A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
bioorganik kimyo

 Gaz fazali sekvenator. 
1981 yilda 
L.Hood
va 
M.Xankepiller
tomonidan mikromiqdordagi oqsil va peptidlarni aniqlash uchun 
gaz 
fazali sekvenator
taklif etildi. Qurilmada tekshirilayotgan namuna
polibren bilan yuttirilgan g’ovaksimon shisha toladan iborat kichikroq 
diskga (10 mm) solinadi. Quritilgandan so’ng disk ikki shisha tsilindr 
orasida qisilib, miniatyur reaksion kamera(diametr 0.5 ml) hosil 
qilinadi. Yuqori tsilindrni markazidagi kapillyar orqali reaksion 
kameraga zarur reagentlar(uchuvchan moddalar gazsimon holatda) 
beriladi, ular esa diskdagi g’ovaklar orqali o’tib, adsorbilangan oqsil 
yoki peptid bilan ta’sirlashadi va quyi tsilindrdagi kapillyar orqali 
chiqarib yuboriladilar. Namunani g’ovaksimon plastinkada nokovalent 
immobillanishi, reaksion kamerani hajmini hamda reagent va 
erituvchilarni 
sarfini 
kamayishi 
gaz 
fazali 
sekvenatorda 
degradatsiyalanish jarayonida oqsil yoki peptidni miqdoriy sarfini 
kamayishinga olib keladi va 100-500 pikamolgacha bo’lgan
manbani tekshirishga imkon beradi.
 

Mass-spektrometrik usul.
 
Peptidlarni aminokislota ketma-
ketligini aniqlashda kimyoviy va fermentli usullar bilan bir qatorda 
fizik-kimyoviy 
usullar, 
xususan 
mass-spektrometriya 
keng 
qo’llanilmoqda. Peptidlar svitter-ion tabiatga ega bo’lganliklari uchun 
qiyinchilik bilan bug’lanadilar. Ularni uchuvchanligi atsillashh va 
eterifikatsiya reaksiyalari orqali oshiriladi. Atsillashh uchun odatda 
triftorsirka kislota yoki yog’ kislotaning, masalan, dekan kislotaning 
N-gidroksisuktsinimid 
efiri 
yordamida 
amalga 
oshiriladi. 
Eterifikatsiya reaksiyasi metanol bilan sulfiril xloridning katalitik 
miqdori bilan amalga oshiriladi. Tekshirilayotgan molekulalarni mass-
spektrda ionlashtirish uchun bir necha usullardan foydalaniladi. 70 eV 
ga ega elektronlar bilan bomabardimon qilish ionlantirishning 
ommaviy usuli hisoblanadi. Shu birga birga ultrabinafsha nurlar 
(fotoionlanish) yoki musbat zaryadlangan ionlar (kimyoviy ionlanish) 
bilan ionlantiish usullari qqllanadi. So’nggi yillarda kuchli elektr 


79 
maydonida ionlantirish (maydon desorbtsiyasi) va tezlashtirilgan 
atomlar bilan (katta kinetik energiyaga ega Ar yoki Xe atomlari)
ionlantirish kabi yangi usullar tatbiq qilingan. So’nggi ikki usulni 
qo’llaganda tekshirilayotgan moddani dastlabki bug’latish usuliga 
xojat qolmaydi, chunki bu ionlantirish bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.
Ko’pchilik holatlarda ionlantirish jarayonlarida bug’langan modda 
molekulalaridan elektronlarni “urib chiqarish” sodir bo’lib, bunda 
musbat 
zaryadlangan 
zarrachalar 
hosil 
bo’ladi. 
Peptidlar 
molekulalarida peptid bog’idagi karbonil guruhining kislorod
atomlari va shu bog’dagi azot atomlari eng oson ionlanadilar. Hosil 
bo’layotgan ionlarni parchalanishida musbat zaryadga 

-holatda 
joylashgan bog’lar parchalanadi. Bunday parchalanish natijasida 
peptid hosilalarining molekulyar ionlaridan aminokislota 
va 
aldimin 
fragmentlari hosil bo’ladi. 

 
 

 
 
Tekshirilayotgan peptidni molekulalarini birlamchi ionlanishida 
musbat zaryad turli kislorod va azot atomlarida lokallangani uchun, 
keyingi parchalanishda imkon bori 
va 
fragmentlanishni 
mahsulotlari hosil bo’ladi. Aminokislota va aldimin fragmentlarini 
mass-spektrda aniqlash peptidni tuzilishi haqida asosiy ma’lum otni 
beradi. Peptidlarni molekulyar ionlarini aminokislota turidagi 
fragmentlanishi yagona emasdir, balki aminokislotani yon zanjirlari 
mass-spektrni umumiy ko’rinishiga o’z hissasini qo’shadi. Yon 
zanjirni o’ziga xos parchalanishida hosil bo’ladigan fragment ionlar 
peptidlar tuzilishi haqida qo’shimcha ma’lumot beradi. Mass-
spektrometrik usulni yutuqlaridan biri erkin 

-aminoguruhga ega 


80 
emas peptidlarni tekshirish mumkinligidir. Elektron ionlanish orqali 
nisbatan qisqa peptidlarni (4-6 qoldiq) tekshirish mumkin. 
Tezlashtirilgan atomlar bilan bombardimon qilish usuli orqali 
molekulyar massasi 3000 gacha bo’lgan peptidlarni mass-
spektrini olish mumkinligini ko’rsatdi. Tekshirish uchun 1-5 nmol 
modda kerak xolos, ya’ni sezgirligi bo’yicha mass-spektrometrik usul 
boshqa usullardan qolishmaydi. Tezlashtirilgan atomlar bilan 
bombardimon qilish hamda maydon desorbtsiyasi usullarini ustun 
tomoni shundaki, peptidni uchuvchan bo’lishi uchun modifitsirlash 
lozim 
emas. 
Hozirgi 
vaqtda 
tezlashtirilgan 
atomlar 
bilan 
bombardimon qilib ionlantiruvchi mass-spektrometriya o’rtacha 
molekulyar massaga ega peptidlarni (15-40 aminokislota ketma-
ketligi) tuzilishini aniqlashda eng rivojlangan usullardan biri 
hisoblanadi. Maydon desorbsiyasi orqali ionlantirilganda peptidlar 
mass-spektri faqat molekulyar ionlardan iborat bo’ladi. Bu usulni 
Edman degradasiyasi bilan qo’shib 
Ya.Shimonishi
oqsil va peptidlar 
tuzilishini o’rganishni yangi usulini ishlab chiqqan. Bunda peptidlar 
aralashmasi Edman bo’yicha degradatsiya qilinib, har bir bosqichdan 
keyin ajralgan aminokislotalarni aniqlash bilan birga molekulyar 
ionlar bo’yicha peptidlarning molekulyar massasi mass-spektrometrik
aniqlanadi. Mutant oqsillarni o’rganishda bu usul yuqori samaradorlik 
beradi. 
 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin