2-masala. 12 litrli idishdagi 12 litr sutni 7 va 5 litrli idishlardan foydalanib qanday qilib teng ikkiga bo‘lish mumkin?
Yechim. 2-jadvalda masala yechimini aniqlash algoritmi ko‘rsatilgan.
Masala yechimining nazariy asosi. 2-jadval asosida
1-qadam. (1-holat, 1-qoida). 5 litrlik bo‘sh idish 12 litrlik idishdagi sut yordamida to‘ldirilsa, 12 litrlikda 7 litr sut qoladi.
2-qadam. (2-holat, 2-qoida). 5 lirlik idishdagi hamma sutni 7 litrlikka quyib olamiz.
3-qadam. (1-holat, 1-qoida). 5 litrlik bo‘sh idish 12 litrlik idishdagi sut yordamida ikkinchi bor to‘ldirilsa, 12 litrlikda 2 litr sut qoladi.
4-qadam. (2-holat, 2-qoida). 7 litrlik idish, 5 litrlik idishdagi sut yordamida to‘ldirilsa, 5 litrlikda 3 litr sut qoladi.
5-qadam. (3-holat, 3-qoida). 7 litrlikdagi mavjud sutni to‘liq 12 litrlikka quyib olamiz, bu jarayonda 12 litrlik idishda 9 litr sut hosil bo‘ladi.
6-qadam. (2-holat, 2-qoida). 5 litrlik idishdagi 3 litr sutning hammasini 7 litrlikka quyib olamiz.
7-qadam. (1-holat, 1-qoida). 5 litrlik bo‘sh idish 12 litrlik idishdagi sut yordamida to‘ldirilsa, 12 litrlikda 4 litr sut qoladi.
8-qadam. (2-holat, 2-qoida). Agar 5 litrlikdagi sutdan 7 litrlikka quysak 7 litrlik idish sutga to‘lib, 5 litrlik idishda 1 litr sut qoladi.
9-qadam. (3-holat, 3-qoida). Ushbu qadamda 7 litrlik idishdagi sutni 12 litrlikka quyib olamiz, natijada 12 litrlik idishda 11 litr sut hosil bo‘ladi.
10-qadam. (2-holat, 2-qoida). 5 litrlikda mavjud bo‘lgan 1 litr sutni 7 litrlikka quyib olamiz.
11-qadam. (1-holat, 1-qoida). 5 litrlik bo‘sh idishni 12 litrlik idishdagi sut yordamida to‘ldiramiz, bunda 12 litrlikda 6 litr sut qoladi.
12-qadam. (2-holat, 2-qoida). 5 litrlik idishdagi sutni to‘liq 7 litrlik idishga quyib olsak, 7 litrlik idishda ham 6 litr sut hosil bo‘ladi.
Masala shartiga ko‘ra 12 litr sut teng ikki qismga bo‘linish kerak edi. 2-jadval algoritmi asosida bunga erishdik. Bu shuni anglatadiki, tadqiqot ishida tavsiya etilgan metod mazkur masala yechimini aniqlash jarayonida ham o‘zini oqladi.