11.«Navoiy» romanida Mirzo Yodgorni Xuroson taxti uchun kurashga undagan bilimdon, oqila, davlat ishlarida tadbirli ayol hisoblangan ammasi kim? A) Aqiqa begim
В) Века begim
C) Chand bibi
D) Poyanda Sultonbegim
12. «Navoiy» romanida Alisher Navoiy qaysi hukmdorda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini ko'radi? A) Husayn Boyqaroda
B) Valibek Mirzoda
C) Mirzo Yodgorda
D) Majididdin Muhammadda
13 .«Navoiy» romanida Hirotda xalqning bosh ko'tarishiga sabab bo'lgan, Navoiy: «xomtama, ajdarnafs», - deya ta'riflagan va so'ngra jazolattirgan obraz qaysi? A) Majididdin Muhammad
B) Xo'ja Abdullo Xatib
C) Shirim qorovul
D) Amir Hasanbek
14.«Navoiy» romanida Hirot beklari Yodgor Mirzo tomonga o'tgach, Husayn Boyqaro o'z mulkida «ikki ofat - ikki yong'in» o'rtasida qoladi, ushbu «ikki ofat - ikki yong'in» kimlar? A) Muhammad Arlot va Yodgor Mirzo
B) Sulton Mahmud Mirzo va Yodgor Mirzo
C) Amir Sarbon va Muhammad Arlot
D) Sulton Mahmud Mirzo va Amir Sarbon
15 «Navoiy» romanida Husayn Boyqaro kimning avliyoligiga ishonganidan og'ir kunida undan duo olishni lozim biladi? A) Bobo Qambarning
B) Piri Zindoniyning
C) Bobo Xokiyning
D) Shayx Bahlulning
16. «Navoiy» romanida Alisher Navoiy: «Hirotning eng peshqadam va iste'dodli tolibi ilmlari sizdan dars olmoqni orzu qiladilar», - deya kimni madrasada dars berishga taklif qiladi? A) Umarni
B) Shayxim Suhayliyni
C) Hasan Ardashemi
D) Sultonmurodni
17 «Navoiy» romanida har bir amir, bek o'z muhrini davlatda o'z darajasiga yarasha ma'lum o'ringa bosishi kerak bo'lgan holatda Navoiy o'z muhrini yorliqning qaysi joyiga bosadi? A) hukmdorning muhri yoniga
B) hukmdorning muhri oldiga
C) yorliqning eng pastiga
D) yorliqning o'rtasiga
18 «Navoiy» romanida Navoiyning uyidagi yig'ilishda darvesh tabiatli Hasan Ardasher turkiy til kimlarning g'azaliyotida oftobday namoyon bo'lganini ta'kidlaydi? A) mavlono Lutfiy va Jomiyning
B) Firdavsiy va Nizomiyning
C) mavlono Binoiy va Navoiyning
D) mavlono Lutfiy va Navoiyning