A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo


Bioorganik kimyo o’rganadigan ob’ektlar



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
bioorganik kimyo

Bioorganik kimyo o’rganadigan ob’ektlar.
Quyi molekulyar 
bioregulyatorlar: alkaloid, terpen, steroid, gormon, vitamin, 
antibiotik, prostaglandin va tromboksanlar, yuvenil gormonlar, 
o’stiruvchi moddalar, feromonlar, toksinlar, pestitsidlar, va boshqalar 
hamda yuqori molekulyar tabiiy birikmalar: aminokislotalar
polipeptid va oqsillar, nuklein kislotalar, karbogidratlar, lipidlar va 
boshqalar.
 
Fanining uslublari. 


13 

Organik kimyoning klassik usullari: alkillash, atsillash, 
gidratlash, 
gidrogenlash, 
degidrogenlash 
va 
boshqa 
reaksiyalardan foydalanish. Zamonaviy stereoyonaltirilgan 
sintez usullari. 

Fizikaviy organik kimyoning zamonaviy uskunaviy usullari: 
elektromagnit nurlanish spektri bilan ta’sirlanishga asoslangan 
spektroskopiya usullari (YaMR, IQ, UB, OAD, AD) va mass-
spektrometriya. 

Fizik- kimyoviy usullari: ko’rsatilgan fan tarmog’ining 
shakllangan usullari. 

Matematik usullari:
 
informatika, amaliy matematikaning 
zamonaviy dasturlaridan tabiiy birikmalarning strukturasini 
aniqlashda foydalanish


Biologik usullari: moddalarni fiziologik faolligini hamda tirik 
hujayrada 
bajaradigan 
vazifalarni 
aniqlashda 
biologik 
testlardan foydalanish. 
Bioorganik kimyo fani miqyosi juda kengdir - bu bir tomondan 
tirik tabiatdan olinadigan va hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega 
moddalar hisoblansa, ikkinchi tomondan biologik faollikka ega sintez 
qilib olinadigan organik birikmalardir.Organik kimyo reaksiyalar 
mexanizmini to’liq tushuntirish va yangi birikmalar hosil qilishning 
sintez metodologiyasiga
egadir. Bu soha mutaxassislari biologik 
ob’ektlarga xos birikmalarni analoglarini olish usullariga ega 
bo’lsalarda, qaysi bir sintezning zarur va foydali ekanligini aniq ayta 
olmaydilar. Biokimyo esa izlanishning 
biokimyoviy usullari 
orqali 
hayot faoliyati jarayonlarini o’rganadi. Masalan, fermentlarni tozalash 
va faolligini aniqlashda, 
in vivo
sharoitida radioaktiv indikatorlar usuli 
qo’llaniladi. Biokimyogarlar laboratoriyada qanday birikmani sintez 
qilishni zarurligini bilsalarda, buni amalga oshirish uchun yetarli 
malakaga ega emasdirlar. Bu esa o’z navbatida bu ikki soha bo’yicha 
kelishilgan yo’nalishda izlanishlarni olib borish lozimligini talab etadi. 
Bioorganik kimyo mutaxassislari ko’pincha ikki laboratoriyada 
ishlaydilar; birida kerakli birikmani sintezi bilan shug’ullanishsa, 


14 
ikkinchisida esa biologik ob’ektlarda turli hayotiy jarayonlarni sodir 
bo’lishini o’rganadilar. Kimyoviy va biologik yo’nalishlarni bir-biriga 
singishi natijasida murakkab biologik jarayonlarni turli-tuman 
xususiyatlarini o’rganish uchun
molekulyar modellar yasash
yangi 
kontsepsiyasi ishlab chiqildi. Ko’pchilik biologik reaksiyalarni hamda 
ularda ishtirok etuvchi fermentlarni ta’sirini oddiy organik modellar 
yordamida “
probirkada
” qayta tiklash mumkin. Bunday modellarni 
qo’llash orqali biologik sistemalardagi kimyoviy jarayonlarni sodir 
bo’lishini aniqlashda katta natijalarga erishish mumkin. Bioorganik 
modellar yordamida hosil qilingan organizmlarni patologik holatlari 
haqidagi tassavurlar dori-darmon vositalarini tayyorlashning ilmiy 
asosi bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin