2.Ekonometrik tenglamlar tizimi parametrlarini hisoblash uslubiyoti. Ekonometrik tenglamlar tizimi parametrlarini yukorida keltirilgan “Eng kichik kvadratlar” usuli yordamida xisoblash mumkin.
Ekonometrik tizimlar boʻyicha prognozlash uchun ketma-ket bir nechta bosqichlardan oʻtish lozim:
1. Berilgan ma’lumotlar asosida korrelyasion tahlil oʻtkaziladi:
a) xususiy korrelyasiya koeffitsientlar matritsasi hisoblanadi;
b) juft korrelyasiya koeffitsientlari matritsasi hisoblanadi.
2. Korrelyasion tahlil natijasida tanlangan omillar asosida regressiya tenglamasi quriladi;
3. Qurilgan tenglamalar tizimi quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
a) Fisher mezoni;
b) Styudent mezoni;
v) Darbin-Uotson mezoni;
g) Koʻplik korrelyasiya koeffitsienti;
d) Determinatsiya koeffitsienti;
e) approksimatsiya xatoligi.
4. Qurilgan tenglamalar tizimi mezonlarga mos kelsa, keyin asosiy koʻrsatkich tenglama asosida prognoz davri hisoblanadi.
5. Ishlab chiqarish funksiyasini asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
a) oʻrtacha unumdorlik omillari;
b) chegaraviy unumdorlik omillari;
v) resurslar boʻyicha elastiklik koeffitsientlari;
g) resurslarga talab;
d) resurslarni almashtirish chegaralari.
Tarkibiy modelni koeffitsientlarini baholashda bir qator usullar qoʻllaniladi.
Aniq identifikatsiyalanadigantarkibiy modelda qoʻllanadigan bilvosita eng kichik kvadratlar usulini (BEKK) koʻrib chiqamiz. Mazkur usulini ikkita endogen va ikkita ekzogen koʻrsatkichlardan iborat boʻlgan quyidagi identifikatsiyalanadigan model misolida koʻrib chiqamiz:
y1= b12 y2 + a11 x1 + 1 (5)
y2= b21 y1 + a22 x2 + 2 Modelni tuzish uchun 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bilan foydalanamiz.
Tarkibiy modelni keltirilgan shakliga tubdan oʻzgartiramiz:
y1= d11 x1 + d12 x2 + u1 y2= d21 x1 + d22 x2 + u2 u1va u1 – tasodifiy hatolar.
Har bir keltirilgan shakldagi tenglamasi uchun dkoeffitsientlarini hisoblashda EKK usuli qoʻllanilishi mumkin.
Hisoblashlarni osonlashtirish uchun oʻrtacha darajadan y=y-ycpvax=x-xcp (ycpva xcp –oʻrtachalar) chetlanishlar bilan foydalansa boʻladi. Tubdan oʻzgartirilgan 1-jadvaldagi ma’lumotlar 2-jadvalga tortilgan. SHu erda dik koeffitsientlarni aniqlash uchun kerakli oraliq hisobotlar keltirilgan. Birinchi keltirilgan tenglamaning dik koeffitsientlarini aniqlash uchun quyidagi normal tenglamalar tizimini ishlatish mumkin:
Σ y1x1= d11 Σ x12+ d12 Σ x1x2 Σ y1x2= d11 Σ x1x2 + d12 Σ x22 5–jadvalda hisoblangan summa qiymatlarini oʻrniga qoʻyib chiqib, quyidagini olamiz:
83,102= 33,5d11 - 29,001d12 -20,667= -29,001d11 + 155,334d12 YUqoridagi tenglamalarning echilishi quyidagi qiymatlarni beradi d11 = 2,822 i d12 = 0,394.
2 -jadval
Keltirilgan model shaklini tuzish uchun oʻzgartirilgan ma’lumotlar