A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
bioorganik kimyo

Suyuq fazali usuli
.
M.Shemyakin
tomonidan 1965 yil taklif 
etilgan bo’lib, tashuvchi sifatida eruvchan polimerlar qo’llaniladi. 
Qattiq fazali usulda polimerni bo’kishi natijasida uzayib borayotgan 
zanjirni oxirgi 
-guruhlari davriy ravishda “yopilishi” natijasida
jarayon to’liq amalga oshmaydi. Ya’ni reaksiyalarni to’liq amalga 
oshmaganligidan “soxta peptidlar” hosil bo’ladi. Sintezni to’liq 
bosqichida peptidlar aralashmasini ajratish qiyinchilik bilan amalga 
oshiriladi. Suyuq fazali usulda muhitni geterogenligi sababli sodir 
bo’ladigan ba’zi qiyinchiliklar yo’qotiladi. Eruvchan tashuvchi 
sifatida 
polistirol 
yoki 
polietilenglikolni 
diziotsianatlar bilan hosil qilgan blok-sopolimerlari ishlatiladi 
, E.Bayer). Suyuq fazali usul ba’zi avtomatik
sintezatorlarda nisbatan kichik peptid molekulalari olish uchun 
ishlatiladi. 
Qo’llanilayotgan uslub va hosil qilingan modda tavsifiga ko’ra 
peptid sintezi quyidagi turlarga bo’linadi: 
1.Eritmada olib boriladigan anhanaviy peptid sintezi bo’lib, 
bosqichma-bosqich (aminokislotalar
oxirgidan to 
oxirigacha 
asta-sekin ulanib boriladi) va bo’lakli (zanjirni sintezi oldindan sintez 
qilib olingan fragmentlar asosida amalga oshiriladi) sintezga bo’linadi. 
2.Polimer tashuvchidagi peptid sintezi. O’sayotgan polipeptid 
zanjir erimaydigan yoki eruvchan polimerga kovalent birikadi va uni 
sintezni oxirgi bosqichida ajratib olinadi. 
3. Bitta -ikkita takrorlanuvchan aminokislota qoldiqlaridan 
iborat gomo- va geteropoliaminokislotalarni aminokislotalarni 


106 
polimerlanish va sopolimerlanishi reaksiyalari asosidagi sintezlar. 
Asosan
karboksiangidridlardan foydalaniladi. 
4. Fermentli peptid sintezi. Fermentlar yordamida peptid sintezi 
amalga oshiriladi. Ko’pchilik fermentlar peptid bog’ini hosil bo’lishini
katalizlasalar ham, hozircha ahamiyatga molik natijalar olinmagan. 
5. Peptidlar semisintezi tabiiy peptidlarni o’zgartirish uchun 
qo’llanadi. Bunda tabiiy peptid molekulasida kichik fragment
ajratilib, uni o’rniga yangi aminokislota ketma-ketligi qo’yiladi. 
6.Halqali peptidlar sintezi. Chiziqli peptid tegishli halqali 
peptidga turli usullar bilan aylantiriladi.
7. Geterodet peptidlar sintezi. Peptidlar peptid bog’i bilan bir 
qatorda - murakkab efir, tioefir, disulfid bog’lar tutadi. 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin