A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
bioorganik kimyo

Karbodiimid usuli.
Karbodiimidlar o’ziga xos tuzilishga ega 
bo’lib, ikki tomondan azot atomlari bilan qurshab olingan markaziy 
azot atomi elektrofil tabiatga egadir. Shuning uchun turli xil elektrofil 
agentlar hujumiga uchraydi.

+

R- N=C=N -R
Karbodiimidlarning kislotalar bilan ta’siri natijasida biologik 
ahamiyatga ega yuqorienergetik kislota angidridlarini sintez qilish
mumkin. Karbodiimidlarni peptid sitezida qo’llshdan oldin o’rinbosar
R ni tanlashga katta e’tibor berish lozim. Alifatik va aromatik 
karbodiimidlarni barqarorligi o’rinbosarlar tabiatiga bog’liqdir, chunki 
saqlash natijasida parchalanish yoki polimerlanish sodir bo’lishi 
mumkin. Alkil guruhni uzunligi karbodiimidlarni barqarorligiga 


102 
deyarli ta’sir qilmaydi. Azot atomlaridagi alkil o’rinbosarlarni 
tarmoqlanganligi birikmalarni barqarorligini oshiradi. Masalan,
dietilkarbodiimid 
bir 
necha 
sutkada 
polimerlansa, 
disiklogeksilkarbodiimidni 
oylab 
saqlash 
mumkin. 
Disiklogeksilkarbodiimid(
) 1955 yilda J.Sheehan va G.Xess 
tomonidan penisillin sintezida birinchi marta qo’llanilgan edi. 
Reaksiyani birinchi bosqichida O-atsilizomochevinaning reaksion 
qobiliyati yuqori hosilasi hosil bo’lishi hisobiga karboksil 
komponentining faollanishi sodir bo’ladi. O-atsilizomochevinaning 
hosilasi peptidga to’g’ridan - to’g’ri yoki tegishli simmetrik angidrid 
orqali aylanadi. Asosiy qo’shimcha jarayon sifatida 
-atsil 
siljishi bo’lib, buning natijasida reaksion qobiliyati juda ham oz N-
atsilizomochevina hosil bo’ladi. 

 





 



 
Yumshoq sharoitlarda 
himoyalangan karboksil guruhga
ega ikkinchi aminokislota
bilan emas, balki angidrosimon 
oraliq 
birikma 
bilan 
ta’sirlashadi. 
Hosil 
bo’ladigan 
disiklogeksilmochevina (
) ko’pchilik organik erituvchilarda 
erimaganligi sababli, odatda reaksiya mahsulotlaridan oddiy filtrlash 
orqali ajratiladi. Ammo 
ni to’liq yo’qotishni iloji yo’q, shuning 
uchun 
ba’zida suvli eritmada eruvchi karbodiimidlardan 
foydalaniladi. 
Shunday 
karbodiimidlardan 
biri 
1-etil-3-(3-
dimetilaminopropil)karbodiimiddir. 
Bunday 
karbodiimidning 
reaksiyasi natijasida hosil bo’luvchi uretan hosilasi suvda eriydi. 
 


103 
Shuning uchun reaksiya tugagandan so’ng organik muhitda 
ta’sirlashmagan karbodiimid va mochevina suvda yuvish orqali 
yo’qotiladi. Shuni e’tiborga olish lozimki, angidrosimon oraliq 
birikmalardan azlaktonlarni hosil bo’lishi natijasida peptid sintezida 
rasematlanish sodir bo’ladi. Biroq qisqa peptidlarni sintezida bu holat 
deyarli ro’y bermaydi. Shu bilan bir qatorda hozirda suvda eriydigan 
karbodiimidlar: 1-etil-(3-dimetilaminopropil)-karbodiimid va N-
toluolsulfonat (1-siklogeksil-3-(2-metilmorfolinoetil)-karbodiimidlar 
ham keng qo’llanilmoqda. 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin