
Aholining kommunal xizmatlar bilan ta’minlanish darajasi va o‘sish dinamikasi. (aholining umumiy soniga nisbatan foizda) Ko‘rsatkich,
Bir kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha uy-joy maydoni, kvadrat metr hisobida
1990-yil
64,0
55,0
44,6
19,3
29,1
25,5
12,1
2000-yil
80,4
72,3
76,1
65,9
35,4
28,3
13,8
2010-yil
82,6
75,8
83,7
77,7
41,0
37,1
15,2
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2006-yilda qabul qilingan “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ijtimoiy himoya uchun 2007-yilda 39103,6 mln so‘m miqdorida, 2008-yilda esa 56730,2 mln so‘m miqdorda davlat byudjetidan mablag‘lar ajartilgan. Ushbu raqamlar keyingi yillarda ham o‘sgan. Masalan, faqatgina 2014-yilning o‘zida birgina ish haqi, pensiya va stipendiyalar hajmi 23,2 foiz, aholining real daromadlari 10,2 foizga ko‘paygan. Jumladan, 2016-yilgacha bo‘lgan so‘nggi besh yil ichida respublika bo‘yicha ehtiyojmand oilalarni qo‘llab- quvvatlash uchun 1 milliard 976,8 million so‘m, 6838 nafar fuqaroning salomatligini tiklashga 1 milliarda 272 million so‘m, 2336 nafar kishining uy-joyini ta’mirlashga 1 milliard 501 million so‘m yo‘naltirilgan. Ammo ushbu tizimda ayrim muammolarga yo‘l qo‘yilganligini ham qayd etish lozim. Ya’ni, qator yillar aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ko‘plab xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan1. Bular, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga nafaqa belgilash va to‘lash tizimidagi kamchliklar, haqiqatdan ham muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va to‘lashda lavozimini suiiste’mol qilish (bu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha 0,3 1,4% darajasida) holatlari, muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘larning ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlarda ishlatilishi va hokazolardir. Masalan, 1996-yilda Moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasida respublika bo‘yicha 26 mahallada 262 ming so‘m mablag‘ qing‘ir yo‘llar bilan boshqa maqsadlarga o‘zlashtirilgani aniqlangan. Mamlakatda hukumat tomonidan tuzilgan maxsus komissiyalarning 1998-yildagi tekshirishlari shuni ko‘rsatganki, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga nafaqa belgilash va to‘lash tizimida quyidagi kamchiliklar eng ko‘p uchragan. Haqiqatdan ham muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni asossiz rad etish va lavozimini suiiste’mol qilish, muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘larning ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlarida ishlatilishi shular jumlasidandir. Agar mazkur kamchiliklarni respublika miqyosida tahlil etadigan bo‘lsak, birgina 1997-1998 yillarda kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida 629 ta oilaga 2 mln. so‘m, Buxoro viloyatida 567 ta oilaga 1,5 mln so‘m, Samarqand viloyatida 194 oilaga 992 ming so‘m, Namanganda 249 ta oilaga 423 ming so‘m, Xorazm viloyatida 82 ta oilaga 304,6 ming so‘m pul mablag‘lari moddiy yordam tariqasida noqonuniy to‘langan. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish Boshqarmasi hisobotida davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larning o‘z egalariga etkazilishi 1997-yilda 93,1 % ga, 1998-yilda 98,3 % ga, 2001-yilda esa 99,0 % ga bajarilgan, deb ko‘rsatilgan. 2016-yildan e’tiboran Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi natijasida mamlakatda barcha sohalarda jadal yangilanishlar va islohotlarning yangi davriga qadam qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining moddiy ahvolini yaxshilanishiga, ularning murojaatlarini hal qilinishi uchun ko‘plab shart sharoitlar yaratib berishga erishildi. Ayniqsa qator yillar bu boradagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yildi. 2017-yildan boshlab joriy etilgan xalq bilan faol muloqot olib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida respublikamiz shahar va qishloqlariga tashriflar uyushtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2018-yil 1-apreligacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “Jamoatchilik nazorati ishchi guruhi” vakillari mahallalarda ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida respublika viloyatlarida bo‘lishib, aholini qiynayotgan va “Xalq qabulxona”lariga kelib tushayotgan shikoyatlar echimi yuzasidan reydlar uyushtirilib, ko‘pgina muammolar o‘sha erlarning o‘zida hal etilgan. Ushbu tizim bugungi kunda ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoev 2018-yil 28-dekabrda Milliy parlament Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilganidek, “Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur”. Buning uchun quyidagi startegik vazifalarni amalga oshrish lozim, deya qayd etadi Prezident. Birinchidan, aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim. Hukumat bir oy muddatda 2019 yil uchun bandlikka ko‘maklashishning yangi davlat dasturini tasdiqlashi kerakligi topshirildi. Bu borada ishsizlarni kasbga o‘qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak. Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur. Unga ko‘ra eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berishligi hamda Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu masalani hal etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarurligi belgilandi. Yangi qabul qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlarga ish haqi bilan birga, pensiyalar ham to‘liq miqdorda to‘lana boshlandi. Zero, ijtimoiy himoyaning yangi tizimiga ko‘ra, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. O‘zbek xalqining milliy mentalitetiga muvofiq keksalarga, o‘z ota- onalariga g‘amxo‘rlik qilish, ularni parvarishlash azaldan milliy ma’naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lib kelgan. Masalan, 2013-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida keksalarni ijtimoiy himoyalash, ularga ijtimoiy –ma’naviy ko‘mak berish va oilada hamda jamiyatdagi o‘rnini aniqlash maqsadida 1200 ta respodentlardan 99,9 foizi mahallada, o‘z farzandlari bilan birga yashayotgani, ularning yolg‘iz qolmasligi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ma’lum qilganlar. Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda xalqimizga xos milliy madaniyat, oiladagi ta’lim tarbiya, ma’naviy – axloqiy tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi. Sharqda g‘arbdagi individualizm (o‘zlik) tushunchasidan farqli jamoa tuyg‘usiga moyillik kuchliroq. Ya’ni, kishilar inson mahalla- ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar, kattalar, kesalar fikri bilan ish tutishga ko‘nikkan. Har bir inson keksalar, nogronlarni asrab avaylash, ularga ko‘mak berishga odatlangan. Shu boisdan sohaning muhim normativ-huquqiy asosi sifatida keksalar, nogironlarni qo‘llab quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyalash borasida qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar qatorida 2008-yil 11-iyuldagi “Nogrionlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida” gi qonun, 2011-yil 30-maydagi “2011-2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori, “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytrish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 2014-yil 13-oktyabrdagi PF-4658-sonli kabi normativ-huquqiy hujjatlarni keltirish mumkin. Mazkur qonun hujjatlariga muvofiq mustaqillik yillarida Respublika “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi hamda mahalladagi xomiylar ko‘magida ularga moddiy yordamlar ko‘rsatilgan. Bu borada xorijlik tadqiqotchilardan biri, Erik Sivers o‘z tadqiqotida “o‘zbek xalqining tarixiy an’analari va mentalitetidan kelib chiqib, qaralsa, mahalla odamlarni insonparvarlikka, ahil-inoq qo‘shnichilikka da’vat etuvchi hamda o‘z-o‘zini boshqarishni amalga oshiruvchi tashkilotdir. Mahalla qo‘mitalari yordamga muhtoj guruhlarning ijtimoiy himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi” deya baho bergan. Fikrimizcha, bizda ham g‘arb davlatlaridagi markazlarga o‘xshash, keksalar va nogrionlarga mo‘ljallangan Respublika “Xayriya-ehson” fondi tuzilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday hayriya fondlarining tashkil etilishida xususiy tadbirkorlar, biznes vakillari, turli jamoat va diniy tashkilotlar hamda “Mahalla” uyushmasi faoliyatidan samarali foydalanish zarur bo‘ladi. Olib borilgan kuchli ijtimoiy siyosatga muvofiq O‘zbekistonda 2019-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 225 ming nafar 80 yoshdan, 44 ming nafar 90 yoshdan, 8 ming 700 nafar 100 yoshdan oshgan insonlar mavjud. 10 mingga yaqin urush va front ortida xizmat qilgan shaxslar, 12 mingga yaqin ehtiyojmand nogironlar istiqomat qiladi. Mahallalarda keksalar hayotiga daxldor bo‘lgan, ko‘plab echilmagan muammolarni hal qilish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishga doir kompleks masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganishni taqozo etadi. Bu jarayonda rivojlangan davlatlar tajribasidan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Agar xorij, ayniqsa g‘arb mamlaktlari tarixiy tajribasiga e’tibor qaratilsa, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, AQSh, Yaponiya va boshqa davlatlarda keksalar faoliyatini maxsus tadqiq etuvchi “Gerontologiya” markazlari faoliyat olib boradi. Mazkur markazlarda keksalar faoliyatiga doir Qonunchilik, pensiya ta’minoti va ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda keksa avlod vakillarini sog‘lomlashtirish tadbirlarini yanada takomillashtirish, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish va boshqa shu kabi bir qancha islohotlar olib borishni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ayni vaqtda respublikada nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oila a’zolarini, boquvchisini yo‘qotganlarni va 16 yoshgacha bo‘lgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tibor markazida turadi. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag‘ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etamiz, degan edi, Prezident. Ayniqsa so‘nggi yillarda fuqarolar farovonligini oshirish, ularning hayot tarzini yaxshilash uchun “Xalq davlat idoralariga emas balki, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan g‘oyani hayotga tatbiq etilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, aholining yaxshi yashashi uchun har tomonlama shart sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topgan. Unda aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish, byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish masalalari ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”, ― deb belgilangan. Davlatning ijtimoiy adolat va demokratiya qoidalariga sodiqligi Konstitutsiyaning “Muqaddimasi”da ham qayd qilingan. Lekin faqatgina davlatning kuchli ijtimoiy siyosati bilangina jamiyatda adolatni o‘rnatib bo‘lmaydi.
Bunda nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoatchilik, siyosiy partiyalar ham adolat tamoyillari asosida ish olib borishlari muhim. Respublikamizda aholini ijtimoiy himoyalashning amaldagi o‘ziga xos tizimi quyidagi mezonlarda namoyon bo‘ladi:
― oilalarga, ayniqsa, ko‘p bolali oilalarga qaratilgan manzilli ijtimoiy yordam;
― muhtoj oilalarga o‘ynaltirilgan moddiy ko‘mak.
2020-yil 24-yanvarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Milliy parlament Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ijtimoiy masalalarga ham alohida ahamiyat qaratdi. Ya’ni “Oxirgi uch yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlarni davom ettirish xususida fikr bildirdi. Bunda, birinchidan, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chekka hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi etarli daromad manbaiga ega emasligini inobatga olish lozim. “Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda kam ta’minlangan aholi taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu kichkina raqamlar emas, balki 4-5 million aholi vakillari haqida ketayapti, deydi Prezident. Ba’zi odamlar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ular miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal qilish mumkin, deb o‘ylaydi. Bu – bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la echish imkonini bermaydi. Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish zarur. Shuning uchun, Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qilaman. Bunda xalqaro me’yorlar asosida chuqur o‘rganishlar o‘tkazib, kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozim”, degan edi davlat rahbari.
Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida, aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar o‘sishining ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi. Aholining daromadlar tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017 yillarda 45,0% dan 34,3% ga kamaydi, mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 25,0% dan 34,5% ga o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi PF- 4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida kambag‘allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam ta’minlanganlar, ko‘p bolali onalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida amalga oshirilyapti. Chunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan edi. Bu beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan:
“Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish,
ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish,
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,
arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish,
ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish,
yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”.
O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan beshta tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham nomlandi. Bu bejiz emas edi.
Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin erlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham tabiiy holdir.
Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi.
O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon tajribalarini mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish maqsadi ham yotadi.
Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq, islohotlar mas’uliyati ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga tushadi. Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakatimizda davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va bu qat’iy qoidaga izchil amal qilib kelinyapti.
Birinchi Prezident I. Karimovning 1993-yili chop etilgan “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobida mazkur besh tamoyildan har birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan, “Kuchli ijtimoiy siyosat - iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati” deb nomlangan ettinchi bobda to‘rtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib berilgan.
Bu besh tamoyil Birinchi Prezident I. Karimov ta’limotida o‘z-o‘zidan yoki birdaniga shakllanib qolmagan. Bu - uning davlatchilik borasidagi tadrijiy tafakkuri mahsuli yanglig‘ yuzaga keldi. Buning isboti shuki, uning 1992-yili yozilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida ilgari surilgan ayrim qat’iy pozitsiyalarning ana shu tamoyillar bilan bevosita aloqadorligi bor.
Demak, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad - xalq hayotini yaxshilash, fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol shug‘ullanishi, umrni unumli o‘tkazishi, turmush mazmunining boyishiga erishishdan iborat.
1997-yildan yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash an’anasi yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. Inson manfaatlari deganda esa, avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish ma’nosi ko‘zda tutilgan. E’tibor qilinsa, o‘shandan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan ijtimoiy masala o‘rtaga qo‘yiladi. 2007-yil esa maxsus ravishda “Ijtimoiy himoya yili” bo‘ldi.
Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, ya’ni miliy mexanizmi ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyasiyani inobatga olgan holda har yili bir necha marotabadan davlat byudjetidan ajratiladigan maoshlar, pensiya va stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli-turli shakllari paydo bo‘ldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti.
2017-yilning aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi amalda davlat siyosatining izchilligidan dalolat beradi.
Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti.
Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami esa har kanday kishini mamnun etadi. “2017 – 2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda qayd etilishicha, “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017 – 2020-yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmokda, uning doirasida 50 ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mo‘ljallangan”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtiri va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublika Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari rahbarlarini shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” (06.05), “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08), “2018 – 2019-yillar, turizm sohasiki rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” (16.08) va boshqa Qarorlari chiqdi.
Ayniqsa, aholi ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (16.03), “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtiri chora-tadbirlari to‘g‘risida” (18.04), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” (18.04), “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” (21.04), “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.06) va boshqa Farmonlari qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.04), “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” (04.04), “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (04.04), “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirri to‘g‘risida” (04.04), “2017 - 2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2018 - 2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantir dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2017 - 2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (24.04), “2017 - 2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (04.05), “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (06.06), “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.06), “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (17.07) boshqa Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.08) Farmoyishi chikdi.
Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi galda aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi paytda mamlakatimiz barcha mintaqalarida ikki sotixli namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi bag‘oyat minnatdor.
Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy kurilishi maydoniga aylandi. Xususan, Sergeli tumani hududida jadal sur’atlar bilan bunyod etilayotgan har taraflama shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma-pesh bitkazipyapti.
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy e’tibor berilyapti.
Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi mo‘ljallangan er usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil yo‘li ham kuriladi. Shuningdek, Sergelini bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral yo‘lga ulaydigan yo‘l qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti. Shahrimizning yo‘l va ko‘chalariga yangidan asfal’t yotqizilyapti.
Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04), “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (03.06), “Ma’daniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida kayd etish lozim.
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz berdi.
2017-yilning 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur tahlil etib, bu borada yangicha ishlash prinsiplarini bayon qilib berdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Yoshlar ittifoqiga aylantirildi. Bundan buyon 30-iyun Yoshlar kuni sifatida bayram qilinadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi (05.07.2017) Farmoni qabul qilindi. Boshqa ko‘p qonunosti hujjatlarida ham yoshlarni ijtimoiy faollikka undaydigan, ular hayotini yaxshilashga qaratilgan tartib-qoidalar belgilandi.
Siyosatdagi barqarorlik va izchillik har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Poytaxtimizning mahallalarida, aholining baxtli yashashi uchun qulay sharoitlar yaratishga kirishilganiga guvoh bo‘lasiz. Ko‘p qavatli uylarning fasadlari ta’mirlanyapti. Bu uylar orasidagi yo‘l va yo‘laklarga sement yotqizilyapti. Bolalar uchun o‘yingohlar yangidan jihozlanyapti. Shaharning bo‘sh turgan inshootlarida yangi-yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilyapti. Bu ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beryapti.
Bularning bari - ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasini ko‘tarishni ko‘zlab amalga oshirilyapti.
O‘zbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 foizga, o‘rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016-yildagi 1293,8 ming so‘mdan 2019-yilda 2324,5 ming so‘mga oshdi.
Jahon bankining «O‘zbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi doirasida, uy xo‘jaliklari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-mart oylari uchun o‘rtacha kambag‘al xonadonning oylik daromadi taxminan 1,5 million so‘mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.
Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa’y-harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini belgilab beradi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko‘mak berish borasida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq joylarini obodonlashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, «Obod qishloq» dasturining amalga oshirilishi tufayli 1,7 mln qishloq aholisining yashash sharoitlari yaxshilandi. Birgina 2019 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish uchun jami 600 million AQSH dollariga teng 6,1 trln so‘m ajratildi.
Biroq, erishilgan natijalarga qaramay, hozirgi kunda O‘zbekistonda 400 mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj (Jahon banki mezonlariga ko‘ra, 2015-yil oktyabridan boshlab Global kambag‘allik darajasiga kuniga 1,9 AQSH dollardan kam daromad olganlar kiritilgan). Norasmiy sektorning mehnat bozoridagi ulushi 40-50foizni tashkil etadi. Biroq, kambag‘al uy xo‘jaliklarining faqat 23 foizigina ijtimoiy nafaqa olishadi.