98
Xlorangidrid usuli.
Birinchi marta 1903
yilda
E.Fischer
tomonidan amalga oshirilgan. Reaksiya
davomida rasematlanish va
qo’shimcha mahsulotlarni hosil bo’lganligi sababli hozirda kam
qo’llaniladi. Xlorangidridlar odatda aminokislota hosilalari va
peptidlarni tionil xlorid va fosfor besh xlorid bilan ta’siri natijasida
olinadilar.
→
Azidli usul.
1902 yilda
T.Curtius
tomonidan amalga oshirilib
hozirda peptid sintezida keng qo’llaniladi. Gidrazidlar himoyalangan
aminokislotalarni efirlarini gidrazinoliz reaksiyasi orqali yoki
himoyalangan gidrazidlardan (
) olinadilar. Azidlarni hosil qilish
natriy nitratning suvli
eritmasini kislotali muhitda
da yoki izoamilnitrit yoki uchlam-
butilnitritni organik erituvchida
da ta’siri
natijasida amalga
oshiriladi.
Azidlarni
to’g’ridan-to’g’ri
-hosilalaridan
kondensatsiyalovchi reagant difenilfosforilazid
dan
olish mumkin.
→
→
Nitrit kislota (azot- III-oksidning manbai) -azidlar sintezi uchun
ma’lum ijobiy reagentdir. Azid usulining asosiy kamchiligi -bu
qo’shimcha reaksiya hisobiga Curtius qayta
guruhlanishining sodir
99
bo’lishidir. Azidlarni saqlash qiyindir, ular ishtirokidagi barcha
tajribalarni quyi haroratlarda amalga oshirish lozim. Curtius qayta
guruhlanishi natijasida azidlar izotsianatlarga aylanadilar.
→
̈
Qayta guruhlanishning sodir bo’lish va yo’nalish
darajasi azidni
tuzilishi va reaksiya sharoitlariga bog’liqdir. Azid kondensatlanishida
minimum rasematlanish sodir bo’lsada, bo’lakli sintezda uni e’tiborga
olmoq zarur. bunda asos sifatida N-metilmorfolin yoki N-
etildiizopropilamindan foydalanish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: